Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


I. Hisob siyosati ishlab chiqish uchun zarur buxgalteriya hisobi obektlarini aniqlash  II


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

I. Hisob siyosati ishlab chiqish uchun zarur buxgalteriya hisobi obektlarini aniqlash 
II. Hisob obektlaridan kelib chiqib hisob siyosatini shakllantirishga ta’sir ko’rsatadigan shart-sharoitlar 
III. Birlamchi qoidalarni tanlash va asoslash, hisob siyosatini tuzish 
IV. Har bir obekt bo’yicha buxgalteriya hisobining zarur usullari va amallarini tanlash 


5.1-rasm. Hisob siyosatini shakllantirishning asosiy bosqichlari 
Hisob siyosatini shakllantirishning birinchi bosqichida uning predmeti aniqlanadi. Chunki har 
bir xo‘jalik yurituvchi subekt o‘zining buxgalteriya hisobi obektlari to‘plamiga ega. Ikkinchi 
bosqichda hisob obektlarining tarkibidan kelib chiqqan holda, hisob siyosatini shakllantirishga ta’sir 
ko‘rsatadigan muayyan shart-sharoitlar aniqlanadi. Uchinchi bosqichda oldingi bosqichda 
aniqlangan, yo‘l quyilgan qoidalarga nisbatan hisob siyosatining tuzilishi tahlil qilinadi.To‘rtinchi 
bosqich buxgalteriya hisobini yuritishning muqobil usullaridan maqbulini tanlashdan iborat. 
Beshinchi bosqichda muayyan korxona uchun buxgalteriya hisobi usullari tanlanadi. Oxirgi, oltinchi 
bosqichda tanlangan hisob siyosati hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Hisob siyosatining variantini tanlashga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 
-
korxonaning tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy maqomi (mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy 
shakli, tarmoq va faoliyat turi, ko‘lami); 
-
tadbirkorlikdagi joriy va uzoq muddatli maqsadlari (korxonani kengaytirish, qo‘shimcha 
moliyaviy resurslar jalb qilish, raqobatbardoshlikni mustahkamlash va b.); 
-
faoliyat xususiyatlari – ishlab chiqarish (texnologik tuzilmasi, ishlatiladigan resurslar), tijorat 
(ta’minot va sotigshni tashkil etish, hisob kitob tizimi va shakllari), moliyaviy (bank, soliq 
inspeksiyasi bilan o‘zaro munosabatlar), boshqaruv (tuzilmasi, mulkdorlarga bog‘liqligi, ularga 
hisobot taqdim etish tartibi); 
-
kadr ta’minoti – xodimlarning malakasi;
-
xo‘jalik vaziyati – bozor infratuzilmasining rivojlanganligi, buxgalteriya hisobi va soliq 
qonunchiligining ahvoli. 
Buxgalteriya hisobini tashkil etishning umumiy tamoyillari va qoidalari O‘zbekiston 
Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” Qonuni, Buxgalteriya hisobi Milliy standartlari 
va boshqa me’yoriy hujjatlari bilan belgilangan.
Korxona hisob siyosatini tanlashda uning muayyan xo‘jalik vaziyatiga mos kelishini 
ta'minlaydigan, ma'lum tamoyillardan kelib chiqish zarur (4.2-rasm).
To‘liqlik. Korxona tomonidan tanlangan buxgalteriya hisobini yuritish usullari korxonadagi 
barcha xo‘jalik faoliyati faqtlarini aks ettirishi lozim. Ushbu talab har bir faktni hujjatlashtirish vap 
hisobda aks ettirish yo‘li bilan ta'minlanadi.
O‘z vaqtidalik moyili xo‘jalik faoliyati faktlarini sodir bo‘lgan paytda aks ettirish lozimligini 
bildiradi.
Ehtiyotkorlik. Korxonada qo‘llaniladigan usullar buxgalteriya hisobida daromadlar va 
aktivlarni aks ettirishga qaraganda, yo‘qotishlar va passivlarni aks ettirish imkoniyatini ko‘proq 
ta'minlashi lozim. Bu hisobga faqat olingan daromadlar qabul qilinishini, ayni paytda barcha 
kutilayotgan majburiyatlar va potensial zararlar hisobga olinishi lozimligini bildiradi.
Mazmunning shakldan ustuvorligi. Buxgalteriya hisobining tanlangan usullari sodir bo‘lgan 
xo‘jalik faoliyati faktlarini nafaqat ularning huquqiy shakli, balki iqtisodiy mazmuni va vujudga 
kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda hisobga olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling