Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

 
 
Hisob siyosatini shakllantirish 
tamoyillari 
To‘liqlik 
O‘z vaqtidalik 
Muvofiqlik 
Ehtiyotkorlik
Mazmunning shakldan ustuvorligi 
Oqilonalik


5.2-rasm. Hisob siyosatining asosiy tamoyillari 
Ushbu tamoyil korxonaga boshqa korxonalardan noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan, lekin bunday 
faktlar aniqlanganidan so‘ng, korxona ichida tuzatilishi lozim bo‘lgan dastlabki hujjatlar olinganida 
amalga oshiriladi. Shuningdek, operatsiya sodir bo‘lganligi boshqacha usul bilan, masalan, olingan 
tovar alohida tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha barcha quyilgan talablarga rioya qilingan holda, qabul 
qilinishi mumkin.
Muvofiqlik. Korxona tomonidan tanlangan hisob usullari hisobning har xil turlari tomonidan 
shakllantiriladigan ma’lumotlarning muvofiqligini, masalan, har bir hisobot davrida analitik hisob 
oborotlari va qoldiqlarining sintetik hisob schotlarinikiga tengligini ta'minlash uchun asos yaratadi.
Oqilonalik. Hisob siyosati shunday tuzilishi lozimki, bunda buxgalteriya hisobi oqilona va 
tejamli, korxona ko‘lami va faoliyat miqyosiga mos tarzda yuritiladi. Ko‘rsatilgan tamoyillar korxona 
tomonidan o‘z hisob siyosatini ishlab chiqish va qabul qilishning asosini tashkil etishi lozim. Ularga 
rioya qilinmasligi korxonanig mulkiy va moliyaviy ahvolini buzib ko‘rsatishi mumkin.
Korxona tomonidan yuqorida ko‘rib chiqilgan farazlar va tamoyillardan kelib chiqqan holda, 
qabul qilingan hisob siyosati korxonada buxgalteriya hisobi tizimining yahlitligini ta'minlaydi. U 
korxonadagi hisob jarayonlarining barcha – uslubiy, tashkiliy va texnik jihatlarini qamrab oladi.
Hisob siyosatining uslubiy jihati korxonada mulklarni va majburiyatlarni baholash
amortizatsiya hisoblash va shu kabilarni qanday usullari qo‘llanilishini ko‘rsatadi.
Tashkiliy jihati esa – ushbu usullarni buxgalteriya xizmatini tashkil etishda qanday amalga 
oshirilishini bildiradi.
Texnik jihati ushbu usullarni hujjatlar va hisob registrlarida qanday amalga oshirilishini 
ko‘rsatadi. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling