Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


hisob siyosatining texnik ta’minoti


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

hisob siyosatining texnik ta’minoti deb ataladi. 
Hisob siyosatining texnik ta’minoti buxgalteriya hisobining uslubiy va tashkiliy jihatlarini 
zamon talablari darajasida amalga oshirishga yo‘naltirilgan tadbirlar tizimidir. 
Bunday tadbirlar tizimiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 
− 
xo‘jalik yurituvchi subektlar moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi namunaviy schotlar 
rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma asosida ishchi schotlar rejasini ishlab chiqish; 
− 
dastlabki hujjatlar va ularni rasmiylashtirish qoidalari (buxgalteriyaning har bir bo‘limi bo‘yicha, 
masalan, ish xaqi hisobi, Materiallar hisobi va h.k); 
− 
sintetik va analitik hisob registrlarining korxona sharoitiga mos namunaviy shakllarini tanlash va 
(yoki) ishlab chiqish; 
− 
zamonaviy EHM, axborot texnologiyalari, dastur ta’minoti va shu kabilar negizida buxgalteriya 
hisobini komptyerlashtirish; 
− 
sintetik va analitik hisob obektlari bo‘yicha tasniflagich (kodifiqator)lar tuzish; 
− 
biznesni boshqarishning zamon talablariga javob beradigan malakali buxgaltyerlar bilan 
ta'minlash; 
− 
hisob jarayonlarini optimallashtirishga doir tashkiliy-texnik va sanitariya-gigiena tadbirlari; 
− 
ichki nazorat tizimini tashkil etish; 
− 
hisob xodimlari jamoasida ishlab chiqarish munosabatlari madaniyati va mehnat taqsimotini 
tashkil etish; 
− 
hisobot tuzish va taqdim etishni tashkil etish. 
Avtomatlashtirilgan hujjatlar aylanishini tashkil etish tizimi belgilangan darajada strategik 
boshqaruv tizimini qo‘llab-quvvatlaydi, barcha turdagi va shakllardagi, jumladan audio va 


videohujjatlarga ham ishlov berish imkoniyatini hamda boshqa quyi tizimlar bilan muvofiqlikni 
ta'minlaydi. Mazkur hujjatlar aylanishining afzalligi hujjatlar aylanishining ko‘p pog‘onali iyerarxik 
tuzulmasini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Pirovard natijada, avtomatlashtirilgan hujjatlar alanishini 
tashkil etishda bunday yondashuvlarni amalga oshirish-bu korxonada buxgalteriya hisobini yo‘lga 
quyishning yangi sifat bosqichiga,natijada, samaraliroq boshqaruv darajasiga o‘tish demakdir. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling