Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
-rasm. Korxonaning tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha tashkil etish
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6 MAVZU. KASSA MUOMALALARI HISOBI 6.1. Pul mablag‘lari hisobining vazifalari.
- 6.2. Kassa muomalalarini hisobga olish.
5.8-rasm. Korxonaning tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha tashkil etish
Buxgalteriya korxona va uning alohida bo‘linmalari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlarni korxona (bo‘linma) rahbariyatiga va korxona boshqaruviga, menejyerlarga va boshqa axborot foydalanuvchilarga muntazam ravishda taqdim etadi. 6 MAVZU. KASSA MUOMALALARI HISOBI 6.1. Pul mablag‘lari hisobining vazifalari. Korxonalar o‘zining bo‘sh pul mablag‘larini bankdagi hisob-kitob schyotida, valyuta schyoti, maxsus schyotlar va boshqa schyotlarda saqlaydilar. Vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini bankdagi schyotlarda saqlash ulkan xo‘jalik ahamiyatiga ega, chunki bu mablag‘lar vaqtinchalik moliyaviy qiyinchilikni boshidan kechirayotgan korxonalarga kredit berish uchun ishlatiladi. Shu bilan birga vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘larini bankda saqlash ularning saqlanishi va naqd pulsiz hisob- kitoblarni tez amalga oshirishni kafolatlaydi. Bundan tashqari korxonalar o‘z pul mablag‘larini bankda saqlaganliklari uchun belgilangan miqdorda qo‘shimcha daromad ham oladilar. Pul mablag‘lari, pul hujjatlari va moliviy qo‘yilmalar hisobi korxona kassasidagi pul mablag‘larini va pul hujjatlarini kundalik nazorat qilish, bankdagi schyotlarda saqlanayotgan pul mablag‘lari va olingan kreditlardan maqsadli foydalanishni muntazam nazorat qilishni tahminlashi lozim. Moliyaviy qo‘yilmalarga fond qiymatliklari va boshqa qimmatli qog‘ozlar (jamg‘arma sertifikatlar va boshqalar), respublika hududida tashkil qilingan boshqa korxonalarning ustav kapitaliga qo‘shilgan hissalar, xorijiy korxonalar kapitalida ishtirok etish hamda boshqa korxonalarga berilgan pul va boshqa qarzlar kiradi. Fond qiymatliklarga boshqa korxonalarning aktsiya va obligatsiyalari, davlat qarzlari kabilar kiradi. 6.2. Kassa muomalalarini hisobga olish. Qishloq xo‘jalik korxonalarida kassa muomalalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 1998 yil 24 yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini amalga oshirish qoidalari»ga muvofiq amalga oshirilmoqda. Chet el valyutasida muomala qilish ruxsat etilgan korxonalar esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan 1998 yil 23 iyundagi 35-son bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi kassa muomalalarini yuritish tartibi»ga asoslanadilar. Kassaga naqd pullarni qabul qilish va kassadan pul berishga oid barcha muomalalarni maxsus tayinlangan shaxs – kassir amalga oshiradi. Kassir – moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. U qabul qilingan pul mablag‘larining but saqlanishi uchun modiiy javobgardir. Ishga qabul qilinishida kassir bilan mahmuriyat o‘rtasida to‘lamoddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuzilib, unda pul summalari va kassadagi boshqa boyliklar uchun moddiy javobgarlikni o‘z ustiga oladi. Agar kassirning ehtiyotsizligi, sovuqqonligi yoki beparvoligi natijasida xo‘jalikka zarar yetadigan bo‘lsa, u holda kassir bu zararni qoplashga majbur. Kassirning unga topshirilgan ishni boshqa shaxslarga ishonib bajartirishi tahqiqlanadi. Kassir ishni to‘satdan to‘xtatgan hollarda (kasalligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra) kassadagi barcha boyliklar dalolatnoma bo‘yicha boshqa shaxslarga o‘tkaziladi. Kassirning vazifasini kassa hujjatlariga qo‘l qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan buxgalteriya xodimlarining bajarishi man etiladi. Xo‘jaliklarda ish haqi to‘lash vazifalarini ana shu to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslarga topshirish mumkin emas. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mahmuriyati kassadagi boyliklarning but saqlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratishi shart. Jumladan, kassa binosi holi bo‘lishi lozim, kassaga kiradigan eshik esa operatsiyani bajarish vaqtida ichki tomondan yopiq turishi, begona kishilar kassaga kiritilmasligi kerak; kassadagi barcha boyliklar maxsus yonmaydigan shkaflarda saqlanishi kerak; ish tugaganlan so‘ng kassir shkaflarni qulflashi va ularni surg‘ichli muhri muhri bilan muhrlab qo‘yishi kerak; kassada xo‘jalikka tegishli bo‘lmagan pul mablag‘larini saqlash mahn etiladi. Kassada kechiktirib bo‘lmaydigan sarflarga to‘lash uchun zarur pul mablag‘lari belgilangan limit chegarasida saqlanadi. Qishloq xo‘jalik korxonalari belgilangan limitdan oshiqcha pul mablag‘larini bankdagi tegishli schyotlarga topshirishlari lozim. Kassaga naqd pullar asosan bankdagi hisob-kitob schyotidan kelib tushadi. Bundan tashqari kassaga hisobi beriladigan pullarning foydalanilmay qolgan qoldiqlari, mahsulot sotishdan olinadigan tushumlar, turli kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar kelib tushadi va h.k. Belgilangan limitdan oshiqcha pul mablag‘lari faqat ish haqi, mukofotlar, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar, stipendiyalar va nafaqa berish vaqtida uch kun mobaynida (pul olingan kun bilan birga) saqlanishi mumkin (bank muassasalaridan uzoq masofada joylashgan shirkat xo‘jaliklari va boshqa korxonalar esa 5 ish kunigacha). Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling