TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
“MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR”
TA’LIM YO’NALISHI 3-BOSQICH KECHKI 219-GURUH TALABASI
________________________________________________ning
MOLIYA
FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
TAYYORLADI: _________________________________ __________
QABUL QILDI: _________________________________ __________
BOZOR INDEKSLARI VA INDEKSLASH STRATEGIYASINI
SAMARALI SHAKLLANTIRISH
REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM
Moliyaviy bozorning mazmuni , iqtisodiyotdagi ahamiyati va o’rni.
Indekslarni mohiyati va turlari.
Indekslash strategiyasi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
KIRISH
Mavzununing dolzarbligi: Moliya bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy resurslarning subektlari o’rtasida samarali taqsimlash, vaqtinchalik bo’sh turgan moliyaviy resurslarni harakatga keltirishorqali iqtisodiy o’sishni va investitsion faollikni ta’minlash bugungi kunda muhim ahamiyatga ega.
O’zbekistonda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar mamlakatda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurishga qarsatilgan bo’lib, ularning asosiy mahsullaridan biri tez suratlarda rivojlanayotgan milliy moliya bozori hisoblanadi.
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o'tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo'nalishlarning belgilanishi, ayniqsa, ijtimoiy-siyosiy hayotni, jumladan , iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkdorlar sinfini shakllantirishdan kelib chiqqan holda bir qancha sohalarni, jumladan, moliya va qimmatli qog‘ozlar bozorini ham isloh qilishni taqozo etadi. Chunki, so‘nggi yillarda jahonda hukm surayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz natijasida dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarning iqtisodiyoti, jumladan, moliya bozori chuqur retsessiyani boshidan kechirmoqda. Biroq hukumatimiz tomonidan olib borilgan oqilona siyosat natijasida moliyaviy-iqtisodiy inqirozning O 'zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri yumshoq kechdi. Buni biz 2008-yilda 2007-yilga nisbatan iqtisodiy o ‘sish sur’atlari 9% ni tashkil etganligi bilan izohlashimiz mumkin . Ushbu barqarorlik moliya bozorida ham kuzatildi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirish hamda ular faoliyatini isloh qilish, undagi barcha muammolarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat olib borilmoqda. Moliya bozori, ayniqsa, uning qimmatli qog'ozlar sektorini rivojlantirish davlatimizning strategik ustuvor yo'nalishlari sirasiga kiradi, xususan, “ jahon iqtisodiy inqirozining oqibatlarini bartaraf etishda bank-moliya tizimini mustahkamlash”ga doir vazifalarni amalga oshirish sohadagi muhim masalalardan hisoblanadi.Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, moliya (qimmatli qog‘ozlar) bozori — davlatning iqtisodiy holatini baholaydigan muhim ko'rsatkich, ya’ni barometr hisoblanadi. Chunki aksariyat xorijiy mamlakatlar moliya bozorining aylanmasi ular iqtisodiyotining salmoqli qismiga to'g'ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |