Moliya va moliyaviy texnologiyalar


Birja indekslari nima ekanligini qisqacha bayon qilaylik


Download 67.48 Kb.
bet9/10
Sana19.01.2023
Hajmi67.48 Kb.
#1102613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
indekslar

Birja indekslari nima ekanligini qisqacha bayon qilaylik.
Birja indekslari nafaqat analitik ma'lumot bo'lib, ular faqat statistika muxlislari uchun foydali bo'lishi mumkin. Bu siz mustaqil operatsiyalarni amalga oshirishingiz (indeks fyucherslarini sotib olish), soha holatini baholashingiz, bozorning asosiy tahlilini o'tkazishingiz, tayyor portfellarga e'tiboringizni qaratishingiz va ETF mablag'lariga sarmoya kiritishingiz mumkin bo'lgan to'liq ishlaydigan vosita.


XULOSA
Mazkur kurs ishiga xulosa qilib shuni aytib o’tishim mumkinki indekslar fond bozorlarining ajralmas qismidir indekslar fond bozorlaridagi kompaniyalarning aksiyalarini yaxlitlangan holdagisi desak mubolag’a bo’lmaydi.
Bozor indekslari va indekslash strategiyasi mavzusini o’rganib chiqish va yuqorida ko’rsatilgan xalqaro indekslar tahlil qilgan holda hamda moliyaviy va fond bozorining iqtisodiy-ijtimoiy jihatlari va ularning iqtisodiyotga tutgan o’rnini nazarda tutib kurs ishiga quyigacha hulosa bildirdib o’taman:
Eng sodda tarzda aytiladigan bo‘lsa, moliyaviy bozorda moliyaviy aktivlar sotiladi va sotib olinadi. O‘z navbatida, qarz majburiyatlari (debt), aksiyalar (equity) va hosila qimmatli qog‘ozlar (derivatives) moliyaviy aktivlarning asosiy turlaridan bo‘lib hisoblanadi. Qarz instrumentlari pulni qarzga oluvchi hamma firmalar, hukumatlar va uy xo‘jaliklari tomonidan chiqariladi. Tegishli ravishda, qarz majburiyatlari bozorida korporativ va davlat obligatsiyalari, uy-joy va tijorat garovlari, shuningdek iste’mol qarzlari kabi aktivlar bilan savdo qilinadi. Qarz instrumentlarini yana qayd qilingan daromad instrumenti (fixed-income instruments) deb ham atashadi. Zero, ular bo‘yicha kelgusida qayd qilingan summani to‘lash va’da qilinadi. Ularni yana qattiq foizli qimmatli qog‘ozlar deb atash ham mumkin. Qarz instrumentlari, shuningdek, qarzni uzish muddati (maturity) asosida ham klassifikatsiyalanadi. Qisqa muddatli (qarz uzish muddati bir yildan kam bo‘lgan) qarz majburiyatlari bozori pul bozori (money market) nomiga ega. Uzoq muddatli qarz majburiyatlari va aksiyalar bozori esa kapital bozori (capital market) deb nomlanadi.Pul bozorida, asosan, yo xususiy sektorning ishonchli qarz oluvchilari tomonidan (veksellar va yirik korxonalarning boshqa tijorat qog‘ozlari) yoki davlat tomonidan (masalan, g‘aznachilik vekseli) chiqarilgan foizli qimmatli qog‘ozlar kabi instrumentlar aylanadi.Zamonaviy pul bozorlari uchun global integratsiyava likvidlik (liquidity) o‘ziga xos xarakterga ega. Aktivning likvidlik darajasi uni pulga konvertatsiya qilinish jarayonining oddiyligi, xarajatlari va tezligiga bog‘liq holda aniqlanadi.
Aksiya – bu firma mulkdorlari tomonidan uning aktivlari qismiga qo‘yiladigan talabdir. Korporatsiya kapitali ulushiga egalik qilishdan dalolat beradigan qimmatli qog‘ozlar AQShda oddiy aksiyalar (common stocks), Buyuk Britaniyada aksiyalar (shares) deb ataladi. Aksiyani sotib olish va sotish fond bozorida (stock market) amalga oshiriladi. Har bir oddiy aksiya boshqa aksiyadorlar bilan firmaning mulkidagi qismda (yoki ulushda) baravarligini bildiradi.


Download 67.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling