Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


-rasm. Alohida ish turlari bo‘yicha rejalar


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

5.5-rasm. Alohida ish turlari bo‘yicha rejalar 
Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil etish rejasida buxgalteriya apparatining 
tuzilishi va shtat jadvali aniqlanib, har bir xodimga lavozim yo‘riqnomasi ishlab chiqiladi, ularning 
malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar belgilanadi, hisob ishlarining grafiklari tuziladi (4-8- ilovalar). 
Buxgalteriya apparatining tuzilmasini va uning alohida bo‘linmalar bilan aloqa qilish 
shakllarini aniqlashda buxgalteriya hisobini markazlashtirilgan yoki markazlashtirilmagan shaklda 
tashkil etish to‘g‘risidagi masalani hal etish zarur.
Markazlashtirilgan buxgalteriya hisobida korxonaning hisob apparati markaziy 
buxgalteriyada jamlanadi va unda alohida bo‘linmalar (bo‘lim, omborxona va h.k.)dan kelib 
tushuvchi dastlabki va yig‘ma hujjatlarga asosan sintetik va analitik hisob bitta joyda amalga 
oshiriladi. Korxona bo‘linmalarida esa faqat xo‘jalik operatsiyalari dastlabki hujjatlar bilan 
rasmiylashtiriladi.
Markazlashtirilmagan buxgalteriya hisobida hisob apparati korxonaning alohida 
bo‘linmalariga tarqatilib, u yerda sintetik va analitik hisob amalga oshiriladi hamda bo‘linma, bo‘lim 
va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning balans va hisobotlari tuziladi. Bu holda markaziy buxgalteriya 
tarkibiy bo‘linmalarning balans va hisobotlarini umumlashtirib, butun korxona bo‘yicha yig‘ma 
balans va hisobotlarni tuzadi hamda tarkibiy bo‘linmalarda buxgalteriya hisobi va hisobotning 
yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. 
Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, buxgalteriya hisobini markazlashtirish bosh buxgaltyer 
tomonidan rahbarlik va nazorat qilishning ta’sirchanligini ta'minlaydi, hisob xodimlari o‘rtasida 
mehnat taqsimotini maqsadga muvofiq amalga oshirish va EHM dan samarali foydalanishga imkon 
beradi. Shuning uchun, buxgalteriya hisobini faqat yirik korxonalarda markazlashtirilmagan holda 
tashkil etish maqsadga muvofiq.
Aksariyat korxonalarda markazlashtirilgan buxgalteriya hisobi tizimi qo‘llaniladi. Ayrim 
korxonalarda muayyan shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda qisman markazlashtirilmagan 
buxgalteriya hisobi tashkil etilib, tarkibiy bo‘linmalarda dastlabki hujjatlarni tuzishdan tashqari ayrim 
sintetik schotlar bo‘yicha analitik hisob yuritiladi, xarajatlar hisobi amalga oshiriladi, mahsulot (ish, 
xizmat)larning haqiqiy tannarxi hisoblanadi va h.k. Lekin, tarkibiy bo‘linmalarda yakuniy 
buxgalteriya hisobi yuritilmaydi. Balans hamda boshqa hisobot shakllari tuzilmaydi. 
Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil etishda, hisob ishlarining grafigini tuzish 
muhim bosqich hisoblanadi. 
Hisob ishlari grafiklarining asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash
ishlarning bajarilish muddatlarini aniqlash bo‘lib, hisob xodimlarining mehnatini ilmiy tashkil etish 
bo‘yicha tadbirlar belgilanmoqda. Bunday grafiklar individual, tuzilmaviy va yig‘ma bo‘lishi 
mumkin. 
Individual grafiklar (kalendar rejalar)da har bir hisob xodimi tomonidan qanday ishlar va ular 
qaysi muddatlarda bajarilishi ko‘rsatiladi. Grafikda xodimning ish kuni davomida va undan uzoqroq 
davrlarda (xafta, oy, chorak va h.k.) band bo‘lishi ta'minlanadi. 
Tuzilmaviy grafiklarda buxgalteriyaning yoki korxonaning alohida tarkibiy bo‘linmalari 
(hisob-kitob bo‘limi moddiy bo‘lim, omborxona va h.k.) tomonidan qanday ishlar va qaysi 
muddatlarda bajarilishi lozimligi ko‘rsatiladi. 
Yig‘ma grafikda butun korxona bo‘yicha alohida hisob ishlarini bajarish (inventarizatsiya 
o‘tkazish, moliyaviy, statistik va boshqa hisobotlarni tuzish va sh.k.) muddatlari ko‘rsatiladi. Unda 
korxona bo‘yicha butun hisob-jarayoni umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Uning bajarilishi uchun 


korxona bosh buxgaltyeri mas'ul hisoblanadi. Hisob ishlarining grafigi jadvallar ko‘rinishida tuzilib, 
ularda rejalashtirilgan ishlarning bajarilish muddatlari to‘g‘risida belgi quyish ko‘zda tutiladi. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling