Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Buxgalteriya hisobini tashkil etishga quyiladigan talablar


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

 
5.4. Buxgalteriya hisobini tashkil etishga quyiladigan talablar 
Qishloq xo‘jalik korxonalarida buxgalteriya hisobi oldiga quyilgan vazifalar faqat u to‘g‘ri va 
oqilona tashkil etilganidagina muvaffaqiyatli hal etilishi mumkin. Buxgalteriya hisobini tashkil 
etishda yo‘l quyilayotgan xato-kamchiliklar butun hisob siyosatining, xususan, hisob ishlarining 
orqada qolishi, hisobotlarni va boshqa axborotlarni taqdim etishda kechikishlarga olib keladi. 
Buxgalteriya hisobi va iqtisodga oid axborotlarning vujudga kelishi hamda undan foydalanish vaqti 
o‘rtasidagi katta uzilishlar korxona faoliyatining samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qiladi. 
Buxgalteriya hisobini tashkil etishdagi kamchiliklar uning chigallashuviga, tovar-moddiy 
boyliklarning talon-taroj bo‘lishi va boshqa suiste'molliklar, ma'muriy – boshqaruv xarajatlarining 
ko‘payishiga olib keladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etish deganda korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida 
ishonchli va o‘z vaqtida axborotlar olish hamda ishlab chiqarish resurslari va tayyor mahsulotlardan 
foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida-hisob jarayonining shart-sharoitlar tizimi 
va ular elementlarining tuzilishi tushuniladi. 
Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining asosiy elementlari dastlabki hisob va hujjatlar 
aylanishi, inventarizatsiya, hisob-kitob ishlarining tashkiliy shakllari, hisobotlarning hajmi va 
mazmuni hamda hisob siyosatidan iborat bo‘lishi lozim (4.3 – rasm).


5.3 - rasm. Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining asosiy elementlari 
Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish talablariga muvofiq, buxgalteriya 
apparatining oldiga quyidagi talablar quyiladi : 
− 
korxona faoliyati va uning natijalari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish; 
− 
korxonaning faoliyatini nazorat qilish va boshqarish uchun ichki va tashqi foydalanuvchilarni 
zarur axborotlar bilan ta'minlash;
− 
moliya-xo‘jalik faoliyatidagi noxush xolatlarning o‘z vaqtida oldini olish, ichki imkoniyatlarni 
aniqlash va safarbar etish; 
− 
korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini hisobda to‘g‘ri aks ettirish; 
− 
korxona xodimlarining mehnatiga haq to‘lashni nazorat qilish; 
− 
moliyaviy hisobotni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni olish va o‘z vaqtida taqdim etish. 
Belgilangan vazifalarni hal etish jarayonida korxona hisob siyosatida belgilangan talablarga 
rioya qilish zarur (4.4- rasm).
O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunining 7-moddasiga 
muvofiq, “Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilot rahbari 
amalga oshiradi”
1
. Bunda xo‘jalik yurituvchi subekt rahbari buxgalteriya hisobini va moliyaviy 
hisobot tizimini tashkil etish uchun mas'ul bo‘lib, u hisob ishlarining hajmidan kelib chiqqan holda 
ma'lum huquqlarga ega.

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling