5.3 - rasm. Buxgalteriya hisobini tashkil etish tizimining asosiy elementlari
Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish talablariga muvofiq,
buxgalteriya
apparatining oldiga quyidagi talablar quyiladi :
−
korxona faoliyati va uning natijalari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish;
−
korxonaning faoliyatini nazorat qilish va boshqarish uchun ichki va tashqi foydalanuvchilarni
zarur axborotlar bilan ta'minlash;
−
moliya-xo‘jalik faoliyatidagi noxush xolatlarning o‘z vaqtida oldini olish, ichki imkoniyatlarni
aniqlash va safarbar etish;
−
korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini hisobda to‘g‘ri aks ettirish;
−
korxona xodimlarining mehnatiga haq to‘lashni nazorat qilish;
−
moliyaviy hisobotni tuzish uchun zarur ma’lumotlarni olish va o‘z vaqtida taqdim etish.
Belgilangan vazifalarni hal etish jarayonida korxona hisob siyosatida belgilangan talablarga
rioya qilish zarur (4.4- rasm).
O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunining 7-moddasiga
muvofiq, “Buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilot rahbari
amalga oshiradi”
1
. Bunda xo‘jalik yurituvchi subekt rahbari buxgalteriya hisobini va moliyaviy
hisobot tizimini tashkil etish uchun mas'ul bo‘lib, u hisob ishlarining hajmidan kelib chiqqan holda
ma'lum huquqlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: