Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Buxgalteriya hisobini tashkil etishni rejalashtirish tizimi


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

5.5. Buxgalteriya hisobini tashkil etishni rejalashtirish tizimi 
Buxgalteriya hisobini oqilona tashkil etishni ta'minlashda rejalashtirish tizimi muhim 
ahamiyatga ega bo‘lib, alohida ish turlari bo‘yicha rejalarni ishlab chiqish va bajarishni o‘z ichiga 
oladi (4.5-rasm).
Hujjatlashtirish rejasida xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlar 
blankalariga bo‘lgan ehtiyoj hisob-kitobi tuziladi. Bunda xo‘jalik yurituvchi subekt dastlabki 
hujjatlarning namunaviy shakllaridan foydalanishi yoki o‘zi mustaqil ishlab chiqqan hujjat shakllarini 
qo‘llashi mumkin. 
Dastlabki hujjatlar blankalariga bo‘lgan ehtiyoj aniqlanganidan so‘ng ularni sotib olishga yoki 
bosmaxonada chop etishga buyurtma beriladi. Dastlabki hujjatlar blankalari bilan markazlashtirilgan 
holda ta'minlashda ularni olish uchun yuqori tashkilot tomonidan buyurtma beriladi.
Dastlabki hujjatlarning namunaviy shakllari ham, korxonada ishlab chiqilgan shakllari ham 
O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi qonunida ko‘zda tutilgan talablarga 
rioya qilgan holda tuziladi.
Dastlabki hujjatlarni tashkil etishning asosi korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar 
aylanishi grafigi hisoblanadi. 
Inventarizatsiya o‘tkazish rejasida rejadagi va rejadan tashqari inventarizatsiyalarni o‘tkazish 
tartibi, shakllari va muddatlari ko‘rsatiladi. Inventarizatsiya rejasi aktivlar va majburiyatlarni 
tekshirish korxonaning normal ishlashiga ta’sir ko‘rsatmaydigan qilib tuziladi. Rejadan tashqari 
inventarizatsiya o‘tkazish muddatlari moddiy javobgar shaxslarga bildirilmasligi lozim. 
Hisobot taqdim etish rejasida quyidagilar ko‘rsatiladi: hisobot shakllari, u yoki bu hisobot 
tuzilishi lozim bo‘lgan hisobot davri, hisobotlarni topshirish muddatlari, korxona, tashkilot va 
muassasa nomi va manzili hamda hisobotni qabul qiluvchi mansabdor shaxs familiyasi va ismi-
sharifi, hisobotlarni taqdim etish usuli (elektron, pochta va b.) va hisobotlarni tuzish uchun mas'ul 
shaxslarning familiyasi va ismi-sharifi, ular bajaradigan ishlar aniq ko‘rsatilgan holda. Hisobot rejasi 
qoidaga ko‘ra, ikki qismdan iborat. 
Birinchi qismda tashqi foydalanuvchilarga taqdim etiladigan, ikkinchi qismda korxonaning 
alohida bo‘linmalaridan olinadigan hisobotlar bo‘yicha zarur ma’lumotlar keltiriladi. 
Buxgalteriya hisobini texnik rasmiylashtirish rejasida mazkur korxonada qo‘llaniladigan 
hisob shaklining batafsil tavsifi keltirilib, korxonada qanday elektron hisoblash mashinalari, 
qurilmalar va boshqa texnik vositalardan foydalanilishi ko‘rsatiladi. Buxgaletriya hisobining shaklini 
tanlashda mazkur masalaga oid yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalardan foydalanish, korxona faoliyatining 
muayyan shart-sharoitlarini hisobga olish, buxgalteriya hisobi amaldagi shakllarining afzalliklari va 
kamchiliklarini o‘rganish tavsiya etiladi. 
Buxgalteriya hisobini texnik jihozlash rejasida hisobni kompyutyerlashtirish masalasiga 
alohida o‘rin ajratish lozim. Elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish bilan birga, turli 
hisoblash jadvallari va mexanik o‘lchagich vositalari (o‘lchagich idish, tarozi va h.k.)dan ham 
foydalanish zarur.
3
Shu yerda
Alohida hisob ishlari bo‘yicha rejalarning 
turlari 
Hujjatlashtirish rejasi va hujjatlar 
aylanishi grafigi 
Buxgalteriya xodimlarining 
mehnatinitashkil etish rejasi 
Inventarizatsiya rejasi 
Bajariladigan hisob ishlarining 



Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling