Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxgalteriya hisobi maqsadlarida chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarni so‘mga hisoblab o‘tkazish sanalari
Chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish sanasi- xo‘jalik yurituvchi sub’ektda
qonun hujjatlari yoki shartnomaga muvofiq buxgalteriya hisobiga chet el valyutasidagi operatsiyalar natijasi bo‘lib hisoblanadigan aktivlar va majburiyatlarni qabul qilish huquqi yuzaga kelgan kundir. Chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarning buxgalteriya hisobida so‘mga qayta hisob-kitob qilinish sanalari jadvalda keltirilgan. Buxgalteriya hisobi maqsadlarida chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarni so‘mga hisoblab o‘tkazish sanalari Chet el valyutasidagi operatsiyalar Uning sodir etilish sanasi bo‘lib quyidagi sana hisoblanadi Valyuta schetlari bo‘yicha bank operatsiyalari pul mablag‘larining valyuta hisob raqamidan hisobdan chiqarilish sanasi Chet el valyutasidagi daromadlar chet el valyutasidagi daromadlarning tan olinish sanasi Chet el valyutasidagi xarajatlar chet el valyutasidagi xarajatlarning tan olinish sanasi Tovar moddiy zahiralarning, o‘zga to‘ldirish sanasi Mol-mulk importi bojhona yuk deklaratsiyasini Xodimlardan hisobdor summalar tasdiqlash bo‘yicha chet el valyutasidagi qarzning aks ettirilishi bo‘nak hisobotini topshirish sanasi Chet el valyutasidagi qarzlarning so‘ndirilishi chet el valyutasidagi qarzning so‘ndirilish sanasi Ustav kapitaliga qo‘yilmalar bo‘yicha ta’sischilar qarzining hosil bo‘lishi yuridik shaxs maqomini olish sanasi Ustav kapitalini shakllantirish ta’sischilar qo‘yilmalarining ustav kapitaliga kirim qilinish sanasi Xizmatlar importi Bajarilgan ishlar dalolatnomasini va xo‘jalik operatsiyasining sodir etilishi faktini tastiqlovchi boshqa boshlang‘ich hujjatlarni tuzish Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston hududida yuridik shahslar tomonidan chet el valyutasini sotib olish va sotish vakolatli banklar orqali, jismoniy shaxslar tomonidan bo‘lsa-vakolatli banklar, ularning filiallari va valyuta almashtirish punktlari orqali amalga oshiriladi. Chet el valyutasini sotib olish va sotish Markaziy bankning sotib olish yoki sotish kunida amal qilgan kursi bo‘yicha aks ettiriladi. Bunda yuzaga keladigan kurs farqi moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar (qilingan xarajatlar) sifatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga kiritiladi. 9540-“Valyuta kursidan olingan daromadlar” schetning krediti –Markaziy bank kursi bo‘yicha xarid qilingan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalent qiymati bilan xarid kunida valyuta bozorida amal qilgan bitim xarid qilingan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalent qiymati o‘rtasidagi tafovut summasiga. Fuqarolik kodeksining 245-moddasiga muvofiq pul majburiyatida uning chet el valyutasidagi mahlum bir summaga yoki shartli pul birliklari (ekyu, “qarz olish maxsus huquqlari” va boshqalar) so‘mda to‘lanishi lozimligi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda so‘mlar bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan summa tegishli valyutaning yoki shartli pul birliklarining to‘lov kunidagi rasmiy kursi bo‘yicha belgilanadi basharti uni belgilashning boshqacha kursi yoki boshqa sanasi qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvda belgidab qo‘yilgan bo‘lmasa. O‘zbekiston Respublikasi xududida majburiyatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish chog‘ida chet el valyutasidan, shuningdek chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlaridan foydalanishga qonun hujjatlarida belgilangan hollar, tartib va shartlar asosida yo‘l ko‘yiladi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga doir narxlar (tariflar) ni chet el valyutasiga ekvivalentda belgilaydigan, to‘lovni esa milliy valyutada- so‘mda oladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar Markaziy bank kursining mahsulot (ishlar hizmatlar)ning sotilishi sanasidan boshlab to‘lovning kelib tushishi sanasigacha bo‘lgan davr ichida o‘zgarishi munosabati bilan yuzaga keluvchi musbat kurs farqini 9540- “Valyuta kursidagi farqlardan olingan daromadlar” schetida, manfiy kurs farqini esa – 9620- “Valyuta kursidagi farqlardan ko‘rilgan zararlar” schetida yuritadilar. Korxonalar buxgalteriya balansi valyuta moddalariningqayta baholash oqibatida hosil bo‘luvchi kurs farqlarini hisobga olish. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisobot oyining so‘ngi kuniga bo‘lgan va Markaziy bank kursi bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirish sanasiga balansining valyuta moddalarini qayta baholashni har oyda amalga oshiradilar. Qayta baholash va kurs farqini aniqlash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiradi: − kassadagi, bankdagi depozit va ssudalar schetlaridagi, shu jumladan, akkreditivlardagi valyuta mablag‘lari; − chet el valyutasidagi pul hujatlari; − chet el valyutasida ifodalangan qisqa muddatli va uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar; − chet el valyutasida ifodalangan debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va qarzlar. − Quyidagilar qayta baholanmaydi: − xo‘jalik yurituvchi sub’ektning chet el valyutasiga xarid qilingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlari, o‘rnatiladigan uskunasi, kapital qo‘yilmalari, tovar-moddiy zahiralari; − xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitali va ta’sischilarning (ahzolarining) ulushlari bunga chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar ham kiradi. Agar operatsiyani amalga oshirish sanasidan boshlab mazkur operatsiya bo‘yicha uzil-kesil hisob- kitob qilish sanasida amal qilgan kurs bo‘yicha(1.3.4.–chizma) aks ettirilishi mumkin. –chizma Hisobot davri Hisobot davri Operatsiyani amalga oshirish sanasi Operatsiya bo‘yicha hisob-kitob qilish sanasi Modda mazkur kurs bo‘yicha aks ettiriladi Hisob-kitob hisob-kitob qilish kuniga bo‘lgan kurs bo‘yicha amalga oshiriladi (kurs farqi mavjud emas) (kurs farqi aks ettiriladi) Agar operatsiyani amalga oshirish sanasida u bo‘yicha uzul-kesil hisob-kitob qilish sanasigacha bo‘lgan davr ikki va undan ortiq oy yoki hisobot davrlari o‘rtasiga to‘g‘ri kelsa, balansning valyuta moddalarini har oylik qayta baholash yoki hisobot davri oxirida qayta baxolash chog‘idagi kurs farqi har bir oyning (hisobot davrining) oxirida mavjud bo‘lgan kurs bo‘yicha aks ettirilishi mumkin, shuningdek yuqorida ko‘rsatilganoperatsiya bo‘yicha uzil-kesil hisob-kitob qilish sanasidagi kurs farqi hosil qilishi mumkin (____-chizma) -chizma Hisobot davri Keyingi hisobot davri Operatsiyani amalga oshirish sanasi Oy (hisobot davri) oxiri Operatsiya bo‘yicha hisob-kitob qilish sanasi Modda mazkur kurs bo‘yicha aks ettiriladi (kurs farqi mavjud emas) Modda davr oxiriga bo‘lgan kurs bo‘yicha aks ettiriladi (kurs farqi aks ettiriladi) Hisob-kitob hisob-kitob kuniga bo‘lgan kurs bo‘yicha amalga oshiriladi (kurs farqi aks ettiriladi) Hosil bo‘lgan kurs farqi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning xohishiga qarab bevosita kiritish yo‘li (keyingi o‘rinlarda-bevosita kiritish usuli) bilan yoki jamlash yo‘li (keyingi o‘rinlarda-jamlash usuli) bilan moliyaviy natijalarga hisobdan chiqariladi. Balansning valyuta moddalarini har oyda qayta baholash natijasida hosil bo‘lgan kurs farqi bevosita kiritish usulidan foydalanishi chog‘ida moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga hisobdan chiqariladi va buxgalteriya hisobi schetlarida quyidagicha aks ettiriladi: — musbat kurs farqi-9540-“Valyuta kursidagi farqlardan olingan daromadlar” schetining krediti bo‘yicha; — manfiy kurs farqi-9620- “Valyuta kursidagi farqlardan ko‘rilgan zararlar” schetining debeti bo‘yicha. Balans valyuta moddalarining har oylik qayta baholanishi natijasida hosil bo‘lgan kurs farqi yuzaga kelishi vaqtida jamlash usulidan foydalanishi chog‘ida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga kiritilmaydi va buxgalteriya hisobida quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi: — musbat kurs farqi-6230-“Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schetining krediti bo‘yicha –ularning joriy qismi va (yoki) 7230-“Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schetining krediti bo‘yicha –ularning uzoq muddatli qismi ; — manfiy kurs farqi-3290-“Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schetining debeti bo‘yicha- ularning uzoq muddatli qismi va (yoki) 0990- “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schetining debeti bo‘yicha–ularning uzoq muddatli qismi. Jamlash usulidan foydalanish nitijasida jamlangan kurs farqi quyidagi tartibda moliyaviy – xo‘jalik faoliyat natijalariga kiritiladi: — chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha-ularning so‘ndirilishi (yoki hisobdan chiqarilishi) ga qarab; — qolgan xollarda-balansning tegtshli valyuta moddalari bilan xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishga qarab. Kurs farqidan ko‘rilgan uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar va xarajatlar joriy qismining o‘tkazilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi: Musbat kurs farqi bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar joriy qismining o‘tkazilishi chog‘ida: 7230-“Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schetining debeti; 6230-“Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schetining krediti; manfiy kurs farqi bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar joriy qismining o‘tkazilishi chog‘ida: 3290-“Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schetining debeti; 0990- “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schetining krediti. Jamlangan kurs farqining chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha moliya xo‘jalik faoliyati natijalariga kiritilishi-ularning so‘ndirilishi(yoki hisobdan chiqarilishiga) qarab, qolgan hollarda balansning tegishli valyuta mlddalari bilan xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishga qarab buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi: a) Musbat kurs farqi: 6230 – “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schetining debeti 9540 – “Valyuta kursidagi farqlardan olingan daromadlar” schetining krediti b) manfiy kurs farqi 9620 – “Valyuta kursidagi farqlardan ko‘rilgan zararlar” schetining debeti; 3290 – “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schetining krediti Kurs farqining buxgalteriya hisobini yuritishni soddalashtirish maqsadida tegishlicha kechiktirilgan daromalning va xarajatlarni hisobga olish hisobvaraqlarida hisobga olingan musbat va manfiy kurslar farqining hisobdan chiqarilishi amalga oshiriladigan hisobot oyi oxirida chet el valyutasining bir birligiga to‘ladigan kurs farqining o‘rtacha hajmi bo‘yicha hisobdan chiqarilishiga ruxsat etiladi, u ___–jalvalda keltirilgan. -jadval Kurs farqining o‘rtacha hajmi bo‘yicha hisobdan chiqarilishi Balansning valyuta moddalari nomi AQSh dollari Milliy valyutadagi summa (so‘mlarda) Balansning valyuta moddalarini har oylik qayta baholash natijalari bo‘yicha to‘plangan (so‘mlarda) MB kursi 1$ q 1020 so‘m MB kursi 1$ q 1020 so‘m MB kursi 1$ q 1020 so‘m Manfiy farq 6230-“Boshqa kechiktirilgan daromadlar” hisobvarag‘i krediti bo‘yicha Masbat farq 3290-“Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” hisobvarag‘i bo‘yicha Valyuta mablag‘lari 250 255000 260000 262500 50000(26000 0-255000) 2500(262500- 260000) Debitorlik qarzi 750 765000 780000 787500 15000(78000 0-765000) 7500(787500- 780000) Kreditorlik qarzi 1250 1275000 1300000 1312500 25000(13000 00-1275000) 12500(13125 00-1300000) Jami 30000 37500 Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling