Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Qishloq xo‘jalik korxonasi buxgalteriyasida bankdagi hisob-kitob schyotidagi pul mablag‘lari 
qoldig‘i va harakatining hisobi 5110-«Hisob-kitob schyoti»da aks ettiriladi. Bu schyot balansga 
nisbatan aktiv bo‘lib, uning debetida qoldiq va kelib tushgan, kreditida esa mol yetkazib 
beruvchilarga, moliya organlariga va boshqa tartibda o‘tkazilgan hamda kassaga olingan summalar 
aks ettiriladi. 
Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalari 2-ASK jurnal-orderida yuritiladi. Bu jurnal-
orderga yozuvlar bank ko‘chirmasi va unga ilova qilingan hujjatlar asosida yoziladi. Jurnal-order 
5110-«Hisob-kitob schyoti»ning boshlang‘ich va oxirgi qoldiqlarini hamda kredit oborotlarini, uning 
vedomost qismi esa ushbu schyot bo‘yicha boshlang‘ich va oxirgi qoldiqlarini hamda debet 
oborotlarini aks ettirish uchun xizmat qiladi. 2-ASK jurnal-order qo‘shimcha varaqalardan 
foydalanib, daftar ko‘rinishida tikilib, yil davomida yuritiladi. Jurnal-orderning ustki va oxirgi 
betidagi «Rasshifrovka» bo‘limida kassa rejasi tuzish va boshqa mahlumotlar aks ettiriladi.
2-ASK jurnal-orderda 2510, 9410, 9420, 9430 va boshqa schyotlarning debeti bo‘yicha aks 
ettirilgan summalar avval rasshifrovka varaqasiga yozilib, so‘ngra ular analitik hisob moddalari 
bo‘yicha tegishli hisob registrlariga o‘tkaziladi. Masalan, 2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari» 
schyotida rasshifrovka varaqalari asosida aks ettirilgan summalar bo‘linmaning shaxsiy hisobiga (83-
ASK shakl) yoziladi. Bo‘linma shaxsiy hisobining (83-ASK shakl) sarvarag‘ida tegishli schyotning 
raqami va nomi yozilib, uning 1-bo‘limidagi «B» grafasida xarajat moddalari, 1-24 grafalarida esa 
oy davomida 2510 va boshqa tegishli schyotlarning debeti bo‘yicha haqiqiy xarajatlari aks ettiriladi. 
Oy oxirida 2-ASK jurnal-orderida va uning vedomost tomonida oylik oborotlari jamlanadi va oy 
oxiriga qoldiq chiqariladi. Bu qoldiq bank ko‘chirmasidagi qoldiq bilan teng bo‘lishi kerak. Shundan 
Дастлабки хужжатлар 
И
м
зо в
а м
ух
р уч
ун
к
ар
точ
ка
ш.№
202
И
шон
ч қ
оғ
оз
и 
ф
. №
867 
Э
ъл
он
ф
. №
0402001
Т
ўл
ов
т
оп
ш
ир
иқ
ном
ас
и ш
. №
04
01002
А
кц
ия
ни
қ
ай
та
ри
ш т
ўғ
ри
си
да
а
ри
за
ф
.№
0401001 
Т
ўл
ов
т
ал
аб
ном
ас
и ф

0401001 
П
ул
қ
аб
ул
қ
ил
ин
га
нл
иг
и т
ўғ
ри
си
да
ба
нк
к
ўч
ир
м
ас
и 
С
чё
т оч
иш т
ўғ
ри
си
да
а
ри
за
ф

201 
П
ул
ол
иш уч
ун
ч
ек
Йиғма тўлов 
топшириқномаси 
ш.№0401003 
Йиғма тўлов талабномаси 
ш.№ 0401008 
Банк кўчирмаси 
Журнал ордер ш.№ 1-АСК 
Бош дафтар (ш №18 АСК) 


so‘ng jurnal orderning jamlangan oborotlari boshqa tegishli jurnal-order va vedomostlar (№1-ASK, 
4-ASK, 25-ASK va boshqalar) bilan solishtirilib, umumiy summasi Bosh daftarda (18-ASK shakl) 
5110-«Hisob-kitob schyoti»ning «Jami kredit oboroti» degan grafasiga o‘tkaziladi va o‘tkazilganligi 
belgilab qo‘yiladi. Bir vaqtning o‘zida ushbu kredit oborotni tashkil etuvchi summalar Bosh daftarga 
tegishli korrespondentsiyalanuvchi schyotlar debeti bo‘yicha «Debet bo‘yicha oborotlar» bo‘limidagi 
jurnal-order «№ schyot krediti bo‘yicha» degan grafalarga 2-ASK jurnal-orderdan olib yoziladi.
Shunday qilib, 2-ASK jurnal-orderning oborotlari Bosh daftarga o‘tkaziladi va uni yurituvchi 
buxgalter va bosh buxgalter imzolari bilan tasdiqlanadi.

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling