Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

Chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish sanasi- xo‘jalik yurituvchi sub’ektda 
qonun hujjatlari yoki shartnomaga muvofiq buxgalteriya hisobiga chet el valyutasidagi operatsiyalar 
natijasi bo‘lib hisoblanadigan aktivlar va majburiyatlarni qabul qilish huquqi yuzaga kelgan kundir. 
Chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarning buxgalteriya hisobida so‘mga qayta hisob-kitob qilinish 
sanalari jadvalda keltirilgan. 
Buxgalteriya hisobi maqsadlarida chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarni so‘mga hisoblab 
o‘tkazish sanalari 
Chet el valyutasidagi operatsiyalar 
Uning sodir etilish sanasi bo‘lib quyidagi sana
hisoblanadi 
Valyuta 
schetlari 
bo‘yicha 
bank 
operatsiyalari 
pul mablag‘larining valyuta hisob raqamidan hisobdan 
chiqarilish sanasi 
Chet el valyutasidagi daromadlar 
chet el valyutasidagi daromadlarning tan olinish sanasi 
Chet el valyutasidagi xarajatlar 
chet el valyutasidagi xarajatlarning tan olinish sanasi 
Tovar moddiy zahiralarning, o‘zga 
to‘ldirish sanasi 
Mol-mulk importi 
bojhona yuk deklaratsiyasini 


Xodimlardan 
hisobdor 
summalar 
tasdiqlash bo‘yicha chet el valyutasidagi
qarzning aks ettirilishi 
bo‘nak hisobotini topshirish sanasi 
Chet 
el 
valyutasidagi 
qarzlarning 
so‘ndirilishi 
chet el valyutasidagi qarzning so‘ndirilish sanasi 
Ustav kapitaliga qo‘yilmalar bo‘yicha 
ta’sischilar qarzining hosil bo‘lishi 
yuridik shaxs maqomini olish sanasi 
Ustav kapitalini shakllantirish 
ta’sischilar qo‘yilmalarining ustav kapitaliga kirim 
qilinish sanasi
Xizmatlar importi 
Bajarilgan ishlar dalolatnomasini va xo‘jalik 
operatsiyasining sodir etilishi faktini tastiqlovchi 
boshqa boshlang‘ich hujjatlarni tuzish 
Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasiga muvofiq O‘zbekiston 
hududida yuridik shahslar tomonidan chet el valyutasini sotib olish va sotish vakolatli banklar orqali, 
jismoniy shaxslar tomonidan bo‘lsa-vakolatli banklar, ularning filiallari va valyuta almashtirish 
punktlari orqali amalga oshiriladi. Chet el valyutasini sotib olish va sotish Markaziy bankning sotib 
olish yoki sotish kunida amal qilgan kursi bo‘yicha aks ettiriladi. Bunda yuzaga keladigan kurs farqi 
moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar (qilingan xarajatlar) sifatida xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektning moliyaviy natijalariga kiritiladi. 
9540-“Valyuta kursidan olingan daromadlar” schetning krediti –Markaziy bank kursi 
bo‘yicha xarid qilingan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalent qiymati bilan xarid kunida valyuta 
bozorida amal qilgan bitim xarid qilingan chet el valyutasining so‘mdagi ekvivalent qiymati 
o‘rtasidagi tafovut summasiga. 
Fuqarolik kodeksining 245-moddasiga muvofiq pul majburiyatida uning chet el valyutasidagi 
mahlum bir summaga yoki shartli pul birliklari (ekyu, “qarz olish maxsus huquqlari” va boshqalar) 
so‘mda to‘lanishi lozimligi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda so‘mlar bilan 
to‘lanishi lozim bo‘lgan summa tegishli valyutaning yoki shartli pul birliklarining to‘lov kunidagi 
rasmiy kursi bo‘yicha belgilanadi basharti uni belgilashning boshqacha kursi yoki boshqa sanasi 
qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvda belgidab qo‘yilgan bo‘lmasa. 
O‘zbekiston Respublikasi xududida majburiyatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish 
chog‘ida chet el valyutasidan, shuningdek chet el valyutasidagi to‘lov hujjatlaridan foydalanishga 
qonun hujjatlarida belgilangan hollar, tartib va shartlar asosida yo‘l ko‘yiladi. 
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga doir narxlar (tariflar) ni chet el valyutasiga ekvivalentda 
belgilaydigan, to‘lovni esa milliy valyutada- so‘mda oladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar Markaziy 
bank kursining mahsulot (ishlar hizmatlar)ning sotilishi sanasidan boshlab to‘lovning kelib tushishi 
sanasigacha bo‘lgan davr ichida o‘zgarishi munosabati bilan yuzaga keluvchi musbat kurs farqini 
9540- “Valyuta kursidagi farqlardan olingan daromadlar” schetida, manfiy kurs farqini esa – 9620- 
“Valyuta kursidagi farqlardan ko‘rilgan zararlar” schetida yuritadilar. 
Korxonalar buxgalteriya balansi valyuta moddalariningqayta baholash oqibatida hosil 
bo‘luvchi kurs farqlarini hisobga olish. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisobot oyining so‘ngi kuniga 
bo‘lgan va Markaziy bank kursi bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirish sanasiga 
balansining valyuta moddalarini qayta baholashni har oyda amalga oshiradilar. Qayta baholash va 
kurs farqini aniqlash maqsadida balansning valyuta moddalariga quyidagilar kiradi: 
kassadagi, bankdagi depozit va ssudalar schetlaridagi, shu jumladan, akkreditivlardagi valyuta 
mablag‘lari; 
− chet el valyutasidagi pul hujatlari; 
− chet el valyutasida ifodalangan qisqa muddatli va uzoq muddatli qimmatli qog‘ozlar; 
− chet el valyutasida ifodalangan debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va qarzlar. 
− Quyidagilar qayta baholanmaydi: 
− xo‘jalik yurituvchi sub’ektning chet el valyutasiga xarid qilingan asosiy vositalar, nomoddiy 
aktivlari, o‘rnatiladigan uskunasi, kapital qo‘yilmalari, tovar-moddiy zahiralari; 


− xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitali va ta’sischilarning (ahzolarining) ulushlari bunga 
chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar ham kiradi. 
Agar operatsiyani amalga oshirish sanasidan boshlab mazkur operatsiya bo‘yicha uzil-kesil hisob-
kitob qilish sanasida amal qilgan kurs bo‘yicha(1.3.4.–chizma) aks ettirilishi mumkin.
–chizma 
Hisobot davri 
Hisobot davri 
Operatsiyani amalga oshirish sanasi 
Operatsiya bo‘yicha hisob-kitob qilish sanasi 
Modda mazkur kurs bo‘yicha aks ettiriladi 
Hisob-kitob hisob-kitob qilish kuniga 
bo‘lgan kurs bo‘yicha amalga oshiriladi 
(kurs farqi mavjud emas) 
(kurs farqi aks ettiriladi) 
Agar operatsiyani amalga oshirish sanasida u bo‘yicha uzul-kesil hisob-kitob qilish 
sanasigacha bo‘lgan davr ikki va undan ortiq oy yoki hisobot davrlari o‘rtasiga to‘g‘ri kelsa, 
balansning valyuta moddalarini har oylik qayta baholash yoki hisobot davri oxirida qayta baxolash 
chog‘idagi kurs farqi har bir oyning (hisobot davrining) oxirida mavjud bo‘lgan kurs bo‘yicha aks 
ettirilishi mumkin, shuningdek yuqorida ko‘rsatilganoperatsiya bo‘yicha uzil-kesil hisob-kitob qilish 
sanasidagi kurs farqi hosil qilishi mumkin (____-chizma) 
-chizma 
Hisobot davri
Keyingi hisobot davri 
Operatsiyani
amalga 
oshirish
sanasi
Oy 
(hisobot
davri) oxiri 
Operatsiya 
bo‘yicha 
hisob-kitob qilish sanasi 
Modda 
mazkur 
kurs 
bo‘yicha aks ettiriladi (kurs 
farqi mavjud emas) 
Modda davr oxiriga
bo‘lgan kurs bo‘yicha 
aks 
ettiriladi
(kurs farqi aks ettiriladi) 
Hisob-kitob hisob-kitob 
kuniga 
bo‘lgan 
kurs 
bo‘yicha 
amalga 
oshiriladi
(kurs farqi aks ettiriladi) 
Hosil bo‘lgan kurs farqi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning xohishiga qarab bevosita kiritish yo‘li 
(keyingi o‘rinlarda-bevosita kiritish usuli) bilan yoki jamlash yo‘li (keyingi o‘rinlarda-jamlash usuli) 
bilan moliyaviy natijalarga hisobdan chiqariladi. 
Balansning valyuta moddalarini har oyda qayta baholash natijasida hosil bo‘lgan kurs farqi 
bevosita kiritish usulidan foydalanishi chog‘ida moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga hisobdan 
chiqariladi va buxgalteriya hisobi schetlarida quyidagicha aks ettiriladi: 
— 
musbat kurs farqi-9540-“Valyuta kursidagi farqlardan olingan daromadlar” schetining 
krediti bo‘yicha; 
— 
manfiy kurs farqi-9620- “Valyuta kursidagi farqlardan ko‘rilgan zararlar” schetining 
debeti bo‘yicha. 
Balans valyuta moddalarining har oylik qayta baholanishi natijasida hosil bo‘lgan kurs farqi 
yuzaga kelishi vaqtida jamlash usulidan foydalanishi chog‘ida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning 
moliyaviy natijalariga kiritilmaydi va buxgalteriya hisobida quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi: 
— 
musbat kurs farqi-6230-“Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schetining krediti 
bo‘yicha –ularning joriy qismi va (yoki) 7230-“Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” 
schetining krediti bo‘yicha –ularning uzoq muddatli qismi ; 


— 
manfiy kurs farqi-3290-“Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schetining debeti bo‘yicha-
ularning uzoq muddatli qismi va (yoki) 0990- “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” 
schetining debeti bo‘yicha–ularning uzoq muddatli qismi.
Jamlash usulidan foydalanish nitijasida jamlangan kurs farqi quyidagi tartibda moliyaviy – 
xo‘jalik faoliyat natijalariga kiritiladi: 
— 
chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha-ularning so‘ndirilishi 
(yoki hisobdan chiqarilishi) ga qarab; 
— 
qolgan xollarda-balansning tegtshli valyuta moddalari bilan xo‘jalik operatsiyalarini 
amalga oshirishga qarab. 
Kurs farqidan ko‘rilgan uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar va xarajatlar joriy qismining 
o‘tkazilishi buxgalteriya hisobida quyidagi tarzda aks ettiriladi: 
Musbat kurs farqi bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar joriy qismining 
o‘tkazilishi chog‘ida: 
7230-“Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” schetining debeti; 
6230-“Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schetining krediti; 
manfiy kurs farqi bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar joriy qismining o‘tkazilishi 
chog‘ida: 
3290-“Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schetining debeti; 
0990- “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” schetining krediti. 
Jamlangan kurs farqining chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‘yicha 
moliya xo‘jalik faoliyati natijalariga kiritilishi-ularning so‘ndirilishi(yoki hisobdan chiqarilishiga) 
qarab, qolgan hollarda balansning tegishli valyuta mlddalari bilan xo‘jalik operatsiyalarini amalga 
oshirishga qarab buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi: 
a) Musbat kurs farqi: 
6230 – “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schetining debeti 
9540 – “Valyuta kursidagi farqlardan olingan daromadlar” schetining krediti 
b) manfiy kurs farqi 
9620 – “Valyuta kursidagi farqlardan ko‘rilgan zararlar” schetining debeti; 
3290 – “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” schetining krediti 
Kurs farqining buxgalteriya hisobini yuritishni soddalashtirish maqsadida tegishlicha 
kechiktirilgan daromalning va xarajatlarni hisobga olish hisobvaraqlarida hisobga olingan musbat va 
manfiy kurslar farqining hisobdan chiqarilishi amalga oshiriladigan hisobot oyi oxirida chet el 
valyutasining bir birligiga to‘ladigan kurs farqining o‘rtacha hajmi bo‘yicha hisobdan chiqarilishiga 
ruxsat etiladi, u ___–jalvalda keltirilgan. 
-jadval 
Kurs farqining o‘rtacha hajmi bo‘yicha hisobdan chiqarilishi 
Balansning 
valyuta 
moddalari 
nomi 
AQSh 
dollari 
Milliy 
valyutadagi 
summa 
(so‘mlarda) 
Balansning 
valyuta 
moddalarini har oylik qayta 
baholash natijalari bo‘yicha 
to‘plangan (so‘mlarda) 
MB kursi 
1$ q 1020 
so‘m
MB kursi 
1$ q 1020 
so‘m
MB kursi 
1$ q 1020 
so‘m
Manfiy farq 
6230-“Boshqa 
kechiktirilgan
daromadlar” 
hisobvarag‘i 
krediti 
bo‘yicha
Masbat farq 
3290-“Boshqa 
kechiktirilgan 
xarajatlar” 
hisobvarag‘i 
bo‘yicha 
Valyuta 
mablag‘lari 
250 
255000 
260000 
262500 
50000(26000
0-255000) 
2500(262500-
260000) 


Debitorlik 
qarzi 
750 
765000 
780000 
787500 
15000(78000
0-765000) 
7500(787500-
780000) 
Kreditorlik 
qarzi 
1250 
1275000 
1300000 
1312500 
25000(13000
00-1275000) 
12500(13125
00-1300000) 
Jami 
30000 
37500 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling