Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
mollari nasli (bolalari)ni kirim ¢ilish dalolatnomasi (95-shakl) asos buladi. Bu hujjat ferma mudiri,
zootexnik va veterinariya vrachi ishtirokida, nasl olingan kuni, ikki nusxada tuziladi. Dalolatnomada nasl bergan molning kimga biriktirilganligi, laqabi va raqami, tugilgan naslning soni va vazni, jinsi, berilgan raqami, ajralib turadigan belgilari (rangi, belgilari, o‘lchami va hokazo) ko‘rsatiladi. Dalolatnoma bolalagan hayvonlar har bir turi uchun alohida to‘lgaziladi. To‘lg‘azilgan dalolatnomalar belgilangan muddatlarda buxgalteriyaga topshiriladi. Ixtisoslashtirilgan chorvachilik xo‘jaliklarida chorva mollaridan olingan nasllarni kirim qilish uchun chorva mollari naslini kirim ¢ilish jamg‘arma dalolatnomasi (96-shakl) tuzilib, unda har bir uyada (tug‘ilgan joyida) topilgan (tirik va nobud bo‘lgan) hayvon bolalari qayd etib boriladi. Yosh mollar boshqa tashkilotlardan sotib olinganda, agar yosh mollar nasldor bo‘lsa nasldorlik guvohnomasi ilova qilingan holda schyot-fakturaga asosan qabul qilinadi. Yosh chorva mollarini bir guruhdan boshqasiga yoki asosiy podaga o‘tkazish chorva mollarini guruhdan-guruhga o‘tkazish dalolatnomasi (97-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnomani zootexnik yoki ferma mudiri tomonidan chorva mollarini guruhdan-guruhga o‘tkazadigan kuni, chorva mollari va parrandalarni topshiruvchi hamda qabul qiluvchi xodimlar ishtirokida tuziladi. Dalolatnomalar chorva mollari va parrandalar harakatini hisobga olish daftarida hisobga olish va chorva mollarini parvarishlovchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash, hamda chorva mollari xarakatini buxgalteriya hisobi registrlarida aks ettirish uchun foydalaniladi. Keyinchalik sotish uchun aholidan mollarni qabul qilib olishda xo‘jalik tomonidan keyinchalik sotish sotish uchun a¦olidan ¢abul ¢ilib olingan mollarni ¢abul ¢ilish-¦isoblashish vedomosti (95-a shakl) tuziladi. Vedomost xo‘jalikda ikki nusxada tuzilib, xo‘jaligi qabul qilib olgan chorva molini tayyorlov-tashkilotiga topshirayotganda qo‘shib taqdim etadi. Vedomostning bir nusxasi tayyorlov tashkilotida (go‘sht kombinatida) qoladi va aholidan qabul qilib olingan chorva mollari uchun xo‘jalikka tegishli summani o‘tkazishda asos bo‘lib xizmat kiladi. Ikkinchi nusxasi chorva molining tirik vazni va semizligi hamda har bir topshiruvchiga tegishli summa ko‘rsatilib, mol topshiruvchilar bilan hisoblashish uchun xo‘jalikka qaytariladi. Yosh va boquvdagi mollarni tayyorlov tashkilotlariga yoki boshqa xaridorlarga jo‘natishda chorva mollari va parrandalarni jo‘natish-qabul qilish tovar-transport yuk xati (1 q.x chorva shakli) to‘lgaziladi. U xo‘jaliklardan jo‘natilayotgan hayvon va parrandalarning har bir guruhi uchun yoziladi. Yuk xatida jo‘natilayotgan mollar to‘g‘risida asosiy mahlumotlar: mollar bosh soni, tirik vazni, qaerga jo‘natilayotgani, qabul qiluvchi, jo‘natuvchi, xujjatni kompyuterda ishlash uchun xos raqami (kod) qayd etiladi. Yuk xatining orqa tomonida transport mahlumotlari beriladi, unda mollarni avtomobil transportida tashish haqidagi asosiy rekvizitlar ko‘rsatiladi. Mollar suv transporti, ot-ulov yordamida tashilganda yoki poda holida haydab olib borilganda yuk xatlar orqasidagi transport mahlumotlari to‘ldirilmaydi. Mollar avtomobil transportida tashilganda tovar-transport yuk xati to‘rt nusxada to‘lgaziladi. Birinchi nusxasi avtomobil haydovchisining tilxati bilan birga fermada qoldiriladi. Qolgan uch nusxasi haydovchiga topshiriladi. Uning ikkinchi nusxasi mollarni qabul qilib oluvchiga beriladi. Uchinchi va to‘rtinchi nusxalari mol qabul qilib olinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgach, xo‘jalik buxgalteriyasiga topshiriladi (bittasi haydovchi yo‘l varaqasi bilan birga avtotranport buxgalteriga, boshqasi chorva buxgalteriga). Chorva mollari temir yo‘l orqali jo‘natilganda kuzatuv temir yo‘l daftari (99-a shakl) yuritiladi. Yosh chorva mollari parrandalar va boquvdagi mollarning harom o‘lishi, so‘yish va yaroqsizga chiqarilishi, korxona rahbari tomonidan tayinlangan komissiyaning chorva mollari va Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling