Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

parrandalarni ¦isobdan chi¢arish dalolatnomasi (100-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Chorva mollari 
harom o‘lishi yoki majburan so‘yilishi natijasida hisobdan chiqarilganda dalolatnomada sabai 
ko‘rsatiladi. Dalolatnoma harom o‘lgan yoki so‘yilgan kunda tuziladi va tasdiqlatish korxona 
rahbariga taqdim etiladi. Dalolatnoma tasdiqlangandan so‘ng buxgalteriyaga o‘tkazilib, u yerda 
chorva mollari va parrandalar hisobini yuritish uchun ishlatiladi. 
So‘yish, majburiy so‘yish va harom o‘lish natijasidan olingan mahsulotlar (go‘sht, teri, shox, 
qo‘shimcha mahsulotlar) nakladnoy asosida xo‘jalik omborxonasiga topshirilib, qabul qilib olgan 
omborxona mudirining tilxati bilan chorva mollari va parrandalarni hisobdan chiqarish 
dalolatnomasiga ilova qilinadi. 
Chorva mollari xo‘jalikdan uzoqdagi yaylovlarda haydab boqilganda, ularning hisobi 
podachi-cho‘pon, yil¢ichi daftarida (101-shakl) yuritiladi. 
Fermedagi chorva mollari, parrandalar va boquvdagi mollar bosh soni hisobini ferma mudiri 
chorva mollari va parrandalarining harakatini hisobga olish daftarida (34-shakl) yuritadi. Daftarda 
hayvon va parrandalarning bosh soni ham tirik vazni ham hisob guruhlari bo‘yicha yuritiladi. 
Shuningdek, qo‘shilgan tirik vazni ham shu daftarda hisobga olinadi. 
Ferma mudiri yoki zootexnik har oyning oxirida chorva mollari va parrandalar harakatini 
hisobga olish daftarining mahlumotlari asosida fermadagi chorva mollari va parrandalarning 
¦arakati to‘g‘risida ¦isobot (102-shakl) tuzadi. Hisobotda chorva mollari va parrandalarning hisob 
guruhlari bo‘yicha bosh soni va tirik vazni oy boshiga qoldigi, hisobot oyi davomidagi kirimi va 
chiqimi, hamda oy oxiriga qoldigi ko‘rsatiladi. Chorva mollarining har bir hisob guruhi bo‘yicha 
ozuqa-kunlar soni ham shu hisobotda ko‘rsatiladi. Chorva mollari va parrandalarning fermadagi 
harakati haqidagi hisobot oy oxirida unga ilova qilingan barcha dastlabki hujjatlar bilan birga xo‘jalik 
buxgalteriyasiga topshiriladi. 
Ixtisoslashtirilgan qorako‘lchilik xo‘jaliklarda qo‘zilagan sovliqlar va ulardan olingan 
qo‘zilar, abort qilingan sovliqlar va ulardan olingan chala tushgan qo‘zilar, hamda harom o‘lgan va 
majburan so‘yilgan sovliqlarning qornidan yorib olingan qo‘zisini hamda uning terisini hisobga olish 
uchun ¢o‘ylarni ¢o‘zilatishning borishi to‘g‘risidagi dalolatnoma (№103-shakl) qo‘llaniladi.
Tirik, o‘lgan va o‘lik tug‘ilgan qo‘zilarni qushxonaga jo‘natish uchun yo‘llanma-yukxatlar 
(№104-shakl) uch nusxada to‘lg‘aziladi. 
Ixtisoslashtirilgan parrandachilik xo‘jaliklarida chiqarilgan jo‘jalar jo‘ja chi¢arish va bir 
sutkalik jo‘jalarni saralash dalolatnomasiga asosan qabul qilinadi. Dalolatnomada inkubatsiyaga 


qo‘yilgan tuxumlardan jo‘ja chiqarish foizi va sifati ko‘rsatiladi. Dalolatnoma chiqarilgan jo‘jalarni
kirimga olish va parrandalarning harakatini hisobga olish uchun ishlatiladi. Jo‘jalarni ikkinchi
uchinchi hisob guruhlariga va tuxum qo‘yadigan tovuqlar guruhiga o‘tkazish chorva mollarini 
guruhdan-guruhga o‘tkazish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Inkubatsiya tsexidan 
parvarishlash tsexiga o‘tkazilgan sutkalik jo‘jalar yosh parrandalarning ¦arakatini ¦isobga olish 
kartochkasi(№107-shakl) hisobga olinadi. 
Ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarda 150(180) kunlik parrandalar katta yoshdagi parrandalarning 
¦arakatini ¦isobga olish kartochkalarida (№108-shakl) hisobga olinadi. 
O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarini hisobga olish uchun 1110-«O‘stiruvdagi 
chorva mollari» va 1120-«Boquvdagi chorva mollari» schyotlari mo‘ljallangan. Bu schyotlar 
balansga nisbatan aktiv bo‘lib, debetida yosh chorva mollari va bo‘rdoqiga boqilayotgan mollar, 
hayvonlar, quyonlar va asalarilarning hisobot davri boshiga qodigi, ularning hisobot davri 
mobayonidagi kirimi, shuningdek, yosh mollar va bo‘rdoqiga boqilayotgan mollarning qo‘shilgan 
vazni va o‘sishining qayta baholanishi aks ettiriladi. Bu schyotlar kreditida esa yosh mollarning 
asosiy podaga o‘tkazilishi va brshqa sabablargi (sotish, so‘yish va h.k.) ko‘ra xo‘jalikdan chiqarilishi 
natijasida kamayishi hisobga olinadi. O‘stirilayotgan yosh chorva mollarining bir guruhdan 
ikkinchisiga o‘tkazilishi ushbu 1110-schyot ichida, yahni uning debet va kreditida aks ettiriladi. 
Tug‘ilgan hayvon bolalari 1110-«O‘stirishdagi chorva mollari» schyotining debetiga, barcha 
turdagi mahsuldor mollardan oliganda - 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti, ishchi hayvonlardan 
olinganda – 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» schyoti tegishli analitik schyotlarining kreditida aks 
ettiriladi. Asosiy podadan yaroqsizga chiqarib, boquvga qo‘yilgan chorva mollari 1120-«Boquvdagi 
chorva mollari» schyotining debetida va 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyotining 
kreditida aks ettiriladi. 
Sotib olingan chorva mollarini kirimga olinishi 1110-schyotning debeti va 6010-«Mol 
yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyotining kreditida aks ettiriladi. 
Yosh chorva mollari boqish natijasida yosh hisob guruhlaridan kattasiga yoki asosiy podaga 
o‘tkazilashi, sotilishi yoki so‘yilishi mumkin. Bunda 1110-schyot kreditlanadi va quyidagi schyotlar 
debetlanadi: 1110-«O‘stirishdagi chorva mollari» - yosh chorva mollari kichik yoshdagi guruhdan 
kattasiga o‘tkazilganda; 0840-«Asosiy podani tashkil qlishi» - yosh chorva mollari asosiy podaga 
o‘tkazilganda; 9110-«Sotilgan mahsulotlar tannarxi» –boquvdagi chorva mollari chetga sotilganda. 
Harom o‘lgan yoki majburan so‘yilgan chorva mollarining qiymati (tabiiy ofat va epizotiya 
tufayli o‘lganlardan tashqari) moddiy boyliklar buzilishi kabi hisobdan o‘chiriladi. Ularning haqiqiy 
qiymatiga (agar moddiy javobgar shaxslar mahlum bo‘lsa) 1110-«O‘stirishdagi yosh chorva mollari» 
yoki 1120-«Boquvdagi chorva mollari» schyotlari kreditlanib, 4630-«Moddiy zararni qoplash 
bo‘yicha xodimlarning qarzlari» schyoti debetlanadi. O‘lgan va majburan so‘yilgan chorva 
mollaridan olingan teri, shox, tuyoq, texnik yog‘ va shu kabi qo‘shimcha mahsulotlar foydalanilish 
yoki sotilishi mumkin bo‘lgan narxlarda 1090-«Boshqa materiallari»- schyoti debeti, chorva 
mollarini boqish xarajatlari hisobga olinadigan schyotlar (2010, 2310) kreditida aks ettiriladi. 
Agar moddiy javobgar shaxslar mahlum bo‘lmasa yoki undirib olish imkoni bo‘lmasa, o‘lgan 
va majburan so‘yilgan yosh chorva mollarining qiymati tegishli tarzda 1110-«O‘stirishdagi chorva 
mollari»-schyoti yoki 1120-«Boquvdagi chorva mollari»-schyotining kreditidan 2010-«Asosiy ishlab 
chiqarish» schyoti debetiga o‘tkaziladi.
O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari epizotiyaga yoki tabiiy ofat natijasida o‘lsa yoki 
noilojlikdan so‘yilsa, ularning qiymati tegishli tarzda 1110-«O‘stirilayotgan chorva mollari» schyoti 
yoki 1120-«Boquvdagi chorva mollari» schyotining kreditidan bevosita 9720-«Favqulodda zaralar» 
schyotining debetiga olib boriladi. Agar chorva mollari sug‘urta qilingan bo‘lsa, sug‘urta hodisasilari 
bo‘yicha ko‘rilgan tolafatlar summasi 1110 yoki 1120 schyotlar kreditidan 6510-«Mulkiy va shaxsiy 
sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar» schyotining debetiga yoziladi. 
Yil oxirida yosh chorva mollari, parrandalar va boquvdagi mollar haqiqiy tannarxi 
hisoblanganidan so‘ng reja tannarx bilan taqqoslanib, reja va haqiqiy tannarx o‘rtasidagi tafovut 
aniqlanadi. So‘ngra tannarx tegishli tarzda 1110 va 1120 schyotlar debetidga, 2010-«Asosiy ishlab 
chiqarish» schyoti kreditidan qushimcha o‘tkazish yo‘li bilan (agar haqiqiy tannarx reja tannarxdan


oshib ketsa) yoki storno qilinadi (agar haqiqiy tannarx reja tannarxdan past bo‘lsa, yahni arzon 
bo‘lsa). Shundan so‘ng ushbu farqlar 1110 va 1120-schyotlar kreditidan o‘stirilayotgan va boquvdagi 
chorva mollarini yil davomida o‘chirish bo‘yicha muomalalar aks ettirilgan schyotlar (0840, 9110, 
9220, va 9720) debetiga o‘tkaziladi. Haqiqiy va reja tannarx o‘rtasidagi tafovutning qolgan qismi 
1110 va 1120-schyotlarning debet tomonida qoladi. O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarining 
analitik hisobi xo‘jalikda mavjud chorva mollarining saqlash joylari, turlari, yoshi va jinsi bo‘yicha 
guruhlari hamda o‘stirish va bo‘rdoqiga boqish xarajatlarini hisobga olish uchun belgilangan boshqa 
usullar bilan yuritiladi. 
Masalan «yosh chorva mollar» guruhi: 
1. 
Yirik shoxli mollar: ikki yoshdan oshgan buzoqlar; ikki yoshgacha bo‘lgan buzoqlar 
(tug‘ilgan yillari bo‘yicha), buzoqchalar (tug‘ilgan yillari bo‘yicha); embrion olish uchun 
mo‘ljallangan donor-hayvonlar; sotish uchun mo‘ljallangan bir marta tuqqan sigirlar. 
2. 
Cho‘chqalar: sinovdagi urg‘ochi cho‘chqalar; ikki oygacha bo‘lgan cho‘chqa bolalari; ikki 
oydan to‘rt oygacha bo‘lgan cho‘chqa bolalari; to‘rt oylikdan katta tug‘adigan cho‘chqa bolalari, 
boquvdagi cho‘chqalar (to‘rt oylikdan kata). 
3. 
Qo‘y va echkilar: o‘tgan yili tug‘ilgan qo‘y va echki bolalari va hali tug‘magan urg‘ochi 
qo‘y (asosiy podaga o‘tkazilmagan); joriy yilda tug‘ilgan (onasidan ajratib olingan) qo‘zi yoki echki 
bolalari. Har bir guruhi bo‘yicha junining turlariga qarab hisobga olinadi: mayin junli, yarim mayin 
junli, yarim dag‘al junli, dag‘al junli. 
4. 
Otlar va boshqa ishchi hayvonlar (tug‘ilgan yillari va jinsi bo‘yicha) qulunlar, bo‘taloqlar, 
xo‘tiklar. Zotli mollarning bolalari zoti bo‘yicha ham hisobga olinadi.
1120-«Boquvdagi chorva mollari» schyotida asosiy podaga yaylovga va boquvga o‘tkazilgan 
katta yoshdagi mollar hisobga olinadi. Analitik schyotlar quyidagi mol turlari bo‘yicha ochiladi: 
boquvga yoki yaylovga o‘tkazilgan yirik shoxli qoramollar; boquvdagi cho‘chqalar; boquvda yoki 
yaylovdagi qo‘y va echkilar. 
Parrandachilikda analitik schyotlar quyidagi hisob guruhlari bo‘yicha ochiladi: 
1. Tuxumchilik yo‘nalishidagi tovuqlar: jo‘jalar, tuxum beradigan tovuqlar, sanoat asosidagi 
tuxum beradigan tovuqlar, voyaga yetgan jo‘jalar. 
2. O‘rdaklar: jo‘jalari, kattalari. 
3. G‘ozlar: jo‘jalari, kattalari. 
4. Kurkalar: jo‘jalari, kattalari. 
Maxsus naslchilik korxonalarida, parrandachilik fabrikalarida, sanoat asosida chorvachilik 
mahsulotlari yetishtiradigan majmuilarda hayvon va parrandalar yoshi va texnologik guruhi bo‘yicha 
hisobga olinadi. 
Yovvoyi hayvonlar bo‘yicha barcha turdagi muynali hayvonlar tugilgan yillari bo‘yicha
hisobga olinadi. 
Quyonchilikda barcha turdagi quyonlar zotlari bo‘yicha hisobga olinadi. 
Asalarichilikdla asalarilar kuzda inventarizatsiya qilinib aniqlangan, asalari uyalari bo‘yicha 
hisobga olinadi. Analitik hisob asalari xo‘jaligi bo‘yicha umumiy yuritiladi. 
O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarining mavjudligi va harakati №14-ASK jurnal-
order, 73-ASK, 75-ASK vedomostlarda hisobga olinadi. 
73-ASK vedomostda yosh mollar, parrandalar, quyonlar, yovvoyi hayvonlar, asalari oilalari 
va boshqa chorva mollarining hisobot oyi boshiga va oxiriga mavjud qoldigi va ularning turlari, 
yosh-jinsi bo‘yicha guruhlari, joylari va moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha tegishli hisobot davri 
ichidagi harakatlari aks ettiriladi. Bu vedomost fermadagi hayvon va parrandalarning harakati 
haqidagi hisobot (102-shakl) mahlumotlari asosida to‘lgazilib, bu shakl bo‘yicha tuziladigan yig‘ma 
hisobot vazifasini ham bajaradi. Hisobotda yozuvlar hisobot oyi uchun va o‘sib borish tartibida ikki 
variantda yuritiladi. 
Vedomostning birinchi varianti bir xildagi chorva mollari guruhlari bir qancha fermalarda va 
har xil moddiy javobgar shaxslar qaramogida bo‘lganda yuritiladi. A-grafasida – mollarning hisob 
shifri, B-grafasida – chorva mollarining turlari va yosh-jinsi bo‘yicha guruhlari har bir ferma va 


moddiy javobgar shaxs bo‘yicha alohida, V-grafada – ferma raqami va G-grafasida – moddiy 
javobgar shaxsning hisob raqami ko‘rsatiladi. 
Shartnomaga asosan o‘stirish uchun fuqarolarga berilgan mollarning analitik hisobi №75-
ASK vedomostda yuritiladi.

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling