Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Asosiy vositalarning turkumlanishi va ularni baholash
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
9.2. Asosiy vositalarning turkumlanishi va ularni baholash. Asosiy vositalar kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etish xususiyatiga ko‘ra ishlab chi¢arish va noishlab chi¢arish asosiy vositalariga bo‘linadi. Ishlab chiqarish asosiy vositalari o‘z navbatida qishloq xo‘jalik va noqishloq xo‘jalikka mo‘ljallangan ishlab chiqarish asosiy vositalariga bo‘linadi. Qishloq xo‘jalik tarmog‘ida dehqonchilikka, chorvachilikka taalluqli ishlab chiqarish asosiy vositalari hamda umumiy ishlarga mo‘ljallangan vositalarga ajratiladi. Noqishloq xo‘jalik ishlab chiqarish asosiy vositalari noqishloq xo‘jalik tavsifidagi tarmoqlar – sanoat ishlab chiqarishlari, qurilishlar bo‘yicha turkumlanadi. Noishlab chiqarish asosiy vositalariga umumiy ovqatlanish va savdo, uy-joy kommunal xo‘jaligida, maishiy xizmat sohasida, sog‘liqni saqlashda, maorif va hokazolarda foydalaniladigan asosiy vositalar kiradi. Asosiy vositalarni iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlash maqsadli mo‘ljalga hamda ushbu vositalar ishtirokida ishlab chiqariladigan mahsulot va ko‘rsatiladigan xizmatlarga qarab amalga oshiriladi. Natural-ashyoviy belgilariga ko‘ra asosiy vositalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: I. Yer. II. Yerni obodonlashtirish. III. Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish. IV. Binolar (sigirxonalar, tovuqxonalar, cho‘chqaxonalar, g‘allaxonalar, idora binolari, yoqilg‘i omborlari, garajlar va hokazolar). V. Inshootlar (silos minoralari, issiqxonalar, sugorish shahobchalari, go‘ngxonalar, hayvonlar uchun qafaslar va hokazolar). VI. Uzatish moslamalari (suv taqsimlash shahobchalari, radio eshittirish, telefon shahobchasi va hokazolar). VII. Mashina va uskunalar, shu jumladan: kuch uzatuvchi mashinalar va uskunalar (traktorlar, o‘ziyurar mashinalar, elektr dvigatellari va hokazolar); ish mashinalari va uskunalar (erga ishlov berish mashinalari va qurollari, sepish va ekish mashinalari, o‘rim-yig‘im mashinalari, don yanchish mashinalari, sog‘ish qurilmalari, somon qirqish mashinalari va hokazo); o‘lchash va tartibga solish asboblari, qurilmalar va laboratoriya uskunalari (agrozooveterinariya xonalarining asboblari va laboratoriya uskunasi, avtomobil torozilari, mikroskoplar va hokazolar); hisoblash texnikasi (hisoblash mashinalari) va boshqalar, boshqa mashinalar va uskunalar (o‘t o‘chirish mashinalari, telefon stantsiyalari, radio eshittirish uzellari va boshqalar). VIII. Mebel va ofis jihozlari. IX. Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi. X. Transport vositalari (yuk va yengil avtomobillar, avtobuslar, avtopritseplar, ot-arava transporti, suv transporti va hokazolar). XI. Ish hayvonlari (otlar, ho‘kizlar, eshaklar, tuyalar va hokazo). XII. Mahsuldor hayvonlar (sigir, buqalar, urg‘ochi cho‘chqalar, erkak cho‘chqalar, sovliqlar, qo‘chqorlar). XIII. Dastgohlar (elektrparmalagichlar, iskanalar va boshqalar). XIV. Ishlab chiqarish inventari va buyumlari (baklar, katta don qutilari, dastgohlar, flyagalar, bidonlar va boshqalar). XV. Xo‘jalik inventari (idora jihozlari, yozuv mashinkalari, divanlar, gilamlar va hokazo). XVI. Ko‘p yillik o‘simliklar (mevali daraxtlar, ihotazorlar va boshqalar). XVII. Boshqa asosiy vositalar (kutubxona fondlari, inventarlari va hokazo). XVIII. Konservatsiya qilingan asosiy vositalar XIX. Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing)ga olingan asosiy vositalar. Asosiy vositalar butun ishlatilish davri davomida dastlabki ¢iymati ularning eskirishi alohida hisoblangan holda hisobga olinadi. Asosiy vositalarning dastlabki qiymati deyilganda ularni barpo qilish, qurish (loyiha smeta hujjatlarini qo‘shgan holda) yoki sotib olish bahosini (tashib keltirish va o‘rnatish xarajatlarini qo‘shib) tushuniladi. Dastlabki qiymatidan tashqari asosiy vositalarning ¢oldi¢ va ¢ayta tiklash ¢iymati ham mavjud. Asosiy vositalarning ayni paytdagi ¢oldi¢ ¢iymati dastlabki qiymat va ushbu asosiy vositalarning xuddi shu paytgacha bo‘lgan eskirish summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Qayta tiklash (ayni paytdagi) qiymati deyilganda sotib olingan va qurilgan inventar obektning ayni paytdagi amal qilib turgan baholardan kelib chiqadigan qiymati tushuniladi. Buxgalteriya hisobida asosiy vositalarning ¢ayta tiklanish qiymati asosiy vositalarni qayta baholash paytidagina aks ettiriladi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling