Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Asosiy vositalar harakatini dastlabki hujjatlashtirish, inventar, analitik va sintetik hisobi
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
9.3. Asosiy vositalar harakatini dastlabki hujjatlashtirish, inventar, analitik va sintetik hisobi.
Asosiy vositalarning kelib tushishi va xo‘jalik ichida siljishi quyidagi dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi: Qurib bitkazilgan bino va inshootlar, aholi yashaydigan uylar va madaniy-maishiy binolarni qabul qilish asosiy vositalarni ¢abul-¢ilish-topshirish dalolatnomasi(52-shakl)ga asosan amalga oshiriladi. Dalolatnoma qishloq xo‘jalik korxonasi rahbarining buyrug‘i (agrofirmasi boshqaruvining farmoyishi)ga binoan tayinlangan komissiya tomonidan tuzilib, unda qabul qilingan obektning qisqacha tavsifi, texnik talablarga muvofiqligi va dastlabki sinovlarning natijalari ko‘rsatiladi. Ayrim chala qolgan ishlar aniqlansa, ularni bartaraf etish muddatlari belgilanadi. Dalolatnoma xo‘jalik rahbari tomonidan tasdiqlanadi va buxgalteriyaga beriladi. Obhektni qabul qilishga dalolatnomaga obektga tegishli barcha hujjatlar ilova qilinadi. Yuqori tashkilotning farmoyishiga binoan boshqa korxonalarga berilgan asosiy vositalar ham shunday dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bu holda dalolatnoma ikki nusxada tuziladi. Zamonaviylashtirish, qayta tiklash va kapital tahmirlashdan so‘ng asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish tahmirdan chi¢¢an va ¢ayta tiklangan asosiy vositalarni ¢abul ¢ilish-topshirish dalolatnomasi (53-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Bu dalolatnoma ham korxona rahbari (agrofirmasi boshqaruvi) tayinlagan komissiya tomonidan, ikki nusxada tuziladi. Ko‘p yillik daraxt ko‘chatlarini ekish bo‘yicha tugallangan ishlar va yosh ko‘chatlarni foydalanishga topshirish ko‘p yillik daraxtlarni ¢abul ¢ilish va ularni foydalanishga topshirish dalolatnomasi (54-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Sotib olingan asosiy vositalar, asosiy podani to‘ldirish uchun sotib olingan mollar mol yetkazib beruvchilarning schyot-fakturalari, yuk xatlar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari va boshqa hujjatlarga asosan qabul qilinadi. Bepul yoki aybdor shaxslardan moddiy zararni qoplash tartibida olingan asosiy vositalar qishloq xo‘jalik korxonasi rahbari (agrofirmasi boshqaruvi) tayinlagan komissiya tomonidan tuzilgan dalolatnomalarga asosan hisobga olinadi. Mahsuldor va ish hayvonlar asosiy podasiga yosh chorva mollarini o‘tkazish chorva mollarini guru¦dan-guru¦ga o‘tkazish dalolatnomasi(97-shakl)ga asosan rasmiylashtiriladi. Asosiy vositalarning xo‘jalik ichida bir javobgar shaxsdan ikkinchisiga o‘tish ixtiyoriy shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Asosiy vositalarning xo‘jalikdan chiqarilishi bepul berib yuborish, tugatilishi, sotilishi, tabiiy ofat tufayli buzilishi va yo‘qolishi natijasida sodir bo‘ladi. Asosiy vositalarning keyinchalik ishlab chiqarishda foydalanishga yaroqsizligini aniqlash, qayta tiklash ishlarini o‘tkazishning imkoni yo‘qligi yoki samarasizligini, asosiy vositalarni hisobdan chiqarishga asos bo‘ladigan zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun qishloq xo‘jalik korxonasi rahbari tomonidan (aktsiyadorlik jamiyatlarida – aktsiyadorlarning umumiy majlisi yoki vakillar majlisining qarori bilan) doimiy faoliyat ko‘rsatadigan komissiya tuziladi. Qishloq xo‘jalik korxonasining asosiy vositalari tabiiy ofat tufayli yo‘qolganda ularni hisobdan chiqarish hujjatlari sug‘urta kompaniyasi vakili ishtirokida tuziladi. Asosiy vositalarni balansdan chiqarish uchun quyidagi dalolatnomalar tuziladi: bino va inshootlarni hisobdan chio‘arish dalolatnomasi (55-shakl), mashina, o‘urilish va transport vositalarini ¦isobdan chio‘arish dalolatnomasi (56-shakl); chorva mollarini asosiy podadan yaroo‘sizlikka(brakka) chio‘arish dalolatnomasi (57-shakl); ko‘p yillik daraxtlarni ¦isobdan Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling