Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash. Bu
usulda amortizatsiya
hisoblashda amortizatsiya me’yori 2 hissaga orttiriladi va amortizatsiya me’yori 40%(2*20%)ga
teng bo‘ladi.
Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash jadvali
Yillar
Balans qiymati
Yillik amortizatsiya
summasi
Jamg‘arilgan
amortizatsiya
Qoldiq
qiymati
1-yil
10000
(40%*10000)=4000
4000
6000
2-yil
10000
(40%*6000)=2400
6400
3600
3-yil
10000
(40%*3600)=1440
7800
2160
4-yil
10000
(40%*2160)=864
8704
1296
5-yil
10000
296
9000
1000
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari ular hisoblab o‘tkazilgan
hisobot
davrida buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning ayrim ob’ektlari
bo‘yicha ajratmalar tegishli summalarni jamg‘arish yo‘li bilan yoki ob’ektlarning
dastlabki
qiymatini kamaytirish yo‘li bilan buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlar eskirishining hisoblangan summasi ishlab
chiqarish xarajatlari
(muomala xarajatlari, ma’muriy xarajatlar, sarmoya qo‘yish)ni hisobga olish hisobvaraqlari debeti
va 0510-0590-hisobvaraqlar kreditiga kiritiladi.
Korxonalar tegishli nomoddiy aktivlar bo‘yicha jamg‘arilgan amortizatsiya to‘g‘risidagi
axborotni quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiradi:
0510-«Patentlar, nou-xau va litsenziyalarning eskirishi»;
0520-«Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining eskirishi»;
0530-«Dasturiy ta’minotning eskirishi»;
0540-«Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqining eskirishi»;
0550-«Tashkiliy xarajatlarning eskirishi»;
0560-«Franshizalarning eskirishi»;
0570-«Mualliflik huquqlarining eskirishi»;
0590-«Boshqa nomoddiy aktivlarning eskirishi».
Ushbu hisobvaraqlarning kreditida hisoblangan eskirish summalari, debetida esa nomoddiy
aktivlarning chiqib ketishida hisoblangan eskirish summalarining o‘chirilishi aks ettiriladi.
Misol. Korxonada sentyabr oyida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun nomoddiy aktivlardan
foydalanilishi natijasida 5600 so‘m eskirish hisoblandi. Ushbu muomalaga quyidagicha provodka
beriladi:
D-t 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» - 5600 so‘m
K-t 0530-«Dasturiy ta’minotning eskirishi» - 5600 so‘m.
Korxonada shu oy mobaynida mavjud litsenziya uchun ma’muriy xarajatlar hisobiga 3200
so‘mlik eskirish hisoblandi. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 9420-«Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari» - 3200 so‘m
K-t 0510-«Patentlar, nou-xau va litsenziyalarning eskirishi» - 3200 so‘m.
Do'stlaringiz bilan baham: