Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

To‘rtinchi guruh. Dehqonchilik tarmog‘idagi xarajatlarning ayrim turlari oziq 
yetishtirish, mahsulotga o‘rim-yig‘imdan keyin qayta ishlov berish, poholni yig‘ishtirish va 
g‘aramlash kabilar bilan bog‘liqdir. Bu xarajatlar alohida analitik schotlarda: silos tayyorlash
senaj tayyorlash, o‘t uni, granula va briketlar ishlab chiqarish, mahsulotga o‘rim-yig‘imdan so‘ng 
qayta ishlov berish va shu kabilar hisobga olinadi. Bu xarajatlarni alohida hisob obektlari sifatida 
ajratish yo ayrim qo‘shimcha va yondosh mahsulot turlarining tannarxi aniqroq hisoblanadi, yo 
oziq ishlab chiqarish xarajatlarini alohida guruhga ajratish zaruriyatidan kelib chiqadi. Xarajatlar 
har bir analitik schotda belgilangan moddalar bo‘yicha hisobga olinadi. Yil oxirida yo tegishli 
mahsulot turlarining tannarxi hisoblanadi, yo xarajatlar birinchi guruh obektlari schotlariga 
taqsimlanadi. 
Dehqonchilik xarajatlarining analitik hisobi quyidagi moddalar bo‘yicha yuritiladi: 
1. 
Mehnat haqi ijtimoiy sug‘urta ajratmalari bilan birga 
2. 
Urug‘lik va ko‘chat materiallari 
3. 
O‘g‘itlar 
4. 
O‘simliklarni himoya qilish vositalari 
5. 
Ishlar va xizmatlar 
6. 
Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari 


7. 
Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari 
8. 
Sug‘urta to‘lovlari 
9. 
Boshqa xarajatlar 
1. 
«Mehnat haqi ijtimoiy sug‘urta xarajatlari bilan birga» moddasida muayyan ekin turlari 
yoki guruhlarining bevosita texnologiya jarayonida ishlagan turli toifadagi xodimlarga 
hisoblangan mehnat haqi tavsifiga ega bo‘lgan pul va natura to‘lovlari hisobga olinadi. 
Xodimlarning asosiy va qo‘shimcha mehnat haqlari, ijtimoiy sug‘urta va ta’minot fondiga 
o‘tkazilgan ajratmalar hamda ta'til haqi ajratmalari ham shu moddada hisobga olinadi. 
Aniq bir ekin va ish turiga o‘tkazish mumkin bo‘lmagan mehnat haqlari hisob obektlari 
o‘rtasida mehnat haqiga mutanosib taqsimlanadi. 
2. «Urug‘lik va ko‘chat xarajatlar» moddasida xo‘jalikning o‘zida yetishtirilgan va sotib 
olingan urug‘lik va ko‘chatlar hamda ularning tegishli ekinlarni ekish uchun sarflanishi aks 
ettiriladi. Bunda oldingi yillarda yetishtirilgan hamda sotib olingan urug‘lik va ko‘chatlar haqiqiy 
tannarxida aks ettirilsa, joriy yilda yetishtirilgan urug‘ va ko‘chatlar yil davomida reja tannarxda 
hisobga olinib, yil oxirida haqiqiy tannarx darajasiga yetkazib quyiladi. 
Urug‘larni ekishga tayyorlash (quritish, saralash va boshqa ishlov berish) xarajatlari 
ularning tannarxiga o‘tkaziladi. Lekin bevosita ekish oldidan qilinadigan xarajatlar (urug‘ni ekish 
joyiga tashib keltirish, ortish, tushirish, dorilash, ivitish va shu kabilar) urug‘ning tannarxiga 
o‘tkazilmay, bevosita o‘simlikchilikning tegishli xarajat moddalari (mehnat haqi, ishlar va 
xizmatlar, asosiy vositalarni saqlash xarajatlari)ga yoziladi. 
3. «O‘g‘itlar» moddasida muayyan bir ekin (ekin guruhi) sarflagan ma'danli o‘g‘itlar, 
mikro o‘g‘itlar va boshqa o‘g‘itlar, shuningdek mahalliy o‘g‘itlar miqdor va summa ko‘rsatkichida 
aks ettiriladi. Bu moddada xarajatlar ma'danli va organik o‘g‘itlar bo‘yicha alohida hisobga 
olinadi. O‘g‘itlarni tayyorlash, yuklash, dalaga tashish va yerga solish bilan bog‘liq bo‘lgan 
xarajatlar bu xarajat moddasida emas, balki bevosita o‘simlikchilikning tegishli xarajat 
moddalarida aks ettiriladi. 
4. «O‘simliklarni himoya qilish vositalari» moddasida begona o‘tlarga, ekinlarning 
zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashishda foydalaniladigan pestisidlar, urug‘lik 
dorilari, defoliant va boshqa kimyoviy va biologik Materiallar sarfi hisobga olinadi. 
1. 
«Ishlar va xizmatlar» moddasida xo‘jalikning o‘zidagi avtomobil transporti va ot-ulov 
transporti, traktorlar bajargan transport ishlari hisobga olinadi. 
Yerlarni o‘g‘itlash bo‘yicha «Agrokimyota’minot» birlashmalari va aviya otryadlar 
bajargan ishlar ham «Ishlar va xizmatlar» moddasida aks ettiriladi. 
Yil oxirida bajarilgan ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxi aniqlangandan so‘ng reja 
tannarx haqiqiy tannarx darajasiga yetkaziladi. O‘simlikchilik tarmog‘i uchun ko‘rsatilgan elektr 
ta’minoti, suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti, gaz ta’minoti xizmatlari ham shu moddada hisobga 
olinadi. 
Chet tashkilotlarining transport va boshqa xil xizmatlari shartnoma qiymati bo‘yicha 
baholanadi.
1. 
«Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari» moddasida bevosita o‘simlikchilikda 
foydalanilayotgan asosiy vositalarni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar hisobga olinadi. 
Bularga asosiy vositalarni saqlash, ulardan foydalanish xarajatlari, ularning amortizatsiya 
ajratmalari kiradi.Turli moslamalarning eskirishi, ularni tiklash uchun ketgan xarajatlar ham shu 
modda bo‘yicha hisobga olinadi. 
O‘simlikchilikda bunday asosiy vositalarga mahsulot yetishtirishda foydalaniladigan 
traktorlar, qishloq xo‘jalik mashinalari, asbob-uskunalar, issiqxonalar, parniklar, omborxona 
binolari, xo‘jalik ichidagi sug‘orish shahobchalari, ko‘p yillik daraxtlar, yerlarning holatini 
yaxshilash bo‘yicha qilinadigan noinventar kapital sarflar kiradi. 
Mevaga kirgan daraxtlarni parvarishlash xarajatlari (amortizatsiya ajratmalardan tashqari) 
bu xarajatlar moddasiga kirmaydi. 
O‘simlikchilikda foydalanilgan asosiy vositalarni saqlash xarajatlari ayrim ekin va 


tugallanmagan ishlab chiqarishlarga quyidagi tartibda o‘tkaziladi: 
− 
maxsus asosiy vositalar (paxta tyerish mashinalari, kartoshka yig‘ib-terib oladigan kombaynlar 
va shu kabilar)ni saqlash xarajatlari tegishli ekinlardan olinadigan mahsulotlar tannarxiga 
o‘tkaziladi; 
− 
traktorlarni saqlash xarajatlari – ekin va ishlar uchun bajarilgan ish hajmi (shartli etalon 
gektar)ga mutanosib taqsimlanadi; 
− 
qishloq xo‘jalik mashinalarini saqlash xarajatlari – ishlov berilgan ekinlar maydoniga 
mutanosib ravishda taqsimlab o‘tkaziladi; 
− 
hosilni yig‘ib-terib olishda foydalaniladigan asosiy vositalarni saqlash xarajatlari yig‘ib-terib 
olingan ekinlar maydoniga mutanosib ravishda taqsimlanadi; 
− 
o‘g‘itlash mashinalarini saqlash xarajatlari – ekin maydonlariga solingan o‘g‘itlarning 
miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi; 
− 
g‘alla va sabzavot mahsulotlari saqlanadigan binolarning xarajatlari tegishli ekinlarga, g‘alla 
va sabzavot mahsulotlari band qilgan maydonga mutanosib ravishda taqsimlanadi va hokazo. 
1. 
«Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari» moddasida o‘simlikchilik 
tarmog‘ining brigadalarida va boshqa ishlab chiqarish bo‘lishmalarida ishlab chiqarishni tashkil 
etish xarajatlari va xo‘jalikni boshqarish xarajatlarining tegishli qismi hisobga olinadi. 
1. 
«Sug‘urta to‘lovlari» moddasida qishloq xo‘jalik ekinlari va meva beradigan yoshdagi 
ko‘p yillik daraxtlar hosilining davlat majburiy sug‘urtasiga oid to‘lovlar hisobga olinadi. 
O‘simlikchilik mahsulotlari yetishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan binolar, inshootlar, qishloq 
xo‘jalik mashinalari, qurilmalar, inventarlar va boshqa asosiy vositalarning sug‘urtasi bo‘yicha 
to‘lovlar ham shu moddada hisobga olinadi. Bunday asosiy vositalar bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari 
o‘simlikchilik turiga (o‘simlikchilik guruhlariga) asosiy vositalarni saqlash xarajatlariga 
mutanosib ravishda taqsimlash yo‘li bilan olib boriladi. 
9. «Boshqa xarajatlar» moddasida yuqoridagi moddalarda hisobga olinmagan
o‘simlikchilikning barcha bevosita xarajatlari aks ettiriladi. Bu xarajatlarga tegishli ishlab 
chiqarish obektlarini ishga tushirish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflar, idish va qadoqlash xarajatlari 
(agar idish qiymati mahsulotning realizatsiya narxiga kiritilmasdan alohida to‘lansa) texnika 
tashviqoti va standartlashtirishga oid xarajatlar kiradi. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling