Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi guruh.
Ikkinchi guruh. Bajarilgan qishloq xo‘jalik ishlari bo‘yicha xarajatlar hisobining
obektlari, yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, agarda qishloq xo‘jalik ishlari bo‘yicha xarajatlar darhol ekinlar (ekinlar guruhi) bo‘yicha joriy yildagi hosil hisobi obektlariga o‘tkazish mumkin bo‘lmagan hollarda ajratiladi. Bu kelgusi yil hosillariga, ya'ni dehqonchilikdagi tugallanmagan ishlab chiqarishga qilingan xarajatlardir. Bu guruhga xarajatlar hisobining obektlari sifatida quyidagi ish turlari: kuzgi don ekinlari uchun har bir ekin bo‘yicha yerga ishlov berish, ko‘kat oziq va silos uchun kuzgi don ekinlari (agarda ular ajratilsa), sabzavot ekinlarini kuzda ekish (ekinlar bo‘yicha), kuzgi shudgor, yumshatish (kuzgi shudgorsiz) organik o‘g‘itlarni chiqarish, minyeral o‘g‘itlarni chiqarish. Oldingi yillar ko‘p yillik o‘tlar ekinlari (ekilgan yillar bo‘yicha alohida) hisobot yili bahorgi va kuzgi sof ko‘p yillik o‘tlar, ko‘p yillik aralash o‘tlar, hisobot yili kuzgi shudgor, kelgusi yil bahorgi ekinlar hosili uchun shudgor, yangi yerlarni o‘zlashtirish, yaxshilangan (tubdan yaxshilash) pichanzorlar va yaylovlarni yuzaki yaxshilash, tuproqni ohak, gips bilan o‘g‘itlash xarajatlari (o‘z mablag‘lari hisobiga), melioratsiya qilinayotgan yerlarni dastlabki madaniylashtirish xarajatlari, parnik, issiqxona, shampinon yetishtiriladigan xonalar, bog‘lar (hosil terib olingach), pitomniklardagi ishlar, boshqalar ajratiladi. Bu guruh analitik schotlarida yil oxiriga hisobga olingan xarajatlar tugallanmagan ishlab chiqarishda qoladi va keyingi yilga o‘tadi. Keyingi yilda ular birinchi guruhda xarajatlarni hisobga olish obektlariga taqsimlanadi. Bunda taqsimlashning turli usullaridan foydalaniladi. Xarajatlarning ayrim turlari yerni ohaklash, melioratsiya qilinayotgan yerlarni dastlabki madaniylashtirish va boshqa xarajatlarni hisobga olish obektlariga 5-7 yil davomida turishi mumkin. Uchinchi guruh. Xarajatlarning ayrim turlarini xarajatlar hisobi obektlarining xoh birinchi, xoh ikkinchi guruhiga darhol o‘tkazish mumkin emas, chunki ular xarajatlarni hisobga olish obektlarining bir necha guruhlariga taalluqlidir. Ular yil davomida alohida analitik schotlarda olinib, yil oxirida taqsimlanadi. bu ular tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida kelgusi yilga o‘tmaydi demakdir. Bu guruh xarajatlarni hisobga olish obektlariga quyidagi taqsimlanadigan xarajatlar: dehqonchilikda ishlatiladigan asosiy vositalarning taqsimlanishi lozim bo‘lgan amortizatsiya ajratmalari; dehqonchilikda ishlatiladigan asosiy vositalarning taqsimlanishi lozim bo‘lgan joriy ta'mirlash xarajatlari; taqsimlanishi lozim bo‘lgan sug‘orish xarajatlari; taqsimlanishi lozim bo‘lgan yerlarni quritish xarajatlari; ihota o‘rmonlarini saqlash xarajatlari taalluqlidir. Yuqorida keltirilgan dehqonchilik xarajatlarining har bir hisob obektlariga alohida analitik schot ochilib, unda tegishli xarajatlar moddalarining belgilangan nomenklaturasiga ko‘ra hisobga olinadi. Bu analitik schotlar yil oxirida xarajatlarni birinchi va ikkinchi guruh xarajatlarini hisobga olish obektlariga taqsimlab yopiladi. Bu hol xarajatlarning har bir turi o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib, taqsimlashning turli uslublaridan foydalaniladi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling