Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

Ikkinchi guruh. Bajarilgan qishloq xo‘jalik ishlari bo‘yicha xarajatlar hisobining 
obektlari, yuqorida qayd qilib o‘tilganidek, agarda qishloq xo‘jalik ishlari bo‘yicha xarajatlar 


darhol ekinlar (ekinlar guruhi) bo‘yicha joriy yildagi hosil hisobi obektlariga o‘tkazish mumkin 
bo‘lmagan hollarda ajratiladi. Bu kelgusi yil hosillariga, ya'ni dehqonchilikdagi tugallanmagan 
ishlab chiqarishga qilingan xarajatlardir. Bu guruhga xarajatlar hisobining obektlari sifatida 
quyidagi ish turlari: kuzgi don ekinlari uchun har bir ekin bo‘yicha yerga ishlov berish, ko‘kat oziq 
va silos uchun kuzgi don ekinlari (agarda ular ajratilsa), sabzavot ekinlarini kuzda ekish (ekinlar 
bo‘yicha), kuzgi shudgor, yumshatish (kuzgi shudgorsiz) organik o‘g‘itlarni chiqarish, minyeral 
o‘g‘itlarni chiqarish. Oldingi yillar ko‘p yillik o‘tlar ekinlari (ekilgan yillar bo‘yicha alohida) 
hisobot yili bahorgi va kuzgi sof ko‘p yillik o‘tlar, ko‘p yillik aralash o‘tlar, hisobot yili kuzgi 
shudgor, kelgusi yil bahorgi ekinlar hosili uchun shudgor, yangi yerlarni o‘zlashtirish, 
yaxshilangan (tubdan yaxshilash) pichanzorlar va yaylovlarni yuzaki yaxshilash, tuproqni ohak, 
gips bilan o‘g‘itlash xarajatlari (o‘z mablag‘lari hisobiga), melioratsiya qilinayotgan yerlarni 
dastlabki madaniylashtirish xarajatlari, parnik, issiqxona, shampinon yetishtiriladigan xonalar
bog‘lar (hosil terib olingach), pitomniklardagi ishlar, boshqalar ajratiladi. 
Bu guruh analitik schotlarida yil oxiriga hisobga olingan xarajatlar tugallanmagan ishlab 
chiqarishda qoladi va keyingi yilga o‘tadi. Keyingi yilda ular birinchi guruhda xarajatlarni hisobga 
olish obektlariga taqsimlanadi. Bunda taqsimlashning turli usullaridan foydalaniladi. 
Xarajatlarning ayrim turlari yerni ohaklash, melioratsiya qilinayotgan yerlarni dastlabki 
madaniylashtirish va boshqa xarajatlarni hisobga olish obektlariga 5-7 yil davomida turishi 
mumkin. 
Uchinchi guruh. Xarajatlarning ayrim turlarini xarajatlar hisobi obektlarining xoh 
birinchi, xoh ikkinchi guruhiga darhol o‘tkazish mumkin emas, chunki ular xarajatlarni hisobga 
olish obektlarining bir necha guruhlariga taalluqlidir. Ular yil davomida alohida analitik schotlarda 
olinib, yil oxirida taqsimlanadi. bu ular tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida kelgusi yilga 
o‘tmaydi demakdir. 
Bu guruh xarajatlarni hisobga olish obektlariga quyidagi taqsimlanadigan xarajatlar: 
dehqonchilikda ishlatiladigan asosiy vositalarning taqsimlanishi lozim bo‘lgan amortizatsiya 
ajratmalari; dehqonchilikda ishlatiladigan asosiy vositalarning taqsimlanishi lozim bo‘lgan joriy 
ta'mirlash xarajatlari; taqsimlanishi lozim bo‘lgan sug‘orish xarajatlari; taqsimlanishi lozim 
bo‘lgan yerlarni quritish xarajatlari; ihota o‘rmonlarini saqlash xarajatlari taalluqlidir. 
Yuqorida keltirilgan dehqonchilik xarajatlarining har bir hisob obektlariga alohida analitik 
schot ochilib, unda tegishli xarajatlar moddalarining belgilangan nomenklaturasiga ko‘ra hisobga 
olinadi. Bu analitik schotlar yil oxirida xarajatlarni birinchi va ikkinchi guruh xarajatlarini hisobga 
olish obektlariga taqsimlab yopiladi. Bu hol xarajatlarning har bir turi o‘z xususiyatlaridan kelib 
chiqib, taqsimlashning turli uslublaridan foydalaniladi. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling