Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Nomoddiy aktiv ayrim ob’ektlariga egalik huquqining amal qilish muddatlari
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11 MAVZU. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI HISOBI VA MAHSULOT (ISH, XIZMAT) LAR TANNARXINI KALKULYATSIYALASH 11.1. Ishlab chiqarish jarayonini hisobga olishni tashkil etish
Nomoddiy aktiv ayrim ob’ektlariga egalik huquqining amal qilish muddatlari Nomoddiy aktiv ob’ektlari Huquq amal qila boshlagan vaqt Asosiy muddat (yil) Uzaytirilgandan keyingi qo‘shimcha muddat (yil) Ixtiro Birinchilik vaqtidan 20 (patent bo‘yicha) 5 (dastlabki patent bo‘yicha) Ko‘zda tutilmagan Sanoat namunasi Birinchilik vaqtidan 5 Ko‘pi bilan 5 yil Tovar belgisi Birinchilik vaqtidan 10 Har gal 10 (eng ko‘p muddati cheklanmagan) EHM uchun dastur U qachon chiqarilganidan qat’iy nazar, 3-shaxslar foydalana oladigan ob’ektiv shakl berilgan paytdan boshlab Muallifning butun hayoti mobaynida +50 Mualliflik huquqi O‘achon e’lon qilinganidan qat’iy nazar, asarga 3- shaxslar foydalana oladigan ob’ektiv shakl berilgan sanadan boshlab Muallifning butun hayoti mobaynida +50 Nou-xau Nou-xauga 3-shaxslar foydalana oladigan ob’ektiv shakl berilgan va nou-xauga taalluqli axborot maxfiyligini saqlash choralari ko‘rilgan sanadan boshlab Muddatsiz (maxfiy saqlash muddatiga qarab) 11 MAVZU. ISHLAB CHIQARISH JARAYONI HISOBI VA MAHSULOT (ISH, XIZMAT) LAR TANNARXINI KALKULYATSIYALASH 11.1. Ishlab chiqarish jarayonini hisobga olishni tashkil etish Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati uning uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘lari, xom- ashyo, asosiy materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yordamchi materiallar, asbob-uskunalar, imorat, inshoot va boshqa moddiy boyliklar bilan ta'minlangandan so‘ng boshlanishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayonida yuqorida sanab o‘tilgan mehnat buyumlariga kishilar mehnat qurollari bilan ta’sir qilib, mehnat buyumlarining shakl va ko‘rinishlarini o‘zgartiradi, natijada ishlab chiqarish xarajatlari paydo bo‘ladi. Bu xarajatlar ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotning asosini tashkil qiladigan mehnat buyumlarining qiymati, ularning shaklini o‘zgartirishga ta’sir qilgan ishchilar ish haqi va ish haqiga nisbatan hisoblangan har xil ajratmalar summasi, mehnat buyumlariga ta’sir qilishda ishchilar tomonidan foydalanilgan mehnat qurollarining amortizatsiya summasi hamda ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish va unga rahbarlik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab sarf-xarajatlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Ishlab chiqarish jarayoni bilan aloqador sintetik schotlar to‘g‘risida qisqacha tavsif berib chiqish yo‘li bilan ishlab chiqarish jarayoni hisobining vazifalari va ahamiyati haqida talabalarni tanishtirib chiqamiz. Ishlab chiqarish jarayonining pirovard natijasidan tayyor mahsulotlar olinadi. Korxonalarda ishlab chiqarish jarayoni biznes-reja va shartnoma-kontraktasiya asosida amalga oshirilib, ularda ishlab chiqariladigan mahsulotlar hajmi va reja tannarxi belgilanadi. Buxgalteriya hisobida ishlab chiqarish xarajatlari va olingan mahsulotlar aks ettiriladi hamda mahsulotlarning haqiqiy tannarxi hisob-kitob qilinadi. Ishlab chiqarish jarayonini hisobga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - natural va pul ifodasida ishlab chiqarishning haqiqiy hajmini aniqlash. Bunda jami ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori kabi, ular ayrim turlarining ham miqdori aniqlanadi; - ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarni aniqlash va mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash. Buning uchun korxonaning jami ishlab chiqarilgan mahsulotga qilgan xarajatlari, hamda alohida mahsulot turlarining tannarxi aniqlanadi. Ishlab chiqarish jarayonini hisobga olish uchun maxsus schotlar tayinlangan. Ularning asosiylaridan biri 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarni aks ettirish va ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Ushbu schotning debet tomonida mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan barcha xarajatlar to‘planadi, uning kreditida esa ishlab chiqarilgan mahsulotlar reja tannarxi bo‘yicha baholanib aks ettiriladi. Hisobot davri oxirida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlanib, reja tannarx haqiqiy tannarx darajasiga yetkaziladi.Bu ikki xil usulda amalga oshiriladi. Birinchisi, agar haqiqiy tannarx reja tannarxdan past, ya'ni xarajatlar tejalgan bo‘lsa, o‘rtadagi farq summaga bu schotning krediti bo‘yicha «qizil storno» yozuvi amalga oshiriladi. Ikkinchisi aksincha, ya'ni haqiqiy tannarx reja tannarxdan yuqori bo‘lsa, o‘rtadagi farq summaga (rejadan oshiqcha sarflangan summaga) qo‘shimcha buxgalteriya yozuvi tuziladi. Shu tarzda reja tannarx bilan haqiqiy tannarx o‘rtasidagi farq tuzatiladi (korrektirovka qilinadi). 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti aktiv bo‘lib, uning debetida tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i qolishi mumkin. Alohida mahsulot turlarining tannarxi analitik schotlar ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi. Analitik schotlar 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schotiga buyumlarning alohida turlari yoki bir xil mahsulotlar guruhlari bo‘yicha ochiladi. Oy davomida bu schot debetiga faqat bevosita asosiy ishlab chiqarish schotining tegishli analitik schoti debetiga yozish va aniq bir mahsulot tannarxiga qo‘shish mumkin bo‘lgan xarajatlar yoziladi. Bunday xarajatlar bevosita (to‘g‘ri) xarajatlar deb ataladi. Ularga ma'lum mahsulot turlarini ishlab chiqarish uchun sarflanadigan asosiy Materiallar, ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan xodimlarning ish haqi, texnologik maqsadlar uchun ishlatiladigan yoqilg‘i, elektr enyergiyasi, bug‘ va boshqalar kiradi. Ushbu schotning yoki tegishli analitik schotning debetiga bevosita olib borish imkoni bo‘lmagan, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari bilvosita (egri) xarajatlar deb ataladi. Ular maxsus yig‘ib-taqsimlovchi schotlarda hisobga olinadi. Umumishlab chiqarish xarajatlariga quyidagilar kiradi: bo‘linmalarning boshqarish va xizmat ko‘rsatish xodimlarining ish haqi ijtimoiy sug‘urta ajratmalari bilan birga, sexlarning binolarini yoritish, isitish va suv ta’minoti, amortizatsiya va joriy ta'mirlash xarajatlari, mehnatni muhofaza qilish va boshqa xarajatlar. 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» schoti bo‘yicha analitik schotlar sanoat korxonalarida sexlar bo‘yicha, qishloq xo‘jalik korxonalarida tarmoqlar (o‘simlikchilik, chorvachilik, sanoat ishlab chiqarishi va h.k.) bo‘yicha ochiladi, analitik schotlar doirasida xarajatlar hisobi moddalar bo‘yicha yuritiladi. Barcha tegishli xarajatlar oy davomida 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» schotining debetida hisobga olib boriladi. Oy oxirida bu xarajatlar ishlab chiqarilgan mahsulot(ish, xizmat) tannarxiga qo‘shish va tannarx hisoblash maqsadida 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» schotining kreditidan 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti va boshqa tegishli schotlar debetiga taqsimlash yo‘li bilan o‘tkaziladi. Taqsimlash hisob-kitobi tegishli tarmoqda qabul qilingan taqsimlash uslubiga muvofiq shu tarmoqdagi bevosita xarajatlarga mutanosib amalga oshiriladi. Masalan, ishlab chiqarishdagi ishchilarning ish haqiga mutanosib, qurilmalarning ishlagan mashina-soatlariga mutanosib yoki qandaydir boshqa usul bo‘yicha hisob- kitob qilinadi. Qishloq xo‘jaligidagi umumishlab chiqarish xarajatlari asosiy tarmoqlarning bevosita xarajatlariga (o‘simlikchilikda – urug‘lik, chorvachilikda – em-xashak, sanoat ishlab chiqarishida – xom-ashyo va Materiallar qiymati chegirib tashlangan holda) mutanosib taqsimlanadi. Shunday qilib, bu schot bo‘yicha barcha xarajatlar hisobdan o‘chirilib, oy oxirida qoldiq qolmaydi. Ammo bu schot oy davomida debet qoldiqqa ega bo‘lganligi sababli aktiv schot hisoblanadi. 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» schotining mazmunini ko‘rib chiqamiz. Hisoblangan mehnat haqi ushbu schotning kreditida, ish haqidan ushlanadigan va xodimning qo‘liga beriladigan summalar esa debetida aks ettiriladi. Uning kredit qoldig‘i korxona xodimlariga hisoblangan, lekin hisobot sanasida to‘lanmagan ish haqi bo‘yicha qarzni bildiradi. Ish haqi bo‘yicha xarajatlar ham tegishli schotlarda aks ettirish orqali mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga qo‘shiladi. Misol, asosiy ishlab chiqarishdagi xodimlarga 100000 so‘mlik ish haqi hisoblandi. Ushbu xo‘jalik muomalasi schotlarda quyidagicha aks ettiriladi: Dt 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti100000 so‘m Kt 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» schoti100000 so‘m Ish haqidan ushlangan soliqlar, hamda boshqa summalar 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» schotining debeti bo‘yicha aks ettiriladi. Chunki, bunda xodimlarga ish haqi bo‘yicha to‘lanadigan qarzlar kamayadi. Bir vaqtning o‘zida budjetga to‘lanadigan soliqlar bo‘yicha qarzlar ko‘payadi. Shuning uchun 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» (soliq turlari bo‘yicha), 6450-«Majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik» (turlari bo‘yicha) schotlarning kreditida ham aks ettiriladi. Ish haqidan tashqari ijtimoiy sug‘urta fondi, bandlik fondi va nafaqa fondlariga ham sarflangan ish haqi fondiga nisbatan belgilangan foiz hisobida to‘lovlar hisoblanadi. Ushbu summalar tegishli hisob-kitoblarga muvofiq ijtimoiy sug‘urta, bandlik xizmati va nafaqa fondi tashkilotlariga 5110-«Hisob-kitob schoti»dan o‘tkaziladi. Ushbu summalarni hisobga olish uchun 6510-«Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar» 6520-«Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar» schotlari yuritiladi. Shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish bilan asosiy vositalarning eskirishini hisobga oladigan schotlar (0211-0299) ham bog‘liq. Ishlab chiqarish jarayonida asosiy vositalar eskiradi va ularning qiymatlari eskirish hisoblash me’yorlariga muvofiq mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga bo‘laklab o‘tkaziladi. Asosiy vositalar bu qismining puldagi ifodasi amortizatsiya deb ataladi. Amortizatsiya ajratmalarining summasi mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga qo‘shiladigan ishlab chiqarish xarajatlarining turlaridan biri hisob lanadi. Amortizatsiya summalarini hisoblash va mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga olib borish 2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish», 2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» va boshqa tegishli schotlarning debeti va asosiy vositalarning eskirishi hisobga olinadigan kontr-aktiv schotlar (0211-0299) krediti bo‘yicha aks ettiriladi. Ishlab chiqarishdan olingan mahsulotlar 2810-«Tayyor mahsulotlar» schotining debetida hisobga olinadi. Tayyor mahsulotlar bu schotga reja tannarxi bo‘yicha baholanib. 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schotining kreditidan kirimga olinadi. Ularning haqiqiy tannarxi oy oxirida hisoblanadi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling