uchun qilingan qishloq xo‘jalik ishlarini bajarish xarajatlari aks ettiriladi, bularni tabiiyki, hosili
joriy yilda olinadigan ekinlar xarajatlarini hisobga olish obektlariga o‘tkazib bo‘lmaydi. Ularni
hisobga oluvchi uchinchi guruh obektlari tarkibida hisobning bir necha yoki ko‘pgina obektlariga
o‘tkaziladigan, demak ularga taqsimlanadigan (joriy ta'mirlash, sug‘orish va sho‘r
yuvish
xarajatlari va boshqalar) xarajatlar hisobga olinadi. To‘rtinchi guruh
obektlari tarkibida ozuqa
ishlab chiqarish va ayrim boshqa xarajatlar hisobga olinadi.
Yuqorida aytilgan to‘rtala guruh bo‘yicha konkret tarzda hozirgi
kunda xarajatlar hisob
obektlarining quyidagi nomenklaturasi qabul qilingan.
Birinchi guruh. Don va dukkakli don ekinlari. Kuzgi don ekinlari. Kuzgi
don ekinlari
(kuzgi bug‘doy, kuzgi javdar, kuzgi arpa). Bahorgi bug‘doy. Bahorgi boshqa boshoqli don ekinlar
(bahorgi javdar, bahorgi arpa, suli). yem-xashak ekinlar: tariq, qora bug‘doy, sholi.
Jo‘xori. Dukkakli don ekinlar – no‘xat, loviya, dukkakli xashaki ekinlar – xashaki no‘xat
va xashaki no‘xat aralashmasi, lyupin (shirin, achchiq), syeradella (doni uchun) boshqa dukkakli
ekinlar.
Do'stlaringiz bilan baham: