Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishni hisobga olish
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
10.5. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishni hisobga olish
Mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish yoxud tashkilotni boshqarish uchun foydalanilmayotgan nomoddiy aktivlar ob’ektlarining qiymati buxgalteriya balansidan hisobdan chiqarilishi kerak. O‘uyidagi xo‘jalik operatsiyalari natijasida nomoddiy aktivlar ob’ektlarining qiymati korxona aktivlari tarkibidan chiqib ketadi: ♦ realizatsiya, ya’ni huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnoma asosida iqtisodiy ma’noda sotganda va yuridik ma’noda egalik huquqi to‘xtatilganida; ♦ bundan buyon foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra hisobdan chiqarilganida; ♦ nomoddiy aktivning amal qilish muddati tugagach hisobdan chiqarilganida; ♦ boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida qo‘shilganida; ♦ huquqlarni berish to‘g‘risidagi shartnoma asosida boshqa shaxslarga tekin topshirilganida. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi bilan bog‘liq operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi: ♦ egalik qilish huquqi boshqalarga berilganida - huquqni boshqa birovga berish to‘g‘risidagi shartnoma, haq olinganligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati va boshqa hujjatlar, huquqni boshqalarga berish qiymatini baholash to‘g‘risidagi mustaqil baholovchi xulosasi, chiqib ketish dalolatnomasi; ♦ amal qilish muddati tugatilganligi tufayli hisobdan chiqarilganida - hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi dalolatnoma; ♦ boshqa korxonalarning ustav kapitaliga qo‘yganida - ta’sis hujjatlari, foydalanish huquqini boshqa birovga berish to‘g‘risidagi shartnoma, foydalanish huquqini boshqalarga berish qiymatini baholash to‘g‘risidagi mustaqil baholovchi xulosasi, foydalanish huquqini berish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi, chiqib ketish dalolatnomasi; ♦ tekinga berilgan taqdirda - foydalanish huquqini boshqa birovga berish to‘g‘risidagi shartnoma, foydalanish huquqini berish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha qabul qilib olish- topshirish dalolatnomasi, chiqib ketish dalolatnomasi. Nomoddiy aktivlar chiqib ketganida ularning dastlabki qiymati nomoddiy aktivlarni hisobga olishning tegishli hisobvaraqlari kreditidan 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag‘i debetiga hisobdan chiqariladi. Nomoddiy aktivlarni chetga sotishdan tushgan tushum 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag‘i krediti bo‘yicha 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» va 0990-«Boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlari» hisobvaraqlari bilan korrespondentsiyada aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlar chiqib ketganida ular bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi 0510- 0590-hisobvaraqlari debetidan 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag‘i kreditiga hisobdan chiqariladi. Misol. «Bobur» hissadorlik jamiyatida may oyida dasturiy ta’minot hisobdan chiqarildi: balans qiymati 200000 so‘m, eskirish qiymati 150000 so‘m. Nomoddiy aktivning sotish qiymati 80000 so‘m. Moliyaviy natijani aniqlab, muomalaga quyidagicha provodka beramiz: ♦ dasturiy ta’minotning sotish qiymatiga: Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling