Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
D-t 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» - 80000 so‘m
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
D-t 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» - 80000 so‘m K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 80000 so‘m. ♦ balans qiymati hisobdan chiqarildi: D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 200000 so‘m K-t 0430-«Dasturiy ta’minot» - 200000 so‘m. ♦ eskirish qiymati hisobdan chiqarildi: D-t 0530-«Dasturiy ta’minotning eskirishi» - 150000 so‘m K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 150000 so‘m. ♦ dasturiy ta’minotni sotishdan foyda olindi (80000+150000-200000)=30000 so‘m: D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 30000 so‘m K-t 9320-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foyda» - 30000 so‘m. Agarda korxona dasturiy ta’minotni 40000 so‘mga sotganida, moliyaviy natija quyidagiga teng bo‘lar edi: ♦ dasturiy ta’minotning sotish qiymatiga; D-t 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari-joriy qismi» - 40000 so‘m K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 40000 so‘m. ♦ balans qiymati hisobdan chiqarildi: D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 200000 so‘m K-t 0430-«Dasturiy ta’minot» - 200000 so‘m. ♦ eskirish qiymati hisobdan chiqarildi: D-t 0530-«Dasturiy ta’minotning eskirishi» - 150000 so‘m K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 150000 so‘m. ♦ dasturiy ta’minotni sotishdan zarar ko‘rildi (40000+150000-200000)=10000 so‘m: D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» - 10000 so‘m K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» - 10000 so‘m. 10.6. Gudvill hisobi Gudvill kompaniya ishbilarmonlik aloqalarining shartli qiymati, jamg‘arilgan nomoddiy aktivlar «bahosi», sezilmaydigan sarmoya - savdo marjasining nufuzi, amaliy aloqalar tajribasi, mijozlarning, shuningdek boshqaruv, tashkiliy va texnika resurslarining muqimligi, moliya dunyosidagi nufuz, mahsulot sotish faoliyati ustidan nazorat mexanizmi va shu kabilarni pul hisobida «baholash»ni anglatadi. Gudvill korxona mulkini baholashning pinhona imkoniyatlarini aniqlashga qaratilib, ob’ektning uzil-kesil baholash qiymatini aniqlash chog‘ida undan foydalanish majburiydir. Gudvill muomalalarida sotib olinayotgan korxonani baholashda quyidagilarga e’tibor qaratiladi: - investorlar uchun korxona joylashuvining foydaliligiga; - mehnat resurslarining mavjudligi va qiymatiga; - ishlab chiqarilayotgan mahsulotga (ko‘rsatilayotgan xizmatlarga) bo‘lgan talabga; - rivojlanish va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘zgartirish istiqbollariga va boshqa omillarga. Buxgalteriya hisobi nuqtai nazaridan gudvill (firma bahosi) xaridor sotib olinayotgan korxona uchun mazkur korxona aktivlarini alohida sotib olinganida yuzaga keladigan aktivlarning haqiqiy bozor qiymatidan yuqori narxda to‘lagan holatida yuzaga keladi. Agar xaridor ayrim ob’ektlarning haqiqiy qiymatidan (xarid qilinayotgan korxona majburiyatlarini chegirgan holda) yuqori narx to‘lagan bo‘lsa, u holda sezilmaydigan (ko‘zga ko‘rinmaydigan) aktivlar yuzaga keladi, bundan esa bu ortiqcha to‘lov «firma bahosi»ni tashkil qiladi degan xulosa chiqarish mumkin. Ya’ni, gudvill faqatgina korxonaning yaxlit oldi-sotdisida aks ettirilishi mumkin, chunki u mustaqil hisob birligiga ajratilmaydi hamda korxonaning boshqa aktivlari bilan birgalikdagina amal qiladi. Gudvillning yuzaga kelish sabablari turli xil bo‘lishi mumkin. Eng ko‘p uchraydiganlari jumlasiga, odatda, samarali reklama siyosati, alohida ta’sirchan sotish tizimi, boshqaruv guruhining ustun raqobatchilari mavjudligi, kompaniyaning qulay yoki imtiyozli me’yoriy- huquqiy ish rejimi va soliqqa tortish shartlari, raqobatchilar egallab ololmaydigan ishlab chiqarish sirlaridan foydalanish, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirishga oid noyob dasturni o‘tkazish va boshqalarni aytib o‘tish lozim. Mazkur omillarning sanab o‘tilishi gudvillning korxonaning butun faoliyati davomida amal qilishidan, biroq u faqatgina korxona sotilishida, firma xarid qilinayotgan baho – ob’ektiv ma’lumot asosidagi uni baholash imkoniyati mavjud bo‘lgan holatdagina aks ettirilishidan dalolat beradi. Ayrim hollarda gudvill manfiy miqdorga ega bo‘ladi. Bu hol xarid qilingan kompaniya aktivlari qiymati uning xarid bahosidan ortiq bo‘lganida yuzaga keladi. Bunday vaziyatlar kamdan-kam hollarda uchraydi, mazkur holatda esa manfiy gudvill summasi qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalarni istisno qilgan holda, firmaning uzoq muddatli aktivlari qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Gudvill buxgalteriya hisobida 0480-«Gudvill» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Korxona tomonidan gudvill kirim qilinayotganda, aktivlarning haqiqiy va xarid qiymatlari orasidagi farqqa quyidagicha provodka beriladi: D-t 0480-«Gudvill» K-t 8330-«Paylar va ulushlar». Gudvillga boshqa turdagi nomoddiy aktivlar kabi eskirish hisoblanmaydi. Shu boisdan u ishlatilganida boshlang‘ich qiymatidan har oyda muayyan summa xarajatlarga qo‘shiladi. Bu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi: D-t Xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar K-t 0480-«Gudvill». Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling