Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
Texnik ekinlar. Paxta, zig‘ir (uzun tolali), zig‘ir (kalta tolali), qandlavlagi, kungaboqar,
soya, tamaki. Turlar bo‘yicha texnik ekinlar -kanop, jut. Efir-moy va boshqa texnik ekinlar. Texnik ekinlar urug‘liklari (har bir ekin bo‘yicha alohida). Kartoshka, ochiq yerga ekiladigan sabzavotlar va poliz ekinlari. Kartoshka, karam, bodring, pomidor, osh lavlagi, piyoz, sarimsoq. Ochiq yerga ekiladigan boshqa sabzavot ekinlari (petrushka, sholg‘om, turp, salat, shpinat, ukrop va boshqalar). Xo‘raki poliz ekinlari. Sabzavot ekinlari urug‘liklari (har bir ekin bo‘yicha). Poliz ekinlari urug‘liklari. Sabzavotchilik yordamchi tarmoq bo‘lgan ixtisoslashmagan xo‘jaliklarda xarajatlar ochiq yerda ekiladigan barcha sabzavotlar bo‘yicha yalpisiga yuritiladi. Yopiq yerga ekiladigan sabzavotchilik. Qishki issiqxonalar (ko‘k piyoz, bodring, pomidor, salat, rediska va boshqalar). Bahorgi issiqxonalar (ko‘k piyoz, bodring, pomidor, salat, seldyerey, karam, pomidor ko‘chatlari va boshqalar). Himoyalangan boshqa yerlar (ko‘k piyoz, bodring, pomidor, salat, seldyerey, karam, pomidor ko‘chatlari va boshqalar). Shampinon xonalar (qo‘ziqorinlar, shampinon miseliylari). Yem-xashak ekinlar, pichanzor va yaylovlar. Xashaki ildizmevalar (xashaki lavlagi, xashaki sholg‘om, sabzi va boshqalar). Molga oziq uchun qand lavlagi. Xashaki ildizmevalilar urug‘liklari. Xashaki poliz ekinlari. Silos uchun jo‘xori. Silos ekinlari (jo‘xoridan tashqari). Ekilganbir yillik o‘tlar. Ko‘k oziq sifatida kuzgi don ekinlari. Ko‘k o‘g‘it ekinzorlari (lyupin va boshqalar). Ekin o‘rib olingan yerga ozuqabop ekilgan ekinlar (xashaki lavlagi, xashaki sholg‘om va boshqalar). Madaniy pichanzorlar. Tabiiy pichanzor va yaylovlar. Meva, rezavor meva va boshqa ko‘p yillik daraxtlar. Urug‘li ekinlar: olma, nok, behi, do‘lana, na'matak va boshqa urug‘li, danakli ekinlar. Danakli ekinlar: olxo‘ri, olcha, gilos, o‘rik, shaftoli va boshqalar. Rezavor mevali ekinlar: qulupnay, malina, smorodina, maymunjon va boshqalar. Yong‘oq mevali ekinlar. Subtropik ko‘chatlar. Sitrus ekinlari. Tokzorlar. Gulchilik. Mevazor ekinlar pitomniklari. Daraxt va buta navlari pitomnigi. Manzarali ekinlar pitomnigi. Sabzavotchilik tarmog‘i yordamchi xaraktyerda bo‘lgan ixtisoslashmagan xo‘jaliklarda xarajatlar hisobi ekinlar guruhi (po‘choq urug‘li, danakli urug‘lar, rezavorlar) bo‘yicha yoki yalpi tarmoq - bog‘dorchilik bo‘yicha yuritiladi. Keyingi yillarda qishloq xo‘jalik korxonalarida melioratsiya borasida katta ishlar qilinmoqda. Buxgalteriya hisobida lalmi va sug‘oriladigan yerlardagi dehqonchilik bo‘yicha xarajatlar qat'iy chegaralanadi. Shuning uchun yuqorida keltirilgan tasnif bo‘yicha birinchi guruh hisob obektlarining barchasi to‘rt guruh: muntazam sug‘oriladigan yerlar, shartli sug‘oriladigan yerlar, quritilgan yerlar, lalmi yerlar bo‘yicha chegaralanadi. Demak, xo‘jaliklarda ayni bir ekinning o‘zi sug‘oriladigan va lalmi yerlarga ekilgan bo‘lsa, ular bo‘yicha xarajatlar hisobi turli obektlar bo‘yicha chegaralanadi. Lalmi yerlardagi xarajatlar tarkibida sug‘orilgan yerlarda mahsulot yetishtirish xarajatlari alohida ajratiladi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling