Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
To‘rtinchi guruh. Dehqonchilik tarmog‘idagi xarajatlarning ayrim turlari oziq
yetishtirish, mahsulotga o‘rim-yig‘imdan keyin qayta ishlov berish, poholni yig‘ishtirish va g‘aramlash kabilar bilan bog‘liqdir. Bu xarajatlar alohida analitik schotlarda: silos tayyorlash, senaj tayyorlash, o‘t uni, granula va briketlar ishlab chiqarish, mahsulotga o‘rim-yig‘imdan so‘ng qayta ishlov berish va shu kabilar hisobga olinadi. Bu xarajatlarni alohida hisob obektlari sifatida ajratish yo ayrim qo‘shimcha va yondosh mahsulot turlarining tannarxi aniqroq hisoblanadi, yo oziq ishlab chiqarish xarajatlarini alohida guruhga ajratish zaruriyatidan kelib chiqadi. Xarajatlar har bir analitik schotda belgilangan moddalar bo‘yicha hisobga olinadi. Yil oxirida yo tegishli mahsulot turlarining tannarxi hisoblanadi, yo xarajatlar birinchi guruh obektlari schotlariga taqsimlanadi. Dehqonchilik xarajatlarining analitik hisobi quyidagi moddalar bo‘yicha yuritiladi: 1. Mehnat haqi ijtimoiy sug‘urta ajratmalari bilan birga 2. Urug‘lik va ko‘chat materiallari 3. O‘g‘itlar 4. O‘simliklarni himoya qilish vositalari 5. Ishlar va xizmatlar 6. Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari 7. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari 8. Sug‘urta to‘lovlari 9. Boshqa xarajatlar 1. «Mehnat haqi ijtimoiy sug‘urta xarajatlari bilan birga» moddasida muayyan ekin turlari yoki guruhlarining bevosita texnologiya jarayonida ishlagan turli toifadagi xodimlarga hisoblangan mehnat haqi tavsifiga ega bo‘lgan pul va natura to‘lovlari hisobga olinadi. Xodimlarning asosiy va qo‘shimcha mehnat haqlari, ijtimoiy sug‘urta va ta’minot fondiga o‘tkazilgan ajratmalar hamda ta'til haqi ajratmalari ham shu moddada hisobga olinadi. Aniq bir ekin va ish turiga o‘tkazish mumkin bo‘lmagan mehnat haqlari hisob obektlari o‘rtasida mehnat haqiga mutanosib taqsimlanadi. 2. «Urug‘lik va ko‘chat xarajatlar» moddasida xo‘jalikning o‘zida yetishtirilgan va sotib olingan urug‘lik va ko‘chatlar hamda ularning tegishli ekinlarni ekish uchun sarflanishi aks ettiriladi. Bunda oldingi yillarda yetishtirilgan hamda sotib olingan urug‘lik va ko‘chatlar haqiqiy tannarxida aks ettirilsa, joriy yilda yetishtirilgan urug‘ va ko‘chatlar yil davomida reja tannarxda hisobga olinib, yil oxirida haqiqiy tannarx darajasiga yetkazib quyiladi. Urug‘larni ekishga tayyorlash (quritish, saralash va boshqa ishlov berish) xarajatlari ularning tannarxiga o‘tkaziladi. Lekin bevosita ekish oldidan qilinadigan xarajatlar (urug‘ni ekish joyiga tashib keltirish, ortish, tushirish, dorilash, ivitish va shu kabilar) urug‘ning tannarxiga o‘tkazilmay, bevosita o‘simlikchilikning tegishli xarajat moddalari (mehnat haqi, ishlar va xizmatlar, asosiy vositalarni saqlash xarajatlari)ga yoziladi. 3. «O‘g‘itlar» moddasida muayyan bir ekin (ekin guruhi) sarflagan ma'danli o‘g‘itlar, mikro o‘g‘itlar va boshqa o‘g‘itlar, shuningdek mahalliy o‘g‘itlar miqdor va summa ko‘rsatkichida aks ettiriladi. Bu moddada xarajatlar ma'danli va organik o‘g‘itlar bo‘yicha alohida hisobga olinadi. O‘g‘itlarni tayyorlash, yuklash, dalaga tashish va yerga solish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar bu xarajat moddasida emas, balki bevosita o‘simlikchilikning tegishli xarajat moddalarida aks ettiriladi. 4. «O‘simliklarni himoya qilish vositalari» moddasida begona o‘tlarga, ekinlarning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashishda foydalaniladigan pestisidlar, urug‘lik dorilari, defoliant va boshqa kimyoviy va biologik Materiallar sarfi hisobga olinadi. 1. «Ishlar va xizmatlar» moddasida xo‘jalikning o‘zidagi avtomobil transporti va ot-ulov transporti, traktorlar bajargan transport ishlari hisobga olinadi. Yerlarni o‘g‘itlash bo‘yicha «Agrokimyota’minot» birlashmalari va aviya otryadlar bajargan ishlar ham «Ishlar va xizmatlar» moddasida aks ettiriladi. Yil oxirida bajarilgan ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxi aniqlangandan so‘ng reja tannarx haqiqiy tannarx darajasiga yetkaziladi. O‘simlikchilik tarmog‘i uchun ko‘rsatilgan elektr ta’minoti, suv ta’minoti, issiqlik ta’minoti, gaz ta’minoti xizmatlari ham shu moddada hisobga olinadi. Chet tashkilotlarining transport va boshqa xil xizmatlari shartnoma qiymati bo‘yicha baholanadi. 1. «Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari» moddasida bevosita o‘simlikchilikda foydalanilayotgan asosiy vositalarni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar hisobga olinadi. Bularga asosiy vositalarni saqlash, ulardan foydalanish xarajatlari, ularning amortizatsiya ajratmalari kiradi.Turli moslamalarning eskirishi, ularni tiklash uchun ketgan xarajatlar ham shu modda bo‘yicha hisobga olinadi. O‘simlikchilikda bunday asosiy vositalarga mahsulot yetishtirishda foydalaniladigan traktorlar, qishloq xo‘jalik mashinalari, asbob-uskunalar, issiqxonalar, parniklar, omborxona binolari, xo‘jalik ichidagi sug‘orish shahobchalari, ko‘p yillik daraxtlar, yerlarning holatini yaxshilash bo‘yicha qilinadigan noinventar kapital sarflar kiradi. Mevaga kirgan daraxtlarni parvarishlash xarajatlari (amortizatsiya ajratmalardan tashqari) bu xarajatlar moddasiga kirmaydi. O‘simlikchilikda foydalanilgan asosiy vositalarni saqlash xarajatlari ayrim ekin va tugallanmagan ishlab chiqarishlarga quyidagi tartibda o‘tkaziladi: − maxsus asosiy vositalar (paxta tyerish mashinalari, kartoshka yig‘ib-terib oladigan kombaynlar va shu kabilar)ni saqlash xarajatlari tegishli ekinlardan olinadigan mahsulotlar tannarxiga o‘tkaziladi; − traktorlarni saqlash xarajatlari – ekin va ishlar uchun bajarilgan ish hajmi (shartli etalon gektar)ga mutanosib taqsimlanadi; − qishloq xo‘jalik mashinalarini saqlash xarajatlari – ishlov berilgan ekinlar maydoniga mutanosib ravishda taqsimlab o‘tkaziladi; − hosilni yig‘ib-terib olishda foydalaniladigan asosiy vositalarni saqlash xarajatlari yig‘ib-terib olingan ekinlar maydoniga mutanosib ravishda taqsimlanadi; − o‘g‘itlash mashinalarini saqlash xarajatlari – ekin maydonlariga solingan o‘g‘itlarning miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi; − g‘alla va sabzavot mahsulotlari saqlanadigan binolarning xarajatlari tegishli ekinlarga, g‘alla va sabzavot mahsulotlari band qilgan maydonga mutanosib ravishda taqsimlanadi va hokazo. 1. «Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari» moddasida o‘simlikchilik tarmog‘ining brigadalarida va boshqa ishlab chiqarish bo‘lishmalarida ishlab chiqarishni tashkil etish xarajatlari va xo‘jalikni boshqarish xarajatlarining tegishli qismi hisobga olinadi. 1. «Sug‘urta to‘lovlari» moddasida qishloq xo‘jalik ekinlari va meva beradigan yoshdagi ko‘p yillik daraxtlar hosilining davlat majburiy sug‘urtasiga oid to‘lovlar hisobga olinadi. O‘simlikchilik mahsulotlari yetishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan binolar, inshootlar, qishloq xo‘jalik mashinalari, qurilmalar, inventarlar va boshqa asosiy vositalarning sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar ham shu moddada hisobga olinadi. Bunday asosiy vositalar bo‘yicha sug‘urta to‘lovlari o‘simlikchilik turiga (o‘simlikchilik guruhlariga) asosiy vositalarni saqlash xarajatlariga mutanosib ravishda taqsimlash yo‘li bilan olib boriladi. 9. «Boshqa xarajatlar» moddasida yuqoridagi moddalarda hisobga olinmagan, o‘simlikchilikning barcha bevosita xarajatlari aks ettiriladi. Bu xarajatlarga tegishli ishlab chiqarish obektlarini ishga tushirish bilan bog‘liq bo‘lgan sarflar, idish va qadoqlash xarajatlari (agar idish qiymati mahsulotning realizatsiya narxiga kiritilmasdan alohida to‘lansa) texnika tashviqoti va standartlashtirishga oid xarajatlar kiradi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling