Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Dehqonchilik mahsulotlari tannarxini hisoblash
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
11.3. Dehqonchilik mahsulotlari tannarxini hisoblash
11.3.1. Dehqonchilik mahsulotlari tannarxini hisoblashning umumiy qoidalari Tannarx – xo‘jalik ishlab chiqarish va moliya faoliyatining muhim iqtisodiy ko‘rsatkichidir. Fermer xo‘jaliklarining faoliyatini baholashda tannarx muhim o‘rin tutadi. Mahsulotlar tannarxini tahlil qilish esa xo‘jalikda foydalanilmayotgan ichki imkoniyatlarni topish va ishlab chiqarish rentabelligini oshirishga yordam beradi. Afsuski, hozirgi vaqtda qishloq xo‘jalik mahsulotlari tannarxini hisoblashga yetarli e'tibor berilmayapti. Ta'kidlash joizki, bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida nafaqat mahsulotlar tannarxi to‘g‘risidagi axborotlarning aniqligi, balki ularning har xil boshqaruv masalalarini (rejalashtirish, me’yorlashtirish, rezyervlarni aniqlash, baho belgilash, samaradorlikni baholash va h.k.) hal etish uchun ishonchliligi, obektivligi, foydaliligi va moslashuvchanligi ham muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan dehqonchilik mahsulotlarining tannarxini hisoblashda kalkulyatsiya obektini va Kalkulyatsiya birliklarini asosli tanlash muhim uslubiy masala hisoblanadi. Shu bois, dehqonchilik ishlab chiqarish xarajatlarini rejalashtirish, hisobga olish va kalkulyatsiyalash obektlari hamda Kalkulyatsiya birliklari taqdim etildi (ilova). Mahsulot tannarxini hisoblashdan oldin xarajatlarni aks ettiruvchi schotlar bo‘yicha quyidagilar sinchiklab tekshiriladi: - barcha qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlarning hisobda to‘liq aks ettirilganligi; - kelgusi yillar hosili uchun qilingan xarajatlarning yillar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanganligi va hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligi; - tabiiy ofatlar oqibatida zararlangan ekinlar bo‘yicha xarajatlar summasini to‘g‘ri hisobdan chiqarilganligi; 2011-«Dehqonchilik» schotida aks ettirilgan miqdor ko‘rsatkichlar (kishi-soatlar, ekilgan urug‘lik va ko‘chatlar, solingan o‘g‘itlar va boshqalar) ning to‘g‘riligi va shu kabilar. Dehqonchilikdan asosiy, yondosh va qo‘shimcha mahsulotlar olinadi. Ishlab chiqarish qanday mahsulot yetishtirish maqsadida tashkil qilingan bo‘lsa, shu mahsulot (paxta, g‘alla, kartoshka vaboshqalar) asosiy hisoblanadi. Ayrim ekinlardan ikki va undan ortiq asosiy mahsulotlar olinsa, ular yondosh mahsulotlar deyiladi. Masalan, bir yillik va ko‘p yillik o‘tlardan pichan, urug‘ hamda ko‘k massa olinishi mumkin. O‘simliklarning biologik xususiyatlariga qarab asosiy mahsulotlar bilan birga ikkinchi darajali,ya'ni qo‘shimcha mahsulotlar ham olinishi mumkin (poxol, somon, palak va boshqalar). Demak, o‘simlikchilikdan asosiy va xo‘jalikda foydalaniladigan qo‘shimcha mahsulotlar ham olinadi. Mahsulot tannarxini hisoblashdagi eng muhim hisob ishlaridan biri xarajatlarni asosiy (yondosh) va qo‘shimcha mahsulotlar o‘rtasida to‘g‘ri (haqqoniy) taqsimlashdir. Ekinlardan faqat bir xil mahsulot olinsa, uning tannarxi qilingan barcha xarajatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulot hajmi (sentner, kilogramm, dona) ga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Agar ekinlardan ikki va undan ortiq mahsulotlar olinsa, tannarx hisoblashda maxsus uslublar qo‘llaniladi. Bunday hollarda xarajatlar asosiy (yondosh) va qo‘shimcha mahsulotlar o‘rtasida iqtisodiy asoslangan uslublar bo‘yicha taqsimlanadi va tegishli mahsulot turi (asosiy, yondosh, qo‘shimcha)ga to‘g‘ri kelgan xarajat summasi mazkur mahsulot miqdoriga bo‘linib, mahsulot birligi (s, kg, dona) ning tannarxi aniqlanadi. Dehqonchilikda ekinlardan olingan hosil turlari, tugallanmagan ishlab chiqarishga o‘tkaziladigan (ularning turlari bo‘yicha) kelgusi yil hosili uchun qilingan xarajatlar, korxonaning o‘z aylanma mablag‘i hisobidan yer holatini yaxshilash bo‘yicha qilingan ishlar tannarx hisoblash obekti bo‘lib hisoblanadi. Dehqonchilik mahsulotlari tannarxini aniqlashda mahsulotni qayergacha yetkazib berish (franko) xarajatlari qo‘shilishini bilish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda belgilangan tartibga asosan mahsulotlarni quyidagi joylarga yetkazib berish (franko) xarajatlar qo‘shib hisoblanadi: a) g‘alla, paxta, kungaboqar urug‘i-franko-dala (xirmon yoki daladan mahsulot yig‘iladigan boshqa joy); b) somon, pichan-franko-saqlash yoki qaytadan ishlov berish joy; B) kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari mahsulotlari, lavlagi va boshqa ildiz mevalar-franko- saqlash joyi; g) qand lavlagi (fabrikada qayta ishlanadigan) – franko-dala; d) parnik issiqxona sabzavoti-franko-ombor yoki franko-qabul punkti; e) silosbop ko‘k massa-franko siloslash joy; j) vitaminlashtirilgan o‘t uni tayyorlash uchun o‘rilgan ko‘k massa – franko oziq tayyorlaydigan joyi. Demak, mahsulotni iste'molchilar (tayyorlov tashkiloti, dehqon bozori, agar xo‘jalik yetkazib berayotgan bo‘lsa, bolalar muassasalari va shu kabilar)ga yetkazib berish xarajatlari dehqonchilik mahsulotining tannarxiga kiritilmaydi. Mahsulotni saqlash joylari (ombor, oziq saqlanadigan joylar)gacha yetkazib berish xarajatlari tannarxga kiritiladi, ya'ni ular yil davomida 2011-schotining debetida aks ettiriladi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling