Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Paxtachilik mahsulotlari tannarxini hisoblash
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.3.3. G‘alla ekinlari mahsulotlarining tannarxini hisoblash
11.3.2. Paxtachilik mahsulotlari tannarxini hisoblash
Paxtachilikda o‘rta tolali va ingichka tolali paxta navlari mahsulot tannarxini hisoblash obekti bo‘lib hisoblanadi. G‘o‘zapoya va g‘o‘za po‘choq (agar foydalanilsa) yordamchi mahsulot bo‘lishi mumkin. 1 sentner paxtaning tannarxini hisoblash uchun g‘o‘zapoya va g‘o‘za po‘choqlar normativ xarajatlar bo‘yicha baholanib, paxtachilik bo‘yicha qilingan umumiy xarajatdan chegirib tashlanadi. Qolgan xarajat summasi hisobga o‘tgan paxta miqdoriga bo‘linadi. Misol: fermer xo‘jaligida hisobga o‘tgan 2620 sentner o‘rta tolali paxtani yetishtirish uchun 83316,0 ming so‘mlik xarajat qilingan. g‘o‘zapoya va g‘o‘zapo‘choqlarning normativ xarajatlar bo‘yicha qiymati 164,0 ming so‘m. Demak, 1 sentner paxta tannarxi 31,8 ming so‘mni tashkil etadi (83480,0-164,0) : 2620. Paxtaning tannarxini alohida navlari bo‘yicha aniqlashda xarajatlar summasi ularning xarid bahosi bo‘yicha aniqlangan qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. So‘ngra mazkur navga tegishli xarajatni shu nav bo‘yicha hisobga o‘tgan paxta xom ashyosi miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan har bir nav bo‘yicha 1 sentnerining tannarxi aniqlanadi. 11.3.3. G‘alla ekinlari mahsulotlarining tannarxini hisoblash G‘alla ekinlari mahsulotining tannarxi ularga qayta ishlov berish,quritish natijasida kamayishi va xo‘jalikda foydalanilmaydigan xas-cho‘plar vazni chiqarib tashlangandan keyingi vaznda aniqlanadi. Masalan, fermer xo‘jaligida yetishtirilgan g‘allaning bunker vazni 992 sentner. g‘allaga qo‘shimcha ishlov berish va uni quritish natijasida kamayishiga tuzilgan dalolatnomalar bo‘yicha: a) g‘allani xas-cho‘pdan tozalash va quritish tufayli kamaygan vazni 12 sentner; b) em uchun foydalaniladigan don chiqiti (laboratoriya tahlili natijasida tarkibida 40% don borligi aniqlangan) – 80 sentner. Undan tashqari, 54 sentner somon olingan. Demak, 830 sentner sof g‘alla bilan 80 sentner don chiqitining tannarxini aniqlash kyerak. G‘allaning tannarxini aniqlash uchun 2010-«Dehqonchilik» schotining tegishli analitik schotida g‘allaning mazkur turi bo‘yicha hisobga olingan barcha xarajatlar summasidan somon uchun normativlar bo‘yicha qilinadigan (o‘rib-yig‘ib olish, presslash, jo‘natish, g‘aramlash) xarajatlari summasi chegirib tashlanadi. Qolgan summa g‘alla bilan don chiqiti tarkibidagi sof don hajmiga mutanosib taqsimlanadi. So‘ng don chiqiti tarkibidagi 1 sentner donning tannarxi aniqlanadi. Fermer xo‘jaligida yuqorida keltirilgan miqdordagi g‘alla mahsulotlarini yetishtirish uchun 13200000 so‘m sarflangan. G‘alla mahsulotlari tannarxini aniqlash uchun jami qilingan xarajatlardan somonning normativ qiymati chegirib tashlanadi. Faraz qilaylik, 54 sentner somonning normativ xarajatlar bo‘yicha qiymati 270000 so‘mga teng, unda 1 sentner somonning normativ tannarxi 5000 so‘m (270000:54) bo‘ladi. Bu holda g‘alla bilan don chiqitiga tegishli xarajat 12930000 so‘mni (13200000-270000) tashkil etadi. Don chiqitining tarkibida 40% don bo‘lganligi uchun g‘allaga aylantirilganda 32 sentner bo‘lsa (80x40:100), jami shartli g‘alla miqdori 862 sentner (830+32) ga teng. Shundan don chiqitidagi g‘alla miqdori 3,712%ni (32x100:862) tashkil etadi. Demak, somonning normativ qiymati (270000 so‘m) chegirib tashlangandan so‘ng qolgan xarajatlar summasining 3,712%i don chiqiti (g‘alla)ga tegishlidir. Bu 480000 so‘mni (12930000x3,712:100) tashkil etadi. Shunday qilib, 1 sentner don chiqiti tannarxi 6000 so‘m (480000:80) bo‘lsa, 1 sentner sof don tannarxi 15000 so‘mga ((12930000-480000):830) teng. Amaldagi tartibga muvofiq urug‘chilik xo‘jaliklarida yetishtirilgan urug‘lik don tannarxi quyidagi obektlar bo‘yicha hisoblanadi: supyerelita, elita, I va II reproduksiya va foydalaniladigan don chiqiti. Bir sentner tegishli reproduksiyadagi urug‘lik don (supyerelita, elita, I reproduksiya va II reproduksiya) tannarxini aniqlash uchun jami xarajatdan don chiqiti normativ qiymati chegirib tashlanadi. Qolgan urug‘lik donga tegishli summa yuqoridagi reproduksiyalarning sotish bahosi bo‘yicha qiymatiga mutanosib taqsimlanadi va olingan summa tegishli reproduksiyadagi urug‘lik donning, ular tozalanib, quritilgandan so‘nggi miqdoriga bo‘linadi. Natijada tegishli reproduksiyadagi I sentner urug‘lik donning haqiqiy tannarxi aniqlanadi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling