Mchjda Korxona mehnat resurslari va ularni boshqarish Reja


Download 45.63 Kb.
bet1/11
Sana16.03.2023
Hajmi45.63 Kb.
#1279363
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mehnat resurs


Mavzu: “Jizzax neft baza” MCHJda Korxona mehnat resurslari va ularni boshqarish


Reja:

Kirish
I. Mehnat resurslari tarkibi


1.1 Mehnat resurslarining tarkibiy tuzilishi
1.2 Korxonani mehnat resurslari bilan ta'minlash
II. Korxonaning mehnat resurslari tahliliy ko‘rsatgichlari
2.1 “Jizzax neft baza” korxonasi mehnat resurslari bilan ta’minlanishi dinamikasi
2.2 “Jizzax neft baza” korxonasi mehnat ko‘rsatgichlarini tahlil qilish
III. Korxonada mehnat resurslarini rejalashtirish imkoniyatlari
3.1 Mehnat resurslaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini baholash
3.2 Xodimlardan foydalanish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishi
Xulosa va takliflar
Mehnat resurslaridan foydalanishni tahlil qilish metodologiyasi
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgach, mamlakat barcha xo‘jalik yuritish tizimining bozor munosabatlariga o‘tishi iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini hisoblanuvchi korxona maqomining sezilarli ravishda o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Ular o‘zlariga kerak bo‘lgan ishchi va xodimlar sonini mustaqil belgilamoqda, ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi, tejamkorlik rejimiga rioya qilish masalalari bilan shug‘ullanmoqda, zamonaviy marketing va menejmentni yo‘lga qo‘ymoqdalar hamda joriy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdalar va rivojlanishning zaruriy prognozlarini amalga oshirmoqdalar. Mamlakatimiz iqtisodiyoti amalda bozor yo‘nalishiga o‘tdi va faqat bozor qonunlariga muvofiq ishlaydi. Korxonalar o‘z faoliyati uchun javobgardir va o‘zlari keyingi rivojlanish to‘g'risida qaror qabul qilishadi. Korxonaning “mehnat resurslari”, “kadrlar”, “personal” tushunchalari foydalanishda bir xilda qo‘llansada, bir-biridan farqlash lozim. Ishlab chiqarishdagi asosiy «shaxs», iqtisodiyot nazariyasida talqin qilinishicha, ishchi kuchi - insonning mehnat qilishga jismoniy va aqliy qobiliyatlari hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitlarida mehnat qobiliyati, ishchi kuchini tovar holiga keltiradi. Biroq bu oddiy tovar emas. Uning boshqa tovarlardan farqi shundaki, birinchidan, u o‘z qiymatidan ortiq bo‘lgan qiymat yaratadi, ikkinchidan, uni jalb qilmasdan biron-bir ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish mumkin emas, uchinchidan, asosiy fondlar va aylanma mablag’lardan samarali foydalanish darajasi, xo‘jalik yuritish iqtisodiyoti ko‘p jihatdan unga bog’liq bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda ma'lum bo‘lgan ishlab chiqarish omillaridan asosiy va ko‘pincha eng katta xarajatlarni talab qiladigan asosiy omillardan biri bu mehnatdir.
Bu ishning asosiy maqsadi quyidagicha ifodalanishi mumkin: ma'lum bir korxona faoliyatini baholash (bu "Sayxon beton " MCHJ bo‘ladi), korxonalarda xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish bo‘yicha olingan bilimlarni amalda mustahkamlaydi.
Bunday holda, quyidagi vazifalarni hal qilish kerak:
1. "Mehnat resurslari" va "ishchi kuchi" tushunchalarini solishtirish, bu tahlilda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlarning taxminiy tavsifi.
2. “Jizzax neft baza” korxonasida kadrlar sonining dinamikasi, mehnat resurslaridan foydalanish va ish vaqti fondining tadqiqotlari.
3. Xodimlar motivatsiyasini oshirish va innovatsion texnologiyalarni joriy etish zaxiralarini aniqlash.
Tadqiqot ob'ekti “Jizzax neft baza” korxonasi bo‘lib, u qurilish sanoati uchun homashyo ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi.


Download 45.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling