Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
11.7-jadval
Kichik fermer xo‘jaliklarida bog‘dorchilik mahsulotlari tannarxini hisoblash Mahsulot- lar Olingan mahsulot, s 1s. bozor bahosi, Bozor bahosi Taqsim- lash koef- Xarajat-lar, so‘m 1s. mah- sulot tan- 9 N.YU.Jo‘raev. Ischislenie sebestoimosti produktsii sadovodstva i vinogradstva. Se`lskoe xozyaestvo Uzbekistana, №10-11, 1992, s. 44-45. so‘m bo‘yicha qiymati, So‘m fisienti narxi, so‘m Olma 160 30000 4800000 0,4147 1990859 12443 Gilos 86 600000 51600000 0,4147 21401734 248857 O‘rik 90 46000 4140000 0,4147 1717116 19077 Uzum 100 30000 3000000 0,4147 1244287 12443 Jami - - 63540000 0,4147 26354000 - Yerga tushgan mevalar bog‘dorchilikda qo‘shimcha mahsulot sifatida qabul qilinishi mumkin. U foydalanish mumkin bo‘lgan bahoda baholanadi va shu bahoda jami xarajatdan chegirib tashlanadi. Agar ular qayta ishlansa, sifatiga qarab bozor bahosi bo‘yicha baholanadi. Yerga tushgan yoki buzilgan mevalar chorva mollariga berilsa, ular ozuqa ildiz mevalilarning reja tannarxi bo‘yicha baholanib, kirim qilinishi mumkin. Ixtisoslashgan bog‘dorchilik fermer xo‘jaliklarida alohida ekin turlari katta maydonlarni egallab, xarajatlar ularning har biri bo‘yicha alohida hisobga olinadi. Shuningdek, bunday fermer xo‘jaliklarida asosiy mahsulotlar bilan bir qatorda yondosh mahsulotlar sifatida qalamcha, parxish, ildiz bachkisi va ildiz qalamchalari ham olinadi. Har bir mahsulot turining tannarxini hisoblashda mazkur ekindan olingan barcha mahsulot belgilangan koeffitsientlar bo‘yicha shartli mahsulotga aylantiriladi. Shundan so‘ng kalkulyatsiyalash umumbelgilangan tartibda amalga oshiriladi. Masalan, olma yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida bog‘ni parvarishlash va hosilni yig‘ishtirish xarajatlari 3271800 so‘mni tashkil etgan. 6s yerga to‘kilgan va 2s urilgan nostandart olma ozuqa sifatida 1s. 5000 so‘mdan baholanib, chorvachilik fermer xo‘jaligiga sotilgan. Ushbu qo‘shimcha mahsulot qiymati (40000 so‘m) jami xarajatdan chegirib tashlanadi. Ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida bog‘dorchilik mahsuloti – 1s olma tannarxi quyidagicha: Olma hosilini yetishtirish, yig‘ishtirish va hosil yig‘ishtirilganidan so‘ng bog‘ni parvarishlash xarajatlari 3271800 so‘m. Qo‘shimcha mahsulot qiymati: - yerga tushgan olma (6s x 5000s) 30000 so‘m - urilgan nostandart olma (2s x 5000s) 10000 so‘m Kal`kulyatsiyalanadigan mahsulotga tegishli xarajat: (3271800 – 40000s) = 3231800 so‘m. Kalkulyatsiyalanadigan mahsulot shartli birliklarga o‘tkazilganda: -standart olma (80s x 1,0)80 -nostandart olma (30s x 1,0)30 -qalamcha ko‘chatlar (6x 0,5)3 Hammasi 113 s. 1 shartli birlik tannarxi yoki 1s olmaning o‘rtacha tannarxi (3231800:113s) 28600 so‘m Qalamcha ko‘chatlar tannarxi (28600 x 5) 143000 so‘m Standart va nostandart olma tannarxi (3231800 – 143000 yoki 28600 x 110) 3088800 so‘m joriy yilda 1s standart olma o‘rtacha bozor bahosi 60000 so‘m, nostandart olmaniki 40000 so‘m bo‘lgan. Shunday qilib, haqiqatda olingan olma miqdoridan buzilganlari chegirib tashlangandan so‘ng qolgan qismining tannarxi hisoblanishi lozim. Yuqoridagi misoldan ko‘rinib turibdiki, fermer xo‘jaligida 32 sentner nostandart olma hosili olingan. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling