Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Parrandachilik mahsulotlari tannarxini hisoblash


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

11.5.5. Parrandachilik mahsulotlari tannarxini hisoblash 
Parrandachilikda tannarx hisoblash obektlari asosiy podadan olinadigan tuxum
o‘stirishdagi yosh parrandalarning qo‘shilgan vazni va sutkalik jo‘jalar hisoblanadi. 1 ming dona 
tuxum va parrandalarning 1 sentner qo‘shilgan vaznining tannarxi parrandalarni saqlash va 
parvarishlash xarajatlaridan qo‘shimcha mahsulot (pat, axlat) qiymati chegirib tashlanib, qolgan 
summani tegishli mahsulot (tuxum, qo‘shilgan tirik vazn) miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan topiladi. 
Sutkalik jo‘jalarning tannarxi inkubasiyaga doir barcha xarajatlardan (tuxumlar qiymatini 
ham qo‘shgan holda), qo‘shimcha mahsulotlar qiymati chegirib tashlanib, qolgan summa sutkalik 
sog‘lom jo‘jalar miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. 
 
11.5.6. Yilqichilik va tuyachilik mahsulotlarining tannarxini hisoblash 
Yilqichilikda quyidagi mahsulotlar tannarx hisoblash obekti hisoblanadi: asosiy poda 
bo‘yicha – baytaldan ajratilgan qulunlar, toylar bo‘yicha o‘sishi va o‘stirilgan toylarning to‘liq 
qiymati, sut yo‘nalishidagi yilqichilikda qimiz, qulun, katta yoshli boquvdagi otlar bo‘yicha 
qo‘shilgan va tirik vazn. 
Yilqichilikda tulashdan olingan jun, qil, o‘lgan otlarning tyerisi, go‘shti va go‘ng kabi 
qo‘shimcha mahsulotlar olinadi. Bular normativ asosida yoki bozor narxlarida baholanib kirimga 
olinadi. 
Qulun tug‘ilgan vaqtida biyani asrash 60 ozuqa - kunining qiymati bo‘yicha baholab 
kirimga olinadi. 
Asosiy podadagi qulunlarni biyasidan ajratib olish paytidagi tannarxini aniqlash uchun 
biyalar, ayg‘irlar va qulunlarni boqish xarajatlari summasidan yordamchi mahsulotlar va ayg‘irlar 
hamda biyalar bajargan ishlarning (ishchi otlar ot-kunining normativ tannarxi bo‘yicha baholab) 
qiymatini chegirib tashlab, qolgan summani biyasidan ajratilgan qulunlar soniga bo‘linadi. 
Toylar bo‘yicha qo‘shilgan vazn (semirish) aniqlanmaydi ya'ni ular tarozida tortilmaydi. 
Shuning uchun toylarning o‘sish tannarxi hisoblanadi. Bunda toylarning xo‘jalikda bo‘lgan kunlari 
sonini aniqlash lozim. Buning uchun toylarning yil boshidan mazkur guruhdan chiqib ketgunga 


qadar (sotilishi, boshqa hisob guruhiga o‘tkazilishi) yoki ushbu hisob guruhida hech qanday 
o‘zgarish bo‘lmasa – yil oxiriga bo‘lgan ozuqa-kunlar soni aniqlanadi. So‘ng umumiy xarajat 
summasidan qo‘shimcha mahsulotlar qiymati chegirib tashlanadi. Agar toylar ishchi ot sifatida 
foydalanilgan bo‘lsa, bajargan ishlar bir ish kunining normativ qiymati bo‘yicha baholanib
aniqlangan summa umumiy xarajatlardan chegirib tashlanadi. Qolgan xarajatlar summasini 
muayyan hisob guruhi bo‘yicha ozuqa kunlar soniga taqsimlash yo‘li bilan bir ozuqa-kun tannarxi 
aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich toylarning muayyan guruhida boqilgan kunlarisoniga ko‘paytirilib 
ularning o‘sish tannarxi aniqlanadi. 
Qimizchilik biyalar ferma sining asosiy mahsuloti biya suti, qimiz va biyasidan 
ajratilmagan qulunlardir. Biya va ayg‘irlarni asrash xarajatlaridan qo‘shimcha mahsulotlar 
qiymatini chegirib tashlab qolgan summa qimiz bilan qulunlarga quyidagicha taqsimlanadi: 
Sut – 1 sentner – 1,0; 6-9 oylik 1 bosh qulun – 6,0. 
Qimiz olinmaydigan yilqichilikda bir bosh qulun tannarxi biya va ayg‘irlarni asrash 
xarajatlaridan qo‘shimcha mahsulotlar qiymatini chegirib tashlanib qolgan summani qulunlar bosh 
soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Tuyachilikda tug‘ilgan bir bosh bo‘taloqning tannarxi urg‘ochi tuyalarning 120 ozuqa-kuni 
qiymati bilan aniqlanadi. Bir bosh bo‘taloqning moyasidan ajratish vaqtidagi tannarxini aniqlash 
uchun yil boshiga qolgan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlariga joriy yildagi bo‘taloqni 
tuyalarning bo‘talog‘i ajratilgunga qadar qilingan saqlash xarajatlarini qo‘shib, olingan summadan 
katta yoshdagi tuyalar bajargan ishlar, olingan sut, jun va qo‘shimcha mahsulotlar qiymati hamda 
kelgusi yilga o‘tkaziladigan tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari qiymati chegirib tashlanadi 
va qolgan summa bo‘taloqlar bosh soniga bo‘linadi. 
Bo‘taloqlar o‘sishining tannarxi ham yilqichilikdagi kabi aniqlanadi. Lekin bu ishda ayrim 
xususiyatlar mavjud. Tuyalar ikki yilda bir marta bolalaydi va ularning bo‘g‘ozlik davri 13 
oygacha cho‘ziladi. Shuning uchun ham tuyalarning bir yillik asrash xarajatlari tugallanmagan 
ishlab chiqarish xarajatlari sifatida kelgusi yilga qoldiriladi. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling