Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Sanoat ishlab chiqarishining ayrim turlari bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish va


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

11.6.2. Sanoat ishlab chiqarishining ayrim turlari bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish va 
tannarxni hisoblashning xususiyatlari 
Sanoat ishlab chiqarishi mahsulotlarining tannarxini hisoblashda mahsulot tayyorlash 
uchun qilingan xarajatlardan (qayta ishlangan xom-ashyo qiymatinini ham qo‘shgan holda) 
olingan yordamchi mahsulotlar qiymati chegirib tashlanib, qolgan summa asosiy mahsulot 
miqdoriga bo‘linadi. 
Lekin har bir sanoat ishlab chiqarishi o‘ziga xos xususiyatlariga ega bo‘lganligi uchun 
ularning mahsulotlari tannarxini hisoblashda ham shunday xususiyatlar mavjud. 
Sanoat ishlab chiqarishi mahsulotlarining tannarxini hisoblash tartibini quyidagi ishlab 
chiqarishlar misolida ko‘rib chiqamiz. 
 
Tegirmon (juvozxona)da donni qayta ishlash. 
Donni qayta ishlashda, un, yorma, maydalangan don tannarx hisoblash obektlari bo‘lib 


hisoblanadi. 
Tegirmonda tortilgan I t un, yorma yoki maydalangan donning tannarxi muay'an mahsulot 
turini tayyorlash uchun tegirmon yoki juvozxonada qilingan xarajatlar umumiy summasidan 
(qayta ishlangan don qiymatini ham qo‘shgan holda) foydalansa bo‘ladigan chiqindilar qiymati 
(xarid narxi yoki foydalanish narxida baholanib) chegirib tashlanib qolgan summani qayta 
ishlashdan olingan mahsulot miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Agar tegirmonda xo‘jalikning o‘zida yetishtirilgan g‘alla bilan birga chet buyurtmachilar 
va aholi g‘allasi tortilsa, xarajatning umumiy summasidan tortishga qabul qilingan o‘z donining 
qiymati chegirib tashlanadi va g‘allani tortishga qilingan xarajat aniqlanib olinadi. So‘ngra bu 
xarajatlar summasi tortilgan g‘alla (o‘ziniki va buyurtmachilarniki) miqdoriga bo‘linib, 1 sentner 
tortilgan g‘alla tannarxi aniqlanadi. 
Xo‘jalikka tegishli tortilgan un, yorma va boshqa mahsulotlar tannarxini aniqlash uchun 1 
s g‘allaning tortish tannarxi jamim tortilgan g‘alla miqdoriga ko‘paytirilib, hosil bo‘lgan summaga 
g‘allaning qiymati qo‘shiladi va qo‘shimcha mahsulotlar qiymati chegirib tashlanib, qolgan 
summa olingan un yoki yorma miqdoriga bo‘linadi. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling