Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
Mol so‘yish. Chorva mollari va parrandalar korxonaning ichki ehtiyojlari uchun noilojlikdan so‘yiladi. Mol va parrandalarni so‘yishdan asosiy mahsulot – go‘sht, qo‘shimcha mahsulotlar – tyeri, tuyog‘i,shoxi, pat va boshqalar olinadi. Mol va parrandalarni so‘yishdan olingan mahsulotlar tannarxi ularning har bir turi bo‘yicha aniqlanadi. Masalan, go‘shtning tannarxini hisoblash uchun qilingan jami xarajatdan (so‘yilgan chorva mollari qiymatini ham qo‘shgan holda) qo‘shimcha mahsulotlar, shox, tuyoq, pat va boshqa yordamchi mahsulotlar sotish bahosida baholanib chegirib tashlanadi va qolgan summa olingan go‘sht miqdoriga bo‘linadi. I tonna go‘sht tannarxini uning massasiga tegishli xarajatlar summasini olingan go‘sht miqdoriga (tonna) bo‘lib aniqlanadi. Qorako‘l tyeri tannarxini aniqlash uchun oldin qorako‘l qo‘zilarni so‘yish punktiga olib kelish, so‘yish, tyerilarga dastlabki ishlov berish, so‘yish punktiga doir xarajatlar va so‘yilgan qo‘zilarning qiymati alohida analitik schot ochib hisobga olinadi. So‘ng bu xarajatlardan sotish narxida baholangan qo‘shimcha mahsulot (barra go‘shti,shirdon)lar qiymati chegirib tashlanadi. Qolgan summani qorako‘l tyerilarning miqdoriga bo‘lib bir dona qorako‘l tyerining haqiqiy tannarxi aniqlanadi. 11.6.3. Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz (brak) mahsulotlarni hisobga olish Sifati bo‘yicha belgilangan standartlar, texnik talablar yoki shartnomalarga mos kelmaydigan buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar yaroqsiz (brak) hisoblanadi. Tayyor mahsulotlar yoki yarim tayyor mahsulotlarni baholashda aniqlangan kamchiliklarning tavsifiga ko‘ra yaroqsizlik tuzatiladigan va tuzatilmaydigan yaroqsizlikka bo‘linadi. Tuzatiladigan yaroqsizlik deb tuzatilganidan so‘ng tayinlanishiga ko‘ra ishlatilishi mumkin bo‘lgan hamda tuzatilish imkoni mavjud va bu iqtisodiy jahatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar hisoblanadi. Tuzatilmaydigan yaroqsizlik deb tuzatilganidan so‘ng tayinlanishiga ko‘ra ishlatilishi mumkin bo‘lmagan hamda tuzatilish imkoni yo‘q va tuzatish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar hisoblanadi. Bunday buyumlar ishlatish mumkin bo‘lgan bahoda sotiladi yoki boshqa turdagi mahsulotlarni qayta ishlash uchun ikkilamchi xom ashyo sifatida ishlatiladi. Yaroqsizlik aniqlangan joyiga ko‘ra ichki va tashqi yaroqsizlikka bo‘linadi. Ichki yaroqsizlik deb mahsulot xaridorga jo‘natilgunga qadar korxonada aniqlangan yaroqsizlik hisoblanadi. Mahsulot xaridorga jo‘natilgandan so‘ng aniqlangan yaroqsizlik tashqi yaroqsizlik deyiladi. Yaroqsizlik aniqlangan chog‘da texnik nazorat bo‘limining xodimlari mahsulot chiqishini hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlarda tegishli belgilar qo‘yadi. Tuzatilmaydigan yaroqsizlik yaroqsizlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yoki yaroqsizlik to‘g‘risidagi qaydnoma bilan rasmiylashtirilib, unda yaroqsizlikning bir qancha faktlari qayd qilinadi. Dalolatnomada yaroqsizlik tavsifi, uning sababi, yaroqsizga chiqarilgan mahsulot miqdori, yaroqsizlik aybdori, yaroqsiz mahsulot tannarxi, aybdor shaxslardan undirilishi lozim bo‘lgan summa, yaroqsizlikdan yo‘qotishlar hamda yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlar qabul qilinganligi to‘g‘risida omborchi yoki qabul qilgan sex belgisi ko‘rsatiladi. Dalolatnoma texnik nazorat bo‘limining xodimi, usta va sex boshlig‘i tomonidan tuziladi va buxgalteriyaga topshiriladi. U yerda yaroqsiz mahsulotning tannarxi hisoblab chiqariladi. Dalolatnoma xo‘jalik yurituvchi subekt rahbari tomonidan tasdiqlanib, unda yaroqsizlikdan ko‘rilgan zararni hisobdan chiqarish – aybdor shaxsdan undirish yoki ishlab chiqarishga olib borish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Tuzatilmaydigan yaroqsizlikdan kelib chiqqan yo‘qotishlar uning tannarxidan yaroqsizga chiqarilgan buyumlarning ishlatish mumkin bo‘lgan bahosi bo‘yicha qiymati va aybdor shaxslardan undiriladigan summalarni chegirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Tuzatilmaydigan ichki yaroqsizlik tannarxi belgilangan xarajat moddalari bo‘yicha haqiqiy xarajatlardan tashkil topadi. Bunda «ishlab chiqarishni tayyorlash va o‘zlashtirish xarajatlari», «yaroqsizlikdan kelib chiqadigan yo‘qotishlar», «boshqa ishlab chiqarish xarajatlari» moddalari hisobga olinmaydi. Buyumlar soni ko‘p bo‘lgan korxonalarda yaroqsizlik odatda reja yoki normativ tannarxdan kelib chiqqan holda baholanadi. Tuzatiladigan ichki yaroqsizlik tannarxi tuzatish uchun sarflangan xom-ashyo, Materiallar va yarim tayyor mahsulotlar hamda tuzatishda band bo‘lgan xodimlarning ish haqi, ijtimoiy sug‘urta ajratmalari va umumishlab chiqarish xarajatlarining tegishli ulushidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Tuzatiladigan ichki yaroqsizlikdan yo‘qotishlar uning tannarxidan aybdor shaxslardan undiriladigan summalarni chegirib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Tashqi yaroqsizlik qiymati yaroqsizga chiqarilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, xaridorlar tomonidan ushbu mahsulotni sotib olish xarajatlari, hamda yaroqsizga chiqarilgan mazhsulotlarni almashtirishdagi transport xarajatlari yoki iste'molchining yaroqsizga chiqarilgan mahsulotni tuzatish xarajatlaridan tashkil topadi. Ishlab chiqarishdagi yaroqsizlikdan yo‘qotishlar to‘g‘risidagi axborotlar 2610-«Ishlab chiqarishgdagi yaroqsiz mahsulotlar» schotida umumlashtiriladi. 2610-schotning debetida aniqlangan yaroqsizlikka doir xarajatlar hamda kafolatli ta'mirlash xarajatlari aks ettiriladi. Bu schotning kreditida esa yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlarni kamaytiradigan summalar (yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlarning ishlatish imkoni bo‘lgan bahodagi qiymati, aybdor shaxslardan undiriladigan summalar, ishlatilishi natijasida yaroqsizlik vujudga kelgan, mol yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazilgan sifatsiz Materiallar yoki yarim tayyor mahsulotlar uchun undiriladigan summalar va h.k.) hamda yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar sifatida ishlab chiqarish xarajatlariga olib boriladigan summalar aks ettiriladi. 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar» schoti bo‘yicha analitik hisob korxonaning alohida bo‘linmalari, mahsulot turlari, xarajat moddalari va yaroqsizlik sabablari bo‘yicha yuritiladi. Aniqlangan yaroqsizlik va kafolatli ta'mirlash bo‘yicha xarajatlarga 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar» schoti debetlanganda quyidagi schotlar kreditlanishi mumkin: 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» (1010-1090) – yaroqsizlikni tuzatishga sarflangan Materiallar qiymatiga; 2010-«Asosiy ishlab chiqarish», 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» schotlari – asosiy va yordamchi ishlab chiqarishda aniqlangan, tuzatilmaydigan yaroqsizlikdan yo‘qotishlar hisobdan chiqarilganda; 2110-«O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar» schoti – o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning yaroqsizligi aniqlangan va hisobdan chiqarilganda; 2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari» schoti – umum ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli ulushi yaroqsiz mahsulot tannarxiga qo‘shilganda; 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schoti – yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlar o‘rniga xaridorlarga jo‘natilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi; 6010-"Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schotlar" – mol yetkazib beruvchilardan yaroqsizlikni tuzatishda va kafolatli ta'mirlash bo‘yicha olingan xizmatlar summasiga; 6520-"Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar" schoti – yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlar bilan bog‘liq xarajatlar bo‘yicha davlat maqsadli fondlariga qlingan ajratmalar summasiga; 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schoti – yaroqsizlikni tuzatishda ishtirok etgan xodimlarga mehnat haqi hisoblanganda; 4220-4290, 6970-schotlar – yaroqsizga chiqarilgan mahsulotlarni qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar hisobdor shaxslar zimmasidan hisobdan o‘chirilganda; 6990-«Boshqa majburiyatlar» schoti – iste'molchilarning yaroqsizlikni tuzatishga doir xarajatlari bilan bog‘liq sarflar summasiga. 2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar» schoti kreditlanganda quyidagi schotlar debetlanadi: 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» (1010-1090) – yaroqsizlikni tuzatish chog‘ida qolgan Materiallar kirimi va tuzatilmadigan yaroqsizlik ishlatish mumkin bo‘lgan bashoda hisobdan chiqarilganda; 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schoti, 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» schoti – yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlarning mahsulotlari, ish va xizmatlari tannarxiga qo‘shilganda; 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schoti – o‘tgan yillardagi yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar hisobdan chiqarilganda. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling