Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Sanoat ishlab chiqarishi xarajatlari va mahsulot olinishining dastlabki, analitik va
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
11.6.1. Sanoat ishlab chiqarishi xarajatlari va mahsulot olinishining dastlabki, analitik va
sintetik hisobi Sanoat ishlab chiqarishi xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olishda xilma-xil dastlabki hujjatlar va hisob registrlari qo‘llariladi. Bajarilgan ish va sarflangan mehnatni hisobga olish ishbay ishlar uchun naryad (70 va 70a- shakllar)ga asosan amalga oshiriladi. Salloqxonalarda mollarning so‘yilishini rasmiylashtirish uchun asosiy podadagi chorva molini brakka chiqarish dalolatnomasi (№57 shakl), chorva mollari va parrandalarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (№100 shakl) chorva mollarini tarozida tortish qaydnomasi (boquvdagi yosh va katta yoshdagi mollarni so‘yish paytida) kabi dastlabki hujjatlardan foydalaniladi. So‘yishdan olingan mahsulotni hamda mahsulotning tayinlanishi dalolatnomaning orqa tomonidaga shu mahsulotni omborga topshirishga asos bo‘lgan nakladnoy raqamini ko‘rsatgan holda yoziladi. Sutni va sut mahsulotlarini qayta ishlashni har kuni hisobga olish uchun sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash qaydnomasi (№124-shakl) da foydalaniladi. Bu qaydnoma sutni qayta ishlash punktining boshlig‘i tomonidan ikkita nusxada to‘lg‘aziladi. Qaydnomaning birinchi nusxasida qayta ishlash uchun berilgan sut va sut mahsulotlarining nomi, miqdori, sifati, ikkinchi nusxasida esa qayta ishlashdan olingan mahsulotlar xuddi shu ko‘rsatkichlar bo‘yicha yozib boriladi. Xo‘jalik tegirmon va juvozxonalarda don yanchish (maydalash) pattasi (kvitansiyasi) (122-shakl) dastlabki hujjat bo‘lib hisoblanadi. U tegirmon (juvozxona) boshlig‘i tomonidan don olingan vaqtda ikki nusxada to‘lg‘aziladi. Birinchi nusxasi yanchish uchun don topshirgan shaxsga beriladi, ikkinchisi esa tegirmon (juvozxona)da qoladi. Sabzavot va mevalarni qayta ishlash uchun sarflangan xom-ashyo, materiallar, idishlar va boshqa materiallar, shuningdek, olingan tayyor mahsulotlarni rasmiylashtirishda mahsulotni qayta ishlash to‘g‘risidagi hisobot (123-shakl) tuziladi. Bu hisobot ilova qilingan hujjatlar bilan birga buxgalteriyaga topshiriladi. Hisobot ikki bo‘limdan iborat bo‘lib, uning birinchi bo‘limida qayta ishlash uchun qabul qilingan xom-ashyo va Materiallar ko‘rsatilsa, ikkinchi bo‘limida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar aks ettiriladi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan hujjatlar, shuningdek «Ish va xizmatlarni hisobga olish jurnali» ma’lumotlari asosida sex boshlig‘i oy oxirida sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha ishlab chiqarish hisoboti to‘lg‘azadi. Buxgalteriyada tekshirib qabul qilingan ishlab chiqarish hisoboti ma’lumotlari 10-ASK jurnal-orderidagi tegishli schotlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Sanoat ishlab chiqarishiga xarajatlar qilinganda 2030-«Sanoat ishlab chiqarish» schoti debetlanib quyidagi schotlar kreditlanadi: 0500-"Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schotlar" (0510-0590) nomoddiy aktivlarga hisoblangan eskirish summasiga; 1000-«Materiallarni hisobga oluvchi schotlar» (1010-1090) – sarflangan xom-ashyo va Materiallar qiymatiga; 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schoti - qayta ishlashga berilgan tayyor mahsulotlar qiymatiga; 9110-«Sotilgan tayyor mahsulotlar tannarxi» schoti – o‘z xo‘jaligida yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, o‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarining shartnoma bahosiga; 6710 – «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schoti – hisoblangan mehnat haqi summasiga va boshqa schotlar. Qayta ishlash uchun boshqa tashkilotlar va aholidan qabul qilingan Materiallarga ishlov berish tannarxini aniqlash uchun alohida analitik schotlarda hisobga olingan xarajatlarni qabul qilingan Materiallar hajmiga bo‘lish kyerak. Ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari reja tannarxida qabul qilinganda 2030 schot kreditlanib quyidagi schotlar debetlanadi: 1010 – schot o‘z ishlab chiqarishi uchun xom-ashyo va Materiallar sifatida kirimga olingan mahsulotlar qiymatiga. 2810 – schot – sotish va qisman o‘z ehtiyojlari uchun foydalaniladigan sanoat mahsulotlari qiymatiga; 9720 – schot – tabiiy ofatlar oqibatida to‘liq nobud bo‘lgan sanoat ishlab chiqarish mahsulotlari uchun qilingan xarajatlar summasiga. Yil oxirida mahsulotlarning haqiqiy tannarxi aniqlangandan so‘ng uni reja tannarx darajasiga yetkazib qo‘yiladi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling