Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Sut yo‘nalishidagi chorvachilikda mahsulotlar tannarxini hisoblash
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
11.5.1. Sut yo‘nalishidagi chorvachilikda mahsulotlar tannarxini hisoblash
Bu yo‘nalishdagi chorvachilikda tannarx hisoblash obekti bo‘lib olingan sut va buzoqlar hisoblanadi. Bir sentner sut va bir bosh buzoqning tannarxini hisoblash uchun sut yo‘nalishidagi qoramollarga qilingan yillik xarajatlar summasidan go‘ng, tullashdan tushgan jun va boshqa shunga o‘xshash qo‘shimcha mahsulotlar qiymati chegirib tashlanadi. Misol: hisobot yilida xo‘jalikning sigirlar fermasida 15306000 so‘m xarajat qilinib, 1420 sentner sut, 81 buzoq olingan. 26800so‘mlik go‘ng jami xarajatdan chegirib tashlanadi (15306000- 26800 q 15279200) qolgan xarajat summasining 90% i sut miqdoriga va 10%i buzoqlar bosh soniga bo‘linadi ya'ni: bir sentner sut tannarxi =15279200x90 : 1420 s=9684 so‘m. 100 bir bosh buzoq tannarxi = 15279200x10 : 81 bosh q18863 so‘m 100 Demak, 1 s. sutning tannarxi 9684 sum, bir bosh buzokniki 18863 sum ekan. 11.5.2. O‘stirilayotgan va boquvdagi qoramollarning qo‘shilgan va tirik vaznining tannarxini hisoblash O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari bo‘yicha tirik vazni, qo‘shilgan vazni va molning umumiy tirik massasi tannarx hisoblash obektlari bo‘lib hisoblanadi. Qo‘shilgan tirik vaznning tannarxi ushbu hisob guruhidagi mollarni saqlash xarajatlari umumiy summasini (qo‘shimcha mahsulotlar qiymati chegirib tashlangan holda) qo‘shilgan tirik massaga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. U yoki bu hayvon turining tegishli guruhi bo‘yicha qo‘shilgan vazn quyidagi formula yordamida aniqlanadi: V q =Vo+Vch-Vk-Vb Bunda: V q - qo‘shilgan (semirgan) vazn; Vo - yil oxiriga qolgan vazn; Vch – yil davomida xo‘jalikdan chiqarilgan hayvonlar vazni (nobud bo‘lgan hayvonlarning yil boshiga bo‘lgan tirik vaznini ham qo‘shgan holda); Vk – yil davomida xo‘jalikka kirim qilingan hayvonlar vazni; Vb – yil boshiga bo‘lgan vazni. O‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari bo‘yicha qo‘shilgan vazn tannarxini hisoblashdan tashqari bir sentner tirik massasining ham tannarxi hisoblanadi. Tirik vazn tannarxini hisoblash shuning uchun ham zarurki, o‘stirilayotgan va boquvdagi chorva mollarining har bir turi bo‘yicha 1100-«O‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi schotlar» (1110-1120) bo‘yicha hisob yuritishda har xil baholar qo‘llaniladi. Masalan, olingan buzoq, uning olingan bosh sonidan qat'iy nazar sut yo‘nalashidagi asosiy podaga qilingan xarajatning 10 foizi bo‘yicha tannarxi aniqlanadi. Buzoqning qo‘shilgan vazni rejadagi qo‘shilgan vazn tannarxi bo‘yicha baholanadi. Sotib olingan buzoqlar esa haqiqatda sotib olingan baholarda kirim qilinadi. Boquvga qabul qilingan katta yoshli mol va o‘tgan yilgi yosh mollar yil boshidagi bir sentner tirik vazni o‘tgan yillardagi o‘rtacha tannarxi bo‘yicha hisobga olinadi. Go‘sht yo‘nalishidagi chorvachilikda tannarx hisoblash obektlari quyidagilar: asosiy poda bo‘yicha – olingan asl, qo‘shilgan tirik vazn va sut, o‘stirishdagi va boquvdagi chorva mollari bo‘yicha esa qo‘shilgan tirik vazn va katta yoshdagi chorva mollari guruhi bo‘yicha qo‘shilgan vatirik vazn. Go‘sht yo‘nalishidagi chorva mollaridan olingan sut qo‘shimcha mahsulot bo‘lib hisoblaniladi va asosiy mahsulot tannarxini hisoblashda uning qiymati (davlat xarid narxlari yoki sotish bahosida baholanib) umumiy xarajatlardan chegirib tashlanadi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling