Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Chorvachilik xarajatlari va olingan mahsulotlarning dastlabki, analitik va sintetik
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
11.4.3. Chorvachilik xarajatlari va olingan mahsulotlarning dastlabki, analitik va sintetik
hisobi Chorvachilik tarmog‘ida xarajatlarva olingan mahsulotlarni hisobga olishda ko‘plab dastlabki hujjatlar qo‘llaniladi. Bular asosan xarajatlar va olingan mahsulotlar hisobga olinadigan dastlabki hujjatlarga bo‘linadi. Chorvachilikdagi xarajatlar mehnat buyumlari, mehnat vositalari va chorva xodimlarining mehnat haqi xarajatlaridan iboratdir. Ushbu xarajatlar xususiyatlariga ko‘ra tegishli dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtirilib boriladi. Masalan, sarflangan yem- xashaklarning dastlabki hisobi yem-xashak sarflash qaydnomasi (94-shakl)da, yig‘ma hisobi esa ularni hisobga oladigan maxsus jurnal (35-shakl)da yuritiladi. Unda chorva mollarining har bir turi va guruhi uchun alohida betlar ajratilib sarflangan yem-xashak miqdori, ularning ozuqa birligiga va hazm bo‘luvchi proteinga aylantirilgan miqdori, shuningdek ozuqa-kunlar soniga ko‘rsatiladi. Bu jurnalning jamlangan ma’lumotlariga asosan yem-xashak sarflarini hisobga olish yig‘ma qaydnomasi tuziladi. Chorvachilikda sarflangan boshqa moddiy boyliklar (dori-darmonlar, biopreparatlar va boshqalar) belgilangan tartibda limit-zabor kartalari va nakladnoylar bilan rasmiylashtiriladi. Mehnat vositalari sarfi dehqonchilikdagi kabi amortizatsiya hisoblash hujjatlariga asosan rasmiylashtiriladi. Chorvachilik xodimlari mehnatiga haq to‘lash yetishtirilgan mahsulotlar miqdori va sifatiga qarab amalga oshiriladi. Shuning uchun chorvachilikdan olingan mahsulotlarni rasmiylashtiradigan hujjatlar (sut sog‘ishni hisobga olish jurnali, tug‘ilgan hayvon bolalarini kirimga olish dalolatnomasi, chorva mollarining vaznini o‘lchash qaydnomasi, chorva mollarini guruhdan-guruhga o‘tkazish dalolatnomasi va boshqalar) mehnatga haq to‘lash uchun asos bo‘ladi. Chorvachilik xodimlari ishlagan vaqtining hisobi har kuni ish kuni ish vaqtini hisobga olish tabeli(64-shakl)da yuritiladi. Ushbu hujjatlarga asosan chorvachilik xodimlariga mehnat haqi hisob-kitobi tuziladi. Chorvachilikdagi ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi chorva mollarining turlari, yoshi va jinsiga qarab ochiladigan analitik schotlarda quyidagi xarajat moddalari bo‘yicha yuritiladi: 1. Mehnat haqi xarajatlari ijtimoiy sug‘urta ajratmalari bilan birga, kishi-soati, so‘m; 2. Ozuqalar, ozuqa birligi, so‘m; 3. Chorva mollarini himoya qilish vositalari, so‘m; 4. Ishlar va xizmatlar, so‘m; 5. Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari, so‘m; 6. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari, so‘m, 7. Sug‘urta to‘lovlari, so‘m; 8. Boshqa xarajatlar, so‘m; 9. Chorva mollarini yaroqsizga (brakka) chiqarish va ularning nobud bo‘lishdan kelib chiqqan yo‘qotishlar, so‘m. 1. «Mehnat haqi xarajatlari (yagona ijtimoiy to‘lov fondiga ajratmalar bilan)» moddasida muayyan chorva turi yoki guruhlariga qarovchi turli toifadagi ishlovchilarning ish haqi yagona ijtimoiy to‘lov fondiga ajratmalar bilan birga, ta'til vaqti uchun to‘lanadigan haqlar hamda moddiy rag‘batlantirish fondidan ajratilgan to‘lovlar aks ettiriladi. 2. «Chorva mollarini himoyalash vositalari» moddasida xo‘jalikning o‘z mablag‘lari hisobidan sotib olinib, sarflangan biopreparatlar, dori-darmonlar va dezinfeksiyalovchi vositalar hamda ularni ishlatish bilan bog‘liq sarflar hisobga olinadi. Budjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan sotib olinib, foydalanilgan biopreparatlar, dori- darmonlar va dezinfeksiyalovchi vositalari bu moddaga yozilmaydi. 3. «Yem-xashak» moddasida xo‘jalikning o‘zida ishlab chiqarilgan va chetdan sotib olingan yem-xashaklarning chorva mollariga (ish hayvonlarini ham qo‘shib), parrandalarga va boshqa turdagi chorva mollariga sarflanishi hisobga olinadi. Sotib olingan va xo‘jalikning o‘zida tayyorlangan yem-xashaklar sarflanishi «yem-xashak sarfi» jurnali (35-shakl)da alohida ularning turlari bo‘yicha hisobga olinganligi sababli analitik hisob registrida ushbu modda bo‘yicha birlashtirib hisobga olinadi. Yem-xashak tayyorlash sexlarining xarajatlari ham shu moddada alohida analitik schot ochilib, hisobga olinadi va tayyorlangan yem-xashak miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 4. «Ish va xizmatlar» moddasida mazkur chorvachilik tarmog‘i uchun korxonaning o‘z yordamchi ishlab chiqarish bajargan ish va ko‘rsatgan xizmatlarining qiymati hamda chet tashkilotlarning ko‘rsatgan xizmatlari uchun to‘lanadigan haq hisobga olinadi. Ushbu xarajat moddasida yuk avtotransporti, ot-ulov transporti, traktorlarning transport ishlari, suv ta’minoti, elektr ta’minoti, ta'mirlash ustaxonasi xarajatlari hisobga olinadi. 5. «Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari» moddasida bevosita chorvachilikda foydalanilayotgan asosiy vositalarni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar hisobga olinadi. Inventar va xo‘jalik jihozlari hamda moslamalarni tiklash uchun qilinganxarajatlar ham shu moddada hisobga olinadi. 6. «Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari» moddasida ferma larda, tarmoqlarda ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish xarajatlari aks ettiriladi. 7. «Sug‘urta to‘lovlari» moddasida ish hayvonlari, yosh va mahsuldor mollar, parrandalar, quyonlar, asalarichilik,shuningdek chorvachilikda foydalanilayotgan binolar, inshootlar va asbob- uskunalarning majburiy sug‘urtasiga doir to‘lovlar aks ettiriladi. Mollar bo‘yicha hisoblangan sug‘urta to‘lovlari bevosita tegishli hisob guruhining xarajatlariga o‘tkaziladi. Chorvachilikda asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan sug‘urta to‘lovlari esa chorvachilikning hisob guruhlari o‘rtasida asosiy vositalarni saqlash xarajatlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 8.«Boshqa xarajatlar» moddasida mahsulot yetishtirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, lekin yuqoridagi xarajat moddalarida hisobga olinmagan sarflar aks ettiriladi. Bularga quyidagilar kiradi: ferma atroflarini o‘rash xarajatlari, dezinfeksiya g‘ovlarini qurish va boshqa xarajatlar; to‘shamalar; sut sog‘uvchilar, molboqarlar va boshqa xodimlarga berilgan maxsus kiyim va poyafzallar, chorva mollari uchun yozgi lagyerlar, bostirmalar va boshqa nokapital inshootlarni qurish xarajatlari. Shuningdek, oldin 3100-«Kelgusi davr xarajatlari»ni hisobga oladigan (3110, 3120, 3190) schotlarda hisobga olinib, keyinchalik ularning qoplanish davri davomida bir tekis usulda yoki ishlab chiqarilgan mahsulot(bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmat)lar hajmiga mutanosib ravishda taqsimlanadigan xarajatlarning chorvachilikka tegishli qismi ham ushbu modda bo‘yicha hisobga olinadi. 9. «Chorva mollarini yaroqsizga (brakka) chiqarish va ularning nobud bo‘lishidan ko‘rilgan zararlar» moddasida boquvda turgan yosh va katta yoshdagi mollar, parrandalar, asalarilar, quyonlar va boshqa hayvonlarning nobud bo‘lishidan ko‘rilgan zararlar aks ettiriladi. Nobud bo‘lgan chorva mollari uchun aybdor shaxslardan undirib olinadigan summa va tabiiy ofatdan ko‘rilgan zararlar bu xarajatlar moddasiga yozilmaydi. Chorvachilikdagi ayrim tarmoqlarning o‘ziga xosligini hisobga olib, ularda qo‘shimcha xarajat moddalari ham belgilanishi mumkin. Parrandachilikda –«Inkubasiyaga quyilgan tuxumlar qiymati», baliqchilikda – «Suv havzalariga quyilgan baliqchalar qiymati», ipakchilikda – «Ipak qurti qiymati», qo‘ychilikda – «Jun qirqish punkti xarajatlari» mana shunday grafalar bo‘lishi mumkin. Bu grafalarning ko‘plari bo‘yicha xarajatlar oldindan alohida analitik schotlarda hisobga olinadi va belgilangan muddatlarda ko‘rsatilgan grafalar bo‘yicha mansubligiga ko‘ra xarajatlarni hisobga olish obektlariga o‘tkaziladi. Bundan tashqari, parrandachilakda, quyonchilikda, hayvonotchilikda, asalarichilikda katta yoshdagi parrandalar, quyonlar, hayvonlar o‘lati va nobud bo‘lgan asalari uyasi qiymatini (moddiy javobgar shaxslarning aybi bilan o‘lat tegishi va tabiiy ofatlar tufayli halok bo‘lishidan tashqari) aks ettirish uchun alohida grafalar belgilanadi. Chorvachilikdagi xarajatlarning analitik hisobi “Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish” qaydnomasida yuritiladi. Unda ishlab chiqarish xarajatlari yuqoridagi moddalar bo‘yicha guruhlanib, analitik hisob obektlari va tarkibiy bo‘linmalar bo‘yicha tuziladi hamda hujjatlar aylanish grafigiga muvofiq belgilangan muddatda markaziy buxgalteriyaga topshiriladi. Bu qaydnomada xarajatlarning miqdor va qiymat ko‘rsatkichlari yoziladigan qatorlar, hisob obektlari va tarkibiy bo‘linmalarni yozish uchun esa tegishli grafalar ajratilgan. Ishlab chiqarish xarajatlari qaydnomaga ikki xil: yil boshidan hisobot oyigacha va hisobot oyida kabi ko‘rsatkichlar ko‘rinishida yoziladi. Bu esa xarajatlarni nazorat qilish va yil davomidagi hamda yillik buxgalteriya hisobotini tuzishda mahsulot tannarxini hisoblash imkonini yaratadi. Qaydnoma uch qismdan iborat bo‘lib, bir yilga ochiladi. Uning birinchi, «Chorvachilik mahsuloti yetishtirish xarajatlari» bo‘limida barcha texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar (ishlangan kishi-soat, oziq-kunlar, sarflangan em-xashaklar) va boshqa xarajatlar chorvachilik hisob guruhlari bo‘yicha bir tizimga keltirilgan. Bu bo‘limda oylik xarajatlar asosiy xarajat moddalar bo‘yicha guruhlanib aks ettiriladi. Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, amortizatsiya ajratmalari, inventar va xo‘jalik jihozlari sarfi kabilar alohida ko‘rsatiladi. Xarajatlar to‘g‘risidagi jami ma’lumotlar bir oylik vayilboshidan o‘sib borish tartibida aks ettiriladi. Qaydnomaning ikkinchi «Chorvachilik mahsulotlar chiqishi» bo‘limida chorvachilikdan olingan asosiy va yordamchi mahsulotlar turlari, miqdori va reja tannarxi yoki shartnoma bahosi bo‘yicha aniqlangan qiymati, ya'ni 2012-«Chorvachilik ishlab chiqarishi» schotining krediti va boshqa korrespondensiyalanuvchi (1010-1090, 2010, 2810 va b.) schotlarning debetiga yoziladigan ko‘rsatkichlar aks ettiriladi. Bu bo‘limda aks ettirilgan ma’lumotlar moddiy boyliklarning harakati to‘g‘risidagi hisobot (121-shakl), hayvon va parrandalarning harakati to‘g‘risidagi hisobot (102-shakl), hayvonlarning harakatini hisobga olish daftari (34a-shakl), sog‘ilgan sutni hisobga olish jurnali (112-shakl) va shunga o‘xshagan hujjatlarda, hisobot davri ichida aks ettirilgan ko‘rsatkichlarga teng bo‘lishi kyerak. Bu hujjatning uchinchi bo‘limi muomalalarni oy oxirida 2012-«Chorvachilik ishlab chiqarishi» schotining kreditidan boshqa korrespondensiyalanuvchi schotlarning debetiga yozish uchun mo‘ljallangan. Oy oxirida bu ma’lumotlar 10-ASK jurnal-orderga o‘tkaziladi. Yig‘ma qaydnomada ko‘rsatilgan 2012-«Chorvachilik ishlab chiqarishi» schotining debeti va kreditiga yozilgan oylik summalarning jami jurnal-orderlarga asosan tuzilgan Bosh daftarning (18-ASK shakl)dagi 2012-schotdagi debet va kredit oborotlari yig‘indisiga teng bo‘lishi kyerak. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling