Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Chorvachilik xarajatlari, mahsulotlar chiqishini hisobga olish va tannarxini hisoblash


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

11.4. Chorvachilik xarajatlari, mahsulotlar chiqishini hisobga olish va tannarxini hisoblash 

Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizomning 18-
ilovasi (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 21.01.2008 y. 1-son va ½ 
son qarorlari bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatga olingan. № 1781, 26.03.2008 
y) 


11.4.1. Chorvachilik tarmog‘i tavsifi, hisobining vazifalari va uslubiy asoslari 
Chorvachilik tarmog‘i aholining sut, go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga, 
sanoatning esa xom-ashyoga bo‘lgan talabini qondiradi. Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida 
islohotlarning chuqurlashtirish natijasida chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari, 
mas'uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) va xususiy chorvachilik korxonalari rivojlanmoqda. 
Ushbu tarmoq rivojlanishidagi bunday yo‘nalish mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish, mehnat 
unumdorligini oshirish mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini arzonlashtirishga imkon 
yaratmoqda. 
Chorvachilik o‘simlikchilik bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i bo‘lib, 
uning tarkibiga sut va go‘sht yo‘nalishidagi qoramolchilik, qo‘ychilik, cho‘chqachilik, yilqichilik, 
parrandachilik, asalarichilik, quyonchilik, ipakchilik, baliqchilik va boshqalar kiradi. O‘z 
navbatida bu tarmoqlarning har biri mahsulotning ayrim turlarini yetishtirishga ixtisoslashgan 
holda muayyan ishlab chiqarishlarni: qoramolchilik – sut chorvachiligini hamda mol go‘shti, 
parrandachilik – tuxum hamda parhez go‘sht yetishtirishni o‘z ichiga oladi. 
Shunga ko‘ra, chorvachilikdagi xarajatlar ishlab chiqarish sohalari va turlari bo‘yicha 
farqlanadi. Bu esa buxgalteriya hisobida o‘z aksini topishi kyerak. 
Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi chorvachilikda ham ishlab chiqarish xarajatlari xilma-xil. 
Ular turli xildagi moddiy xarajatlarni (ozuqa, biopreparatlar, dori-darmonlar, turli Materiallar va 
hokazolar), sarflangan mehnat, asosiy vositalarning eskirishi va boshqalarni o‘z ichiga oladi. 
Demak, buxgalteriya hisobi chorvachilik xarajatlarini ularning turlari bo‘yicha qat'iy hisobga 
olishni ta'minlashi kyerak.
Chorvachilikda mablag‘larning doiraviy aylanishi dehqonchilikdagiga qaraganda muhim 
farq va xususiyatlarga ega. Tarmog‘da ishlab chiqarishning texnologik jarayoni muomalalarning 
bir maromda sodir bo‘lishi va bir xilligi bilan o‘simlikchilikdagidan farq qiladi. Bu xususiyatlar 
albatta, tabiiyki, xarajatlarni hisobga olishni tashkil etishga ta’sir ko‘rsatadi. 
Chorvachilikda, odatda, mablag‘lar sarflanishi va mahsulotlar olish davrlarida uzulishlar 
uzoq davom etmaydi. Shu bois, joriy yildagi barcha xarajatlar mazkur kalendar yilida ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarga tegishli bo‘ladi. Demak, buxgalteriya hisobida chorvachilik 
xarajatlarini, dehqonchilikdagi singari, yondash yillarga ajratish zaruriyati yo‘q. Chorvachilikdagi 
barcha xarajatlar joriy yil mahsulotlari uchun qilinadigan xarajatlar hisobga olinadigan schotlarda 
aks ettiriladi. 
Chorvachilikda dehqonchilikdagi singari bajariladigan ishlar ham xilma-xil bo‘lmaydi. 
Bunda ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bajariladigan ishlar (oziqlantirish, mollarga qarash 
va mahsulot olish)ning bir xilligi bilan tavsiflanadi. Bu ishlarning hammasi, odatda, uzluksiz 
davom etadi va vaqt bo‘yicha qat'iy chegaralanmaydi. Demak, buxgalteriya hisobida xarajatlarni 
mana shu belgilar bo‘yicha bo‘limlarga ajratish uchun ehtiyoj yo‘q. 
Nihoyat, chorvachilikda ishlab chiqarish jarayoni, odatda, bir joyga jamlangan bo‘ladi. 
Masalan, sut ishlab chiqarish sutchilik majmuilarida va hokazo. Shunday ekan, buxgalteriya 
hisobida xarajatlarni ayrim ishlab chiqarish bo‘linmalari bo‘yicha hisobga olishga ham ehtiyoj 
yo‘q.
Shunday qilib, chorvachilikda ishlab chiqarish xarajatlarini yondash yillar, ish turlari va 
ba'zan ishlab chiqarish bo‘linmalari kabi muhim belgilar bo‘yicha alohida-alohida hisobga olishga 
ehtiyoj yo‘q. Xarajatlarni chegaralash va tegishli yakuniy ma’lumotlar olish, odatda, ikki 
yo‘nalishda amalga oshiriladi: 
- ishlab chiqarishning asosiy turlari va chorva mollarining asosiy guruhlari bo‘yicha; 
- xarajatlarning asosiy turlari bo‘yicha; 
Ayrim hollarda masalan, qorako‘lchilik va parrandachilikda xarajatlar hisobi bo‘linmalari 
alohida tashkil etilishi mumkin. 
Xarajatlarni ishlab chiqarish turlari va chorva mollarining guruhlari bo‘yicha hisobga olish 
analitik hisob obektlarini to‘g‘ri tashkil etish hisobiga ta'minlanadi. Analitik hisob obektlari 
chorvachilikning asosiy tarmoqlari bo‘yicha, tarmoq ichida esa ishlab chiqarishning har bir 
turibo‘yicha yoki chorvamollarining guruhi bo‘yicha ochiladi. 


Xarajatlarni asosiy turlari bo‘yicha hisobga olish hisob registrlarini tegishli tarzda tuzish 
orqali ta'minlanadi. Xarajatlarni hisobga olish ko‘p grafali shakldagi registrlarda xarajatlarning har 
bir tarmog‘iga alohida grafa ajratilgan holda olib boriladi. 
Chorvachilik xarajatlarni hisobga olishda har xil uslublardan foydalanish ehtiyoji paydo 
bo‘lmaydi. Barcha zarur ma’lumotlar analitik hisob va hisob registrlarini odatdagicha tuzish orqali 
olinadi. 
Chorvachilik xarajatlari hisobining olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

xarajatlarni ishlab chiqarish turlari va chorva mollarning guruhlari bo‘yicha iqtisodiy 
asoslangan holda ajratish; 

yetishtiriladigan mahsulotning tannarxi shakllanadigan barcha xarajatlarni iqtisodiy jihatdan 
bir turdagi element va tarmoqlar bo‘yicha aniq ajratib chiqish; 

chorvachilikdan olingan mahsulotlarni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq aks ettirish; 

xo‘jalikning bo‘linmalari bo‘yicha xarajatlarni aniq aks ettirish; 

asosiy, yondash va qo‘shimcha mahsulotlar tannarxini iqtisodiy asoslangan holda hisoblash. 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling