Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Dehqonchilik xarajatlari va mahsulotlar olinishining dastlabki, analitik va sintetik
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
11.2.3. Dehqonchilik xarajatlari va mahsulotlar olinishining dastlabki, analitik va sintetik
hisobi Dehqonchilik xarajatlari va mahsulotlar olinishi to‘g‘risidagi barcha yozuvlar tegishli dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga asosan yoziladi. Bunday dastlabki hujjatlar to‘rt guruhga: mehnat, mehnat buyumlari va mehnat vositalari sarfi hamda mahsulot chiqishiga oid hujjatlar. Mehnat sarfini hisobga olish hujjatlarida dehqonchilik tarmog‘ida o‘stirilayotgan ekinlar bo‘yicha muayyan ishlarni bajarish uchun sarflangan mehnat va hisoblangan to‘lov aks ettiriladi. Mexanizatsiyalashtirilgan ishlarda traktorchi mashinistning hisob varaqalari (67- va 67-b shakllar), mexanizatsiyalashtirilmagan ishlarda mehnat hisobi va bajarilgan ishlar varaqalari (66- va 66-a shakllari) qo‘llanadi. Shuningdek, ishbay ishlarda ishlangan vaqtni hisobga olish uchun – ish vaqtini hisobga olish tabeli (64-shakl) qo‘llanadi. Mehnat predmetlari sarfi hisobga olinadigan hujjatlarda dehqonchilik tarmog‘ida sarflangan turli moddiy qiymatlar: urug‘lik, o‘g‘it, zaharli ximikatlar, gyerbisidlar, ehtiyot qismlar va hokazolarni qayd etadi. Ekishga sarflangan urug‘ va ekish Materiallari urug‘ va ekish matyerillarini sarflash dalolatnomasi (119-shakl), o‘g‘it, zaharli ximikat va gyerbisidlar sarfi – ma'danli, organik va baktyerial o‘g‘itlar zaharli ximikatlar va gyerbisidlarni ishlatish to‘g‘risida dalolatnoma (118-shakl), mayda inventar va buyumlar – ishlab chiqarish va xo‘jalik inventari va buyumlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (126-shakl) bilan rasmiylashtiriladi va hokazo. Dastlabki hujjatlar ko‘rsatkichlari oy oxirida moddiy qiymatlar harakati haqidagi hisobotlarda (121-shakl) umumlashtiriladi, shundan so‘ng bo‘linmalarning ishlab chiqarish hisobotlariga moddiy qiymatlar sarfi haqida tegishli yozuvlar kiritiladi. Mehnat vositalari sarfini hisobga olish hujjatlari dehqonchilik tarmog‘ida foydalanilgan mehnat vositalari bo‘yicha xarajatlar, xususan hisoblangan amortizatsiya ajratmalari aks ettiriladi. Bunga amortizatsiyani hisoblash va taqsimlash bo‘yicha turli hisob-kitoblar: yil boshidagi holatiga ko‘ra asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalar hisob-kitobi kelib (52-shakl) tushgan va chiqib ketgan asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari hisob-kitobi (60-shakl), bir oylik amortizatsiya ajratmalarini hisoblash qaydnomasi (62-shakl), dehqonchilik tarmog‘idagi asosiy vositalari bo‘yicha hisoblangan amortizatsiyasi taqsimlash qaydnomasi (63-shakl). Bu guruh bilan asosiy vositalarni joriy ta'mirlash bo‘yicha hujjatlar uzviy boglangan. Bularga mashinalarni ta'mirlash uchun defektlar qaydnomasi (130-shakl), joriy ta'mirlash xarajatlarini taqsimlash qaydnomasi taalluqlidir. Mahsulotlar chiqishini hisobga olish bo‘yicha hujjatlar: don, texnik ekinlar, sabzavot, meva, ozuqa kabi dehqonchilik tarmogi mahsulotlarini kirim qilish qayd etiladi. Bularga: don ekinlari bo‘yicha – don va boshqa mahsulotlarni daladan jo‘natish qaydnomasi (77-shakl), mahsulotni daladan olib chiqish yo‘llanmasi (77-a-shakl), donni talonli hisobga olish usulida talonlar (77-b,77-v,77-g-shakl), don va boshqa mahsulotlarni qabul qilish reestri (78-shakl), donni tarozibon tomonidan qabul qilish reestri (78-a-shakl), don va boshqa mahsulotlar harakati qaydnomasi (80-shakl); kartoshka, sabzavot, meva, rezavor meva va boshqa ekinlar bo‘yicha - qishloq xo‘jalik mahsulotining kelib tushish qaydnomasi (82-shakl), yopiq yerga ekilgan mahsulotning kelib tushish qaydnomasi (83-shakl), bog‘dorchilik mahsulotlarini kelib tushish qaydnomasi (84-shakl); ozuqa ekinlari bo‘yicha – dag‘al va shirali ozuqalarni qabul qilish dalolatnomasi (92-shakl), yaylov ozuqalarini kirim qilish dalolatnomasi (93 va 93-a-shakllari) kiradi. Dehqonchilik tarmog‘ida xarajatlarni hisobga olish bo‘yicha ham, mahsulotlar chiqishini hisobga olish bo‘yicha ham ko‘p miqdordagi xilma-xil hujjatlardan foydalaniladi. Har bir guruh hujjatlaridagi ma’lumotlar ularga ishlov berilganda ma'lum belgilariga ko‘ra hujjatlarning harakatlanishi va ishlatilish tavsifiga ko‘ra bir tizimga solinadi. Mehnat sarflari hisobga olinadigan hujjatlarning ma’lumotlari ish haqi hisoblash va to‘lash uchun har bir xodim hamda xodimlar toifasi bo‘yicha ish haqi fondidan foydalanishni nazorat qilish maqsadida umumlashtiriladi. Mehnat predmetlarini hisobga olinadigan hujjatlarning ma’lumotlari moddiy javobgar shaxslar hamda moddiy qiymatlarning kelib tushishi va sarflanishi yo‘nalishlari bo‘yicha bir tizimga solinadi. Mehnat vositalarining sarflanishi hisobga olinadigan hujjatlarning ma’lumotlari bir turdagi asosiy vositalar guruhlari va turlari hamda asosiy vositalardan foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha bir tizimga solinadi. Mahsulotlar chiqishi hisobga olinadigan hujjatlar ma’lumotlari mahsulot turlari, moddiy javobgar shaxslar, mahsulotning kelib tushish va sarflanish yo‘nalishlari bo‘yicha bir tizimga solinadi. Shuningdek, dehqonchilik sohasidagi barcha hujjatlarning ma’lumotlari xarajatlarni hisobga olish obektlari – ish turlari hamda ekinlar (ekin guruhlari) bo‘yicha albatta bir tizimga keltiriladi. Bunday bir tizimga keltirishda maxsus ishlab chiqilgan jamg‘arma qaydnomalar va jurnallardan foydalaniladi. Masalan, yuqorida aytib o‘tilgan mehnat sarflari to‘g‘risidagi va boshqa ayrim hujjatlarning ma’lumotlari yuqorida ko‘rib chiqilgan, ta'mirlash ustaxonasidan foydalanish, jamg‘arma qaydnomasi (73-shakl) hamda ish va boshqa xarajatlarni hisobga olish jurnalida (37-shakl) to‘planadi. Ish va xarajatlarni hisobga olish jurnallari ishlab chiqarish bo‘linmalarida yuritiladi. Ularda har bir ekin (ekinlar guruhi), bajariladigan ishlar va hisobning boshqa obektlari uchun taxmin qilinayotgan yozuvlar miqdoriga ko‘ra sahifalar ajratiladi. U yoki bu ekinga taalluqli ish turlari texnologik kartaga muvofiq tarzda yoziladi. Har bir hisob obekti bo‘yicha bajarilgan ishlarning hajmi naturada hamda shartli etalon gektarga aylantirib, ishlangan vaqt soatlarda va hisoblab o‘tkazilgan to‘lov (traktorchilar va boshqa xodimlar bo‘yicha alohida-alohida), yoqilg‘i sarfi (norma bo‘yichava haqiqiysi), yorug‘lik va ekish Materiallarining sarfi va boshqa xarajatlar qayd etiladi. Ish va xarajatlarni hisobga jurnali dastlabki hujjatlar asosida, ta'mirlash ustaxonasi xarajatlari bo‘yicha esa ta'mirlash ustaxonasidan foydalanish jamg‘arma qaydnoma (37-a-shakl) asosida qilinadi. Dehqonchilik tarmog‘ida qilingan xarajatlar va yetishtirilgan mahsulotlar 2010- «Dehqonchilik» schotida hisobga olinadi. Bu schot debetida mahsulot yetishtirish uchun qilingan xarajatlar hisobga olinsa, kreditida esa yetishtirilgan mahsulotlarning reja tannarxida baholanganqiymati va yil oxirida reja tannarxi bilan haqiqiy tannarx o‘rtasidagi tafovut aks ettiriladi. Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari yil oxirida ushbu schot debetida qoldiq tarzida aks ettirilib, yillik balansda ko‘rsatiladi. Boshqaruv buxgalteriya hisobini tashkil etishda xo‘jalik bo‘yicha xarajat obektlarini to‘g‘ri belgilab olish muhim ahamiyatga ega. Dehqonchilikda xarajat obektlari bo‘lib ekin turlari yoki guruhlari, ishlar, taqsimlanadigan xarajat turlari va boshqa obektlar hisoblanadi. Dehqonchilikda xarajatlar va olingan mahsulotlarning analitik hisobi “O‘simlikchilik xarajatlari va mahsulotlari chiqishini hisobga olish qaydnomasi”da yuritiladi. Ushbu qaydnoma ma’lumotlari xarajat limitlariga rioya qilinishini nazorat qilish hamda butun xo‘jalik bo‘yicha analitik va sintetik hisobni tashkil etish uchun foydalaniladi. Qaydnomada xarajatlar har oyda o‘simliklar (o‘simlik guruhlari) va tegishli xarajat moddalari bo‘yicha bir oylik va yil boshidan o‘sib boruvchan tartibda aks ettirib boriladi. Ayrim o‘simliklarni parvarishlash uchun qilingan xarajatlarni hisobga olishga mo‘ljallangan analitik schotlardan tashqari, mustaqil hisob obektlarini aks ettirish uchun quyidagi analitik schotlar ochiladi: «O‘simlikchilikda ishlatilgan asosiy vositalar bo‘yicha taqsimlanmagan amortizatsiya ajratmalari», «o‘simlikchilikda ishlatilgan asosiy vositalarning taqsimlanadigan joriy ta'mirlash xarajatlari», «taqsimlanadigan sug‘orish xarajatlari», «sho‘r yuvish xarajatlari» va h.k. Bu analitik schotlarda o‘simlik turlari (o‘simlik guruhlari) ga bevosita o‘tkazib bo‘lmaydigan tegishli xarajatlar yil davomida to‘planib boradi. O‘simlik va ish turlari bo‘yicha guruhlangan jami ma’lumotlar oy oxirida ishlarni va xarajatlarni hisobga olish jurnali (37-shakl) dan qaydnomaga o‘tkaziladi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling