Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
11.4-jadval
Bahorgi issiqxonada yetishtirilgan mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiyalash Ekin turlari Ko‘rsatkichlar Bodring Pomidor Barra piyoz Hammasi yer maydoni, m 2 1000 1100 1000 3100 Vegetatsiya davri, kun 120 100 42 X Kvadrat-metr kunlar 12000 111000 42000 272000 Bevosita xarajatlar (urug‘lik-ko‘chat va h.) 80000 58000 194000 332000 Bilvosita (taqsimlanadigan) xarajatlar - - - 4129500 1kv.m tannarxi, so‘m - - - 1332 Xarajatlarning ekin turlariga taqsimlanishi 1800000 1700000 629500 4129500 Jami xarajat, so‘m 1880000 1758000 823500 4461500 Olingan mihsulot, kg 1253 976 1830 X 1kg mahsulot tannarxi, so‘m 1500 1801 450 X Issiqxonalardan olingan mahsulotlar standart va nostandart mahsulotlarga ajratilib, kirim qilinadi. Nostandart mahsulotlar mavjud bo‘lganida xarajatlarni ushbu sifat guruhlari o‘rtasida (ularning tannarxini alohida hisoblash maqsadida)umum belgilangan tartibda, ya'ni mahsulotlarning bozor bahosi bo‘yicha aniqlangan qiymatiga mutanosib amalga oshiriladi. Ta'kidlash joizki, qishki issiqxonalarda yil oxiriga tugallanmagan ishlab chiqarish summalari qolishi mumkin. Bu holda uni aniqlash va shu bilan barcha xarajatlarni olingan mahsulotlar va yil oxiriga o‘stirishda mahsulotlar o‘rtasida taqsimlash zarurati vujudga keladi. Tugallanmagan ishlab chiqarishni baholash umum belgilangan tartibda amalga oshiriladi, ya'ni vegetatsiya jurnali ma’lumotlariga muvofiq parvarishlanayotgan ekinlar bo‘yicha kvadrat-metr-kunlar soni va ekish Materiallari qiymati hisob-kitob qilinadi. Shunga asosan tugallanmagan ishlab chiqarishga taalluqli xarajatlar aniqlanadi. Sabzavot mahsulotlari yetishtirish uchun parniklardan foydalanilganda issiqxonalardagi kabi, urug‘lik va ko‘chat Materiallari qiymati bevosita parvarishlanayotgan ekinlarga olib boriladi. Qolgan xarajatlar esa rom-kunlar soniga mutanosib taqsimlanadi. Rom-kunlar mazkur ekin turi uchun ishlatiladigan romlar sonini uning vegetatsiya davri (kunlar soni)ga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Parniklarda yil davomida romooborotlar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun amaldagi qoidalarda taqsimlanadigan xarajatlarni yil bo‘yicha umumiy yillik va siklli xarajatlar bo‘yicha ajratish ko‘zda tutilgan. Siklli xarajatlarga tuproq tashib keltirish,parniklarni bioyoqilg‘i bilan to‘ldirish va boshqa xarajatlar kiradi. Ular faqat ramooborot yetishtirilgan mahsulotlarga tegishli bo‘ladi (odatda, 1 maygacha bo‘lgan davrda). Bu ko‘proq ko‘rsatilgan davrdan so‘ng tabiiy issiqlik yetarli darajada bo‘lishi va keyingi romooborotlarda bioyoqilg‘idan foydalanishga zarurat yo‘qligi bilan izohlanadi. Yillik xarajatlar - bu tegishli ekinlarni parvarishlash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar. Ular har qanday romooborotga bir xil me’yorda olib boriladi. Shunday qilib, parniklarda birinchi romooborotda sabzavot mahsulotlari yetishtirish bo‘yicha umumiy xarajatlar summasi bevosita, siklli va umumiy yillik xarajatlarga, keyingi romooborotlarda yetishtirilgan mahsulotlarga doir xarajatlar bevosita va umum yillik xarajatlarga bo‘linadi. Parnikda yetishtirilgan sabzavot mahsulotlari tannarxini hisoblash metodikasini fermer |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling