Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Bog‘dorchilik va uzumchilik mahsulotlarining tannarxini hisoblash
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
11.3.6. Bog‘dorchilik va uzumchilik mahsulotlarining tannarxini hisoblash
Meva-sabzavotchilik shirkat xo‘jaliklari tugatilib, ular negizida ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari tashkil etilishi natijasida bog‘dorchilik va uzumchilik sezilarli darajada rivojlanmoqda. Ishlab chiqarishni samarali boshqarish, xususan, mahsulotlar tannarxini to‘g‘ri shakllantirish va uning dinamikasini nazorat qilish, norma va normativlarning haqqoniyligini baholash, tannarxni pasaytirish imkoniyatlarini aniqlash, mahsulotlarga baho belgilash hamda uni tezkor qayta ko‘rib chiqish masalalarini ta'minlaydigan tannarx hisoblash uslubini shakllantirish lozim. Bu borada professor N.Yu.Jo‘raev haqli ta'kidlagan: “Mahsulotlar tannarxini hisoblash uchun har bir mahsulot turini ishlab chiqarish samaradorligini ishonchli aniqlashga imkon beradigan uslub zarur” 9 . Darhaqiqat, har bir muayyan sharoit uchun tannarx hisoblashning maqsadga muvofiq uslubi zarur. Masalan, hajmi nisbatan kichik meva-sabzavotchilik fermer xo‘jaliklarida bog‘lar maydoni unchalik katta bo‘lmasdan, asosan bir turdagi meva etishtiriladi. Shuning uchun ushbu tarmoq xarajatlari bitta –“Bog‘dorchilik” analitik schotida butunligicha hisobga olinishi mumkin. Ushbu analitik schotda bog‘larni parvarishlash, hosilni yig‘ishtirish va hosil yig‘ishtirilgandan so‘ng hisobot yili oxirigacha bog‘da bajariladigan ishlar, barcha turdagi daraxtlar va butazorlar bo‘yicha parvarishlash hamda hosilni yig‘ishtirish xarajatlari aks ettiriladi. Natijada, bunday fermer xo‘jaliklarida bog‘dorchilik mahsulotlari bir sentnerining tannarxi bir butunligicha hisoblanadi. Buning uchun barcha xarajatlar kirimga olingan mahsulotlarning umumiy miqdoriga (ularni turlarga ajratmasdan) bo‘linadi. Masalan, fermer xo‘jaligida hisobot yilida xarajatlar 6510000 so‘mni tashkil etib, 186 sentner mahsulot kirim qilingan. Bunda bog‘dorchilikdan olingan 1 sentner mahsulotning haqiqiy tannarxi: 6510000:186=35000 so‘m. Bog‘dorchilik mahsulotlarining har bir turi bo‘yicha alohida tannarx hisoblash zarur bo‘lganida xarajatlar har bir mahsulot turining bozor bahosi bo‘yicha aniqlangan umumiy qiymatidagi ulushiga mutanosib taqsimlanishi mumkin. Agar bog‘dorchilik xarajatlari 26354000 so‘m bo‘lib, olingan barcha mahsulotlarning bozor bahosi bo‘yicha qiymati 63540000 so‘mni tashkil etsa, u holda taqsimlash koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi: 26354000:63540000=0,4147 So‘ngra har bir mahsulotning bozor bahosi bo‘yicha qiymatini ushbu koeffitsient (0,4147)ga ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulot turiga tegishli xarajat summasi aniqlanadi. Aniqlangan summa ushbu ekin turidan olingan mahsulot miqdoriga bo‘linib, har bir mahsulot turi birligining haqiqiy tannarxi hisoblanadi. Agar bog‘ning qator oralariga sabzavot ekilgan bo‘lsa, u holda ushbu ekinlar bo‘yicha barcha xarajatlar alohida “Sabzavotchilik” analitik schotida aks ettirilib, bog‘dorchilik xarajatlariga qo‘shilmaydi. Voyaga yetmagan va foydalanishga qabul qilinmagan yosh bog‘lardan meva va rezavor mevalar olinganda, ular sotish mumkin bo‘lgan baholarda qabul qilinishi mumkin. Ushbu baho summasidan yosh bog‘larni parvarishlash xarajatlari chegirib tashlanadi. Natijada, yosh bog‘lardan olingan mahsulot tannarxi ularni parvarishlash va hosilni yig‘ishtirish xarajatlaridan oshib ketmasligi mumkin (11.7-jadval). Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling