Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Chorvachilikda xarajatlar hisobining obektlari va moddalari
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
11.4.2. Chorvachilikda xarajatlar hisobining obektlari va moddalari Chorvachilikka qilingan xarajatlar va undan olinadigan mahsulotlar hisobi olish 2012- «Chorvachilik ishlab chiqarishi» operatsion va tannarxni hisoblash schotida olib boriladi. Ushbu schotning debeti bo‘yicha xarajatlar, krediti bo‘yicha esa – mahsulotlarning chiqishi aks ettiriladi. Ushbu schot bo‘yicha xarajatlar chorvachilikning quyi tarmoqlari doirasida chorva mollarining ayrim turlari va guruhlari sifatida hisob obektlariga ajratib hisobga olinadi. Schot bo‘yicha hisobga olish nomenklaturasi quyidagicha: Chorvachilikda qoramol – sut chorvachiligi; asosiy poda, barcha yoshdagi yosh chorva mollar va bo‘rdoqiga boqilayotgan mollar, sigir va g‘unajinlar yetishtirish (ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarda bir maqsadni ko‘zlab yetishtirish). Qoramol – go‘sht chorvachiligi: asosiy poda, 8 oylikdan katta bo‘lgan yosh mol va bo‘rdoqiga boqilayotgan mol. Buqalar: buqalarning asosiy podasi, boquvga qo‘yilgan har xil yoshdagi buzoqlar va katta yoshdagi buqalar. Qo‘ychilikda xarajatlar hisobi uning yo‘nalishlari – mayin junli, yarim mayin junli, yarim dag‘al junli, dag‘al junli, qorako‘l tyeri vabarra tyeri bo‘yicha yuritiladi: Parrandachilikda tuxum qo‘yadigan tovuqlar: katta yoshli tuxum qo‘yadigan tovuqlar; go‘sht uchun boqiladigan tovuqlar, 1 kunlikdan 150 kunlikkacha bo‘lgan jo‘jalar. Go‘sht va go‘sht – tuxum yo‘nalishidagi tovuqlar: katta yoshli ona tovuqlar; 1 kunlikdan 180 kunlikkacha bo‘lgan yosh tovuqlar; jo‘ja (broylyer)lar. Parrandalarning boshqa turlari (o‘rdaklar, g‘ozlar, kurkalar va b.) bo‘yicha hisob ikki guruhga ajratib yuritiladi: katta yoshdagi va barcha yoshdagi yosh parrandalar. Inkubatorlardagi tuxumlar parrandalar turi bo‘yicha hisobga olinadi. Yilqichilikda (otlar, eshaklar, xachirlar) naslchilik: nasldor (zotli) otlarning asosiy podasi, zotli toychalar (tug‘ilgan yili bo‘yicha). Ishlatiladigan yilqichilik (sut beradigan va uyurdagi yilqilar): asosiy poda, barcha yoshdagi uyurdan ajratilgan yosh yilqilar. Yosh ishchi otlarni yetishtirish alohida hisobga olinadi (katta yoshdagi ishchi otlar bosh soni bo‘yicha xarajatlar 2310- schotda hisobga olinadi). Tuyachilikda xarajatlarni hisobga olish ikki guruh bo‘yicha yuritiladi: asosiy poda, barcha yoshdagi bo‘taloqlar, bo‘rdoqiga boqiladigan tuyalar. Barcha guruh hayvonlar birgalikda saqlanganda xarajatlar hayvonlarning barcha guruhlari bo‘yicha birlashgan holda hisobga olinadi. Quyonchilikda va mo‘ynali hayvonlarda. Ishlab chiqarish yo‘nalishlari bo‘yicha (go‘sht, tyeri, tivit) hisobga olinadi. Mo‘ynali hayvonlar hayvon turlari bo‘yicha ikki guruhga asosiy poda va yosh hayvonlarga bo‘lingan holda hisobga olinadi. Cho‘chqachilikda chuchqaning asosiy podasi, ikki oylikdan to‘rt oylikkacha bo‘lgan yosh cho‘chqalar, to‘rt oylikdan katta bo‘lgan yosh cho‘chqalar va bo‘rdoqiga boqilayotgan cho‘chqalar. Ixtisoslashtirilmagan xo‘jaliklarda xarajatlar hisobi tarmoq bo‘yicha umumiy yuritiladi. Baliqchilik, asalarichilik, ipakchilik hayvonlar va parrandalarni sun'iy qochirish. Baliqchilikda: umuman tarmoq bo‘yicha ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarda semirtiriladigan va pitomnik havzalari bo‘yichaalohida. Asalarichilikda – asalari boqish, asal, asal changlatish, changlatish bo‘yicha. Ipakchilik – umuman tarmoq bo‘yicha. Sun'iy urchitish – hayvonlar turi bo‘yicha nasl beruvchilar (spyerma olish). Chorvachilikda analitik schotlar hayvonlar guruhlarining turlari yoki yosh-jinslari bo‘yicha ochiladi. Biroq, ayrim hollarda mahsulot tannarxini yanada aniqroq hisoblash maqsadida yondash mahsulotlarning ayrim turlari bo‘yicha to‘g‘ri xarajatlarni alohida hisobga olish uchun qo‘shimcha analitik schotlar ochiladi. Masalan, qorako‘lchilikda qo‘shimcha analitik schotlar ochilishi mumkin: qo‘ylarning junini qirqish bo‘yicha xarajatlar va qorako‘l tyerilari olish bo‘yicha xarajatlar. Birinchisiga jun qirqish punktini saqlash, jun qirquvchilar mehnatiga haq to‘lash, junni markalash, saralash va tashish bo‘yicha xarajatlar kiradi; ikkinchisiga - qo‘zichoqlarni so‘yish, dastlabki ishlov berish, tyerilarni oshlash va tashish xarajatlari kiradi. Natijada jun va qorako‘l tyerining tannarxini aniq belgilash imkoni yaratiladi. Chorvachilikdagi ayrim analitik schotlarda ozuqa tayyorlash xonalari va sexlarida ozuqa tayyorlash bo‘yicha xarajatlar hisobga olinadi. Belgilangan muddatlarda hisobga olingan xarajatlar bu schotlardan chiqarib tashlanadi va hayvonlarni parvarish qilish bo‘yicha xarajatlar obektlari schotiga tayyorlangan (berilgan) ozuqa miqdoriga mutanosib taqsimlanadi. Dehqonchilikdan farq qilgan holda chorvachilik bo‘yicha yil oxiriga, odatda, tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘lmaydi. Bu shu bilan bog‘liqki, chorvachilikning asosiy tarmoqlari hisoblangan qoramolchilik, qo‘ychilik va boshqalar bo‘yicha har bir yildagi qilingan xarajatlarni shu yilda olingan mahsulotlar tannarxiga olib boriladi. Lekin, chorvachilikning parrandachilik, baliqchilik, yilqichilik, asalarichilik kabi ayrim tarmoqlarida yil oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘lishi mumkin. Masalan, agar parrandachilikda tuxumlar inkubatorga joriy yilning 10 dekabridan keyin quyilib, yil oxirigacha jo‘jalar ochib chiqarilmagan bo‘lsa, tuxumlar va ularni inkubatorga quyish xarajatlari keyingi yilga o‘tadi. Asalarichilikda tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlariga asalarilar qishlashi uchun uyalarida qoldirilgan asal qiymati; baliqchilikda – keyingi yilga o‘tadigan baliqlarni urchitish xarajatlari; tuyachilikda esa birinchi bo‘g‘oz bo‘lib, keyingi yilda tug‘adigan tuyalarni saqlash uchun qilingan xarajatlar kiritiladi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling