12.8. Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobi
Dargumon qarz - bu korxonaga o‘z vaqtida kelib tushmagan yoki kelib tushishi bo‘yicha
kafolat bilan ta’minlanmagan debitor qarzlar. Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobot davri
oxirida korxona debitor qarzlari bo‘yicha o‘tkazilgan inventarizatsiya natijalari asosida tashkil
etiladi. Tashkil etiladigan rezerv summasining miqdori qarzdorning moliyaviy holatiga bog‘liq
ravishda va qarzning qisman yoki to‘liq kelib tushish ehtimolini inobatga olgan holda har bir
qarzdor bo‘yicha alohida aniqlanadi.
Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar, odatda, korxona foydasi hisobidan tashkil etiladi.
Ushbu turdagi rezervlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan tashkil etiladi.
Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobini yuritishda 4910-«Dargumon qarzlar
bo‘yicha rezervlar» hisobvarag‘idan foydalaniladi. Ushbu hisobvaraq kontraktiv bo‘lib, uning
kreditida rezervni tashkil etish muomalalari aks ettirilsa, debetida undan foydalanish ko‘rsatiladi.
Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar summasi tashkil etilganida quyidagicha provodka
beriladi:
D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»
K-t 4910-«Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar».
Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobi 11, 12, 15-jurnal-orderlarda va 16-
qaydnomada yuritiladi.
4910-«Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar» hisobvarag‘i bo‘yicha hisobvaraqlar
korrespondentsiyasi
№
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
Hisobvaraqlar
korrespondentsiyasi
debet
kredit
1.
Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar tashkil etildi
9430
4910
2.
Berilgan bo‘naklar bo‘yicha dargumon qarzlarning hisobdan
chiqarilishi
4910
4310
3.
Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar hisobidan xaridor va
buyurtmachilar qarzlarining hisobdan chiqarilishi
4910
4010
4020
5.
Hisobot yilida foydalanilmagan dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar
summasi kelgusi yil foydasiga o‘tkazildi
4910
9390
Do'stlaringiz bilan baham: |