15.2. Turli kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobi
Korxonaning turli kreditorlardan bo‘lgan qarzlari tarkibiga moliyalanadigan va operativ
lizinglari bo‘yicha to‘lanadigan summalar, to‘lanadigan foizlar, royalti va gonorarlar bo‘yicha
qarzlar, da’volar bo‘yicha to‘lanadigan schetlar, hisobdor shaxslardan bo‘lgan qarzlar va boshqa
majburiyatlar kiradi. Bunday muomalalarning hisobi 6900 -«Turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni
hisobga oluvchi schetlar» scheti bo‘yicha ochilgan (6910, 6920, 6930, 6940, 6950, 6960, 6970 va
6990) schetlarida aks ettiriladi.
4000, 4100, 4300, 4610, 4800, 6100, 6300, 6500, 6600, va 6900-schetlar bo‘yicha analitik hisob 7-
vedomostda yuritiladi. Quyida bu vedomostning shakli keltiriladi (58-betga qaralsin).
Boshka schetlar bo‘yicha ham shu shaklda 7-vedomost yuritiladi. Oy oxirida analitik hisob vedomosti
bo‘yicha jami chiqarilib keyingi oy boshiga holdiq yoziladi. Kredit oborotlari korrespondentlanuvchi
schetlar doirasida 7-vedomostdan 4000, 4100, 4300, 4700, 4800, 6100, 6400, 6900 va boshqa
schetlarning krediti bo‘yicha 8 - jurnal-orderga yozib qo‘yiladi. 4100, 4700 schetlar bo‘yicha
yozuvlar jurnal-orderda bir qatorda ko‘rsatiladi, 4800, 6900 - schetlar bo‘yicha bir oyligi jamlab
yoziladi. 4100, 6100, 6400 - schetlar bo‘yicha sintetik va analitik hisob birga ko‘rsatiladi.
Deponentlangan summalarning analitik hisobi har bir ish haqisini talab qilib olmaganlar bo‘yicha
yoki deponent summasini berilganligi to‘g‘risida belgi qo‘yadigan grafa ko‘rsatilib tuzilgan reestrda
yoki deponentlangan ish haqi daftarida (8-a shakli) yuritiladi.
Deponentlangan summa kassadan chiqim kassa orderiga asosan beriladi.
Xodimlar ta’tilga, pensiyaga chiqishlarida va ishdan bo‘shayotgan hollarda, ish haqi berish uchun
belgilangan kunni kutmasdan, ish haqi ta’tilga chiqish, ishdan bo‘gdagd, pensiyaga chiqish kunidan
keyingi kundan kechiktirilmay berilishi kerak. Bunday to‘lovlar hisoblashish davri orasidagi to‘lovlar
deyiladi. Ushbu maqsadlar uchun pul kassa chiqim orderlari yoki (uch va undan ortiq xodimlar bo‘lsa)
to‘lov vedomostlariga asosan beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |