Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 MAVZU. KREDIT MUOMALALARINI HISOBGA OLISH


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

16 MAVZU. KREDIT MUOMALALARINI HISOBGA OLISH 
 
16. Bank kreditlari bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi 
Korxonalar o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lmaganida bankdan kredit mablag‘lari yoki boshqa 
yuridik va jismoniy shaxslardan qarz mablag‘lari olishlari mumkin. 
Kredit – bu vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini ma’lum muddatga, haq to‘lash sharti bilan 
qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. 
Kreditlash orqali aholining, korxonaning va davlatning bo‘sh turgan pul mablag‘lari 
banklarda to‘planadi hamda muayyan haq evaziga vaqtincha foydalanish uchun xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlarga beriladi. Ma’lumki, ishlab chiqarish vositalari ko‘rinishidagi kapitalning tarmoqdan-
tarmoqqa o‘tish imkoniyatlari juda cheklangan, lekin iqtisodiyotda har doim iqtisodiy resurslarni, eng 
avvalo kapitalni, tarmoqlar o‘rtasida qayta taqsimlash zaruriyati mavjud bo‘ladi. Bu vazifani eng 
oqilona tarzda kredit mexanizmi va uning tarkibiy qismi bo‘lgan bank krediti ado etadi. Bank krediti 
vositasida moliyaviy resurslar pul kapitali sifatida jamlanadi hamda tarmoqlar va mahsulot ishlab 
chiqaruvchi korxonalar o‘rtasida bozor talablari asosida taqsimlanadi, kreditni belgilangan muddat 
davomida qaytarish va kreditdan foydalanganlik uchun muayyan haq to‘lash zarurligi kreditga 
olingan mablag‘lardan yuqori samara bera oladigan faoliyat sohalarida foydalanishga majbur etadi. 
Shunday qilib, kredit iqtisodiy samaradorlik darajasini oshirishga xizmat qiladi. Bank kreditining 
muhim vazifalaridan biri bu ishlab turgan korxonalar mablag‘larini doiraviy almashtirishning 
uzluksizligini ta’minlashdan iborat. Bu asosan qisqa muddatli kreditlash vositasida amalga oshiriladi.
Bank krediti korxonalar faoliyati samaradorligi oshirishga xizmat qilishi tufayli iqtisodiyotda 
foydaning kapitallashuvi jarayonlarini tezlashtiradi. Bank krediti mamlakatda pul massasining hajmi 
va tarkibiga, to‘lov oborotiga, pul muomalasi tezligiga juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bank 
obligatsiyalari, sertifikatlar va boshqa muddatli, majburiyatli qimmatli qog‘ozlar chiqarish orqali 
kredit pullarini vujudga keltirdilar. Berilgan kredit mablag‘lari bilan bir qatorda kredit pullari ham 
mamlakatda jami talabga ta’sir ko‘rsatadi va jami milliy mahsulot sotilishini tezlashtiradi. Bank 
krediti davlat tomonidan tartibga solinadi. Kreditlash tartib qoidalarini o‘z vakolatlari doirasida 
Markaziy bank belgilaydi. Muayyan tarmoqlar va sohalarning rivojlanishini rag‘batlantirish 
maqsadlarida qarz oluvchilar turli guruhlariga davlat kafolatlari va imtiyozlari joriy etiladi. Kreditdan 
mamlakat eksport potentsialini yuksaltirish, uy-joy qurilishi kapital qo‘yilmalarini rag‘batlantirish, 
regionlarni jadal rivojlantirish maqsadlarda foydalanishi mumkin. Tijorat banklarining kreditlari 
yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin.
Qaytarilish muddatlariga ko‘ra kreditlar qisqa muddatli (1 yilgacha), o‘rta muddatli (1 yildan 
5 yilgacha) va uzoq muddatli (5 yildan ortiq) kreditlarga bo‘linadi. Ta’minlanganligiga qarab bank 
kreditlari garovli, kafolatli va sug‘urtalangan kreditlarga bo‘linadi. Ta’minlanishi talab etilmasdan 
berilgan kreditlar ishonch krediti deb yuritiladi. Bank krediti muddatlilik berilishi 
tabaqalashtirliganligi, ta’minlanganligi va to‘lovliligi qoidalari asosida beriladi. Muddatlilik kreditga 
berilgan mablag‘lar qaytarilishni ta’minlanishining zaruriy vositasidir.
Qat’iy belgilangan muddatda qaytarilmagan kredit pul muomalasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Chunki, u muomalada tovar ta’minotiga ega bo‘lmagan pul mavjudligini bildiradi. Kreditga berilgan 
pul mablag‘i bankka qaytib kelmasligi sababli shu kredit resurslaridan boshqa xo‘jalik yuritish 
sub’ektlari mahrum etiladilar. Tijorat bankining likvidligi yomonlashadi. Bulardan tashqari 
qarzdorning o‘zi ham bankdan yangi kredit olish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi va kechiktirilgan 
kredit uchun oshirilgan foizlar to‘lashga majbur bo‘ladi.
Tijorat banki kredit berishda mijozlarning moliyaviy ahvoli, balansning likvidligi, o‘z 
mablag‘lariga ega ekanligi, hozirda va kelajakda rentabellik darajasi kreditdan samarali foydalanish 
va uni qaytarish imkoniyatlarini xarakterlovchi boshqa sifatlarni e’tiborga olishi lozim. Bank kredit 
berishda har bir mijozga alohida yondoshadi. Kreditning to‘lovligi qarzdor bankka kreditdan 
foydalanganligi uchun haq to‘lash lozimligini bildiradi. To‘lanadigan haq kredit summasiga nisbatan 
foizda belgilanadi. Bank amaliyotida yillik (kreditdan 1 yil foydalanganlik uchun foiz darajasi) yoki 


oylik (kreditdan 1 oy foydalanganligi uchun foiz darajasi) foizlar qo‘llaniladi. Kredit uchun foiz 
darajasi o‘z mohiyatiga ko‘ra kreditning bahosidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida qarzga berilayotgan mablag‘ o‘ziga xos tovarga aylanadi. Bu 
tovarning boshqa tovarlardan farqi shundaki, uning o‘zi emas balki undan foydalanish imkoniyati 
(huquqi) sotiladi va buning uchun foiz ko‘rinishida haq to‘lanadi. Kreditning to‘lovligi qarz 
oluvchilarni imkoni boricha o‘z mablag‘laridan foydalanishga majbur qiladi. Olingan foiz vositasida 
bank o‘z xarajatlarini qoplash va jalb etilgan mablag‘ egalariga foiz to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bank krediti uchun foiz nominal va real darajasini farqlash lozim. Foizning real darajasi uning 
nominal darajasidan inflyatsiya sur’atini chegirib tashlab aniqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga kredit berish tijorat 
banklari tomonidan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi» Qonun asosida va boshqa me’yoriy 
hujjatlarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Banklar O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar 
to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan, o‘z kapital va mustaqil balansiga, yuridik shaxs huquqiga ega 
bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga. ularning mulkchilik shakllaridan qa’tiy nazar, 
shartnoma asosida qisqa muddatli kredit beradilar. Kredit mijozning hisob-kitob schyoti joylashgan 
bankdan beriladi. Boshqa banklarning mijozlariga kredit berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Zarar ko‘rib 
ishlaydigan, nolikvid balansga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga kredit berilmaydi. Ilgari 
berilgan ssudalar esa belgilangan tartibda muddatidan ilgari undirib olinadi. Kredit resurslaridan uzoq 
muddatli moliyaviy nobarqarorlik, xo‘jasizlik va zararlarni qoplash uchun foydalanishga yo‘l 
qo‘yilmaydi.
Kredit yordamida tovar-moddiy boyliklar, turli mashina va mexanizmlar sotib olinadi
iste’molchilarning mablag‘lari yetarli bo‘lmaganida to‘lovni kechiktirib, tovarlar sotib olishlari va 
boshqa har xil to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Korxona kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
- kredit ajratish to‘g‘risidagi ariza, iltimosnoma. Unda qarz oluvchining nomi, yuridik maqomi, 
joylashgan manzili, unga kredit hisob-kitob xizmati ko‘rsatuvchi bank muassasasi, kredit so‘rab, 
bankka murojaat qilishning sabablari, kreditdan qanday maqsadlarda foydalanish mo‘ljallanayotgani, 
so‘ralayotgan kredit summasi va uni qaytarish muddati ko‘rsatiladi. 
- kredit buyurtmanomasi. Unda korxonaning faoliyat turlari va ular ishlab chiqarayotgan 
mahsulotlar, mavjud xususiy mablag‘lar, kreditni qaytarish kafolati, ishlab-chiqarish va moliyaviy 
ko‘rsatkichlar, jumladan debitorlik-kreditorlik qarzlari miqdori batafsil bayon qilinadi. 
 - texnik-iqtisodiy asoslash (biznes-reja). Unda olgan kredit hisobidan amalga oshirish 
mo‘ljallanayotgan sarf-xarajatlar ro‘yxati, zarurat tug‘ilganida esa mahsulot shaklida ifoda 
qilinadigan taxminiy mahsulot ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish hajmi, bir dona 
mahsulot bahosi, ko‘rsatilgan xizmat haqi), rejalashtirilayotgan mahsulot sotish bozori, ishlab 
chiqarish quvvatlari, asbob-uskunalar, xom-ashyo va materiallarning mavjudligi ko‘rsatiladi. 
Shuningdek, korxona tomonidan oxirgi hisobot sanasigacha bo‘lgan balans, zarurat tug‘ilganida esa 
boshqa sanalarga oid bo‘lgan va soliq inspektsiyasi tomonidan tasdiqlangan balanslar ham taqdim 
etiladi. Oxirgi hisobot sanasiga tuzilgan balansda debitorlik-kreditorlik qarzlar batafsil bayon 
qilinishi hamda to‘lov muddatidan 90 va undan ortiq kun o‘tgan qarzlarni qiyoslash dalolatnomalari 
ilova qilingan bo‘lishi lozim; 
- kreditni bank amaliyotida qabul qilingan shaklda o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash majburiyati;
- moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot; 
- oborot mablag‘larining aylanishiga doir hisob-kitob; 
- boshqa kreditorlardan olingan qarz mablag‘lari va boshqa banklarda saqlanayotgan bo‘sh 
mablag‘larning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; 
- qarz oluvchining boshqa korxonalar kapitalidagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
- mijozning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi boshqa turli hujjatlar. 
Bank xodimi barcha zarur hujjatlarni olgach, 5 kun muddat ichida Markaziy bank 
talablarida ko‘zda tutilgani uchun bo‘lg‘usi qarz oluvchining kreditga va to‘lovga layoqatligini 
aniqlashi lozim. Bu biznes-reja tayyorlash masalalari bilan birgalikda batafsil ko‘rib chiqiladi. 
Kreditni olishdan ko‘zda tutilgan maqsadlarning korxonaning ustav faoliyatiga va kredit turining, 
uning maqsadlariga mos kelishi e’tiborga olinadi. Bank xodimi taqdim etilgan hujjatlar to‘plamini 


o‘rganib chiqish natijalariga qarab, kredit berish yoki bermaslik yuzasidan xulosa tayyorlaydi. Unda 
quyidagilar ko‘rsatiladi: 
-kreditga layoqatlilik; 
-kreditni olishdan ko‘zda tutilgan maqsad; 
-uning muddati va miqdori; 
-kredit qaytarilishining ta’minoti; 
-foiz stavkasi. 
Bank xodimining xulosasi rahbar tomonidan tasdiqlangach, ilova qilingan hujjatlar bilan 
birgalikda kredit qo‘mitasi muhokamasiga yuboriladi. Hozirgi kunda korxonalarda bank kreditlarini 
hisobga oluvchi ikkita schyoti mavjud: 
6810-«Qisqa muddatli kreditlar» schyoti 
7810-«Uzoq muddatli kreditlar» schyoti. 
6810-«Qisqa muddatli kreditlar» schyotida mamlakat hududidagi va chet eldagi banklardan 
olingan qisqa muddatli kredit bo‘yicha bank bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar hisobga olinadi. Analitik 
schyotlar kredit turi bo‘yicha ochiladi. 6810-schyot balansga nisbatan passiv hisoblanib, kredit 
tomonidan bankdan olingan qisqa muddatli qarzlar, debetida esa qisqa muddatli qarzlarni qaytarilishi 
hisobga olinadi, qoldiq kredit tomonida qoladi. Uning analitik hisobi olingan qarzlar turlari bo‘yicha 
38-qaydnomada, sintetik hisobi esa 4-jurnal-order yordamida yuritiladi.
7810-«Uzoq muddatli kreditlar» schyotida davlatimiz va chet el valyutasida olingan uzoq 
muddatli kreditlar bo‘yicha hisob-kitoblar hisobga olinadi. Schyotda uzoq muddatli kreditlarning 
turlari balansga nisbatan passiv hisoblanib, uning kredit tomonida bankdan olingan uzoq muddatli 
kreditlar, debet tomonida esa bu qarzlarning to‘langan summalari hisobga olinadi. Qoldiq kredit 
tomonida qoladi. Bu schyotning analitik hisobi olingan kreditlar turlari bo‘yicha 38-qaydnomada, 
sintetik hisobi esa 4-jurnal-order yordamida yuritiladi.
Korxonalarda o‘rta muddatli kreditlarni hisobga oluvchi schyot mavjud bo‘lmaganligi 
uchun bu kreditlar hozirgi kunda uzoq muddatli kreditlarga qo‘shib olib boriladi. Ya’ni 1 yildan ortiq 
muddatga olingan kreditlar 7810-«Uzoq muddatli kreditlar» schyotida hisobga olib boriladi. 
Qisqa muddatli bank kreditlari bo‘yicha quyidagicha buxgalteriya ikki yoqlama yozuvi 
amalga oshiriladi:

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling