Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Sug‘urta to‘lovlari va byudjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
14.2. Sug‘urta to‘lovlari va byudjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar
hisobi. Korxona xodimlari va mol-mulki sug‘urtasi bo‘yicha, davlat ijtimoiy sug‘urtasi, korxona xodimlarining pensiya ta’minoti va tibbiy sug‘urtasiga ajratmalar bo‘yicha qarzlar to‘g‘risida axborot quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 6510-"Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar", 6520-"Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar".-yagona ijtimoiy to‘lov – 25%; Masalan, mol-mulk sug‘urtasiga oid to‘lovlar hisoblab yozildi: D-t – xarajatlarni hisobga oladigan schyotlar K-t 6510-"Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar". Bunday to‘lovlarning analitik hisobi uchun qo‘shimcha schyotlar ochish tavsiya etiladi. Masalan: 6521-«MHTFdan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 24,2% miqdorida majburiy ajratmalar», 6522-«MHTFdan Bandlikka ko‘maklashish fondiga ___% miqdori majburiy ajratmalar», 6523-«MHFTdan Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashiga __ % miqdorida majburiy ajratmalar», 6524-fuqarolarning ish haqidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 2,5% miqdorida majburiy sug‘urta ajratmalari, 6528- Yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar, 6529-byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 24,2% miqdorida majburiy ajratmalar va hokazolar. Sug‘urtaga oid to‘lovlarni hisoblab yozish quyidagi tarzda aks ettiriladi: - byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 25%: D-t 2010, 9410, 9420 (xarajatlarni hisobga oladigan schyotlar) K-t 6521-«MHFTdan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badalllar» - byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 2,5%: D-t 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashshlar» K-t 6524-«Fuqarolarning ish haqidan byudjetdan tashqari Pensiya fondiga sug‘urta badallari» Yo‘l yig‘imini hisoblab yozish: D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» K-t 6528-«Yo‘l fondiga ajratmalar». Amaldagi qonunchilikka muvofiq vakolatli davlat organlarining qarori bo‘yicha to‘lanish muddatini bir necha yilga uzaytirishga ruxsat etilgan, sug‘urta va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli qarzlar 7240-«Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyotida aks ettiriladi. 7240-«Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyotining krediti bo‘yicha uzoq muddatli muddati uzaytirilgan to‘lovlar sug‘urta va maqsadli davlat fondlari (6500-schyot) bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan korrespondentsiyalanib hisobga olinadi. 7240-«Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti bo‘yicha analitik hisob muddati uzaytirilgan sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar va byudjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarning har bir turi hamda qoplanish muddati bo‘yicha yuritiladi. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling