Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 MAVZU. TURLI DEBITOR VA KREDITORLAR BILAN HISOB-KITOBLAR HISOBI


Download 4.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/371
Sana07.08.2023
Hajmi4.92 Mb.
#1665605
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   371
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

15 MAVZU. TURLI DEBITOR VA KREDITORLAR BILAN HISOB-KITOBLAR HISOBI 
15.1. Turli debitorlar bilan hisob-kitoblar hisobi 
Har xil tashkilot va shaxslar bilan o‘zaro hisob-kitob munosabatlarida korxonada 
tugallanmagan hisob-kitoblar bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari yuzaga keladi.
Debitor – muayyan korxonadan pul qarzi bo‘lgan korxona, tashkilot yoki shaxs. Tovarlar 
yuklab jo‘natilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar ko‘rsatilgan kundan boshlab 90 kun mobaynida
yetkazib berilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun mablag‘ kelib 
tushmagan vaqtda debitorlik qarzi muddati o‘tkazib yuborilgan hisoblanadi. 


Kreditor bu shunday korxona, tashkilot yoki shaxski, uning oldida boshqa korxonalarning 
hisob-kitoblar bo‘yicha majburiyatlari bo‘ladi. Turli debitor va kreditor qarzlar quyidagi hollarda 
yuzaga keladi: 
− korxonaning o‘zidan yoki uning mehnat jamoasi a’zolaridan ijro varaqalariga asosan pul 
undiriladigan bo‘lsa; 
kommunal xizmati, turar joy haqi, turar joy bo‘lmagan xonalarning ijara haqlari bo‘yicha; 
− mehnat jamoasi a’zolarining buyrug‘i bilan bankka va boshqa joylarga pul o‘tkazish bo‘yicha; 
− boshqa hollarda. 
Korxonada debitorlik va kreditorlik majburiyatlari yuzaga kelishining asosiy sababi - 
hisob-kitoblarda to‘lovlar muddati yoki sanasining turli hisobot davriga tushib qolishidir. Bunga har 
qanday holatda ham yo‘l qo‘yiladi. Agarda mahsulot ortib jo‘natish orqali sotiladigan bo‘lsa, bunda 
to‘lovlar amalga oshish sanasiga qadar majburiyat, qarz sifatida aks ettiriladi. 
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarining undirish muddati 3 oy yoki 90 kun qilib 
belgilangan. Ushbu muddatdan so‘ng debitorlik va kreditorlik majburiyatlari nazoratga olinadi va 
ularning holati bo‘yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlik shartlari (ma’muriy va 
moliyaviy) belgilanadi.
Debitorlik va kreditorlik majburiyatlarini hisobdan chiqarish muddati sifatida yuridik shaxslar 
o‘rtasida ham, korxona bilan jismoniy shaxslar o‘rtasida ham 3 yil muddat belgilangan. Ushbu 
muddatda to‘lanmagan yoki undirib olinmagan majburiyatlar, qarzlar korxonaning foyda va 
zararlariga olib boriladi. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik majburiyatlari davlat tomonidan 
nazoratga olinadi. Muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik majburiyatlari korxona foydasiga 
qo‘shiladi va umumiy asosda soliqqa tortiladi. Muddati o‘tgan debitorlik majburiyatlarini zararga olib 
borish soliqqa tortiladigan foyda summasini kamaytirmaydi. 
Da’volar bo‘yicha hisoblashishlar 4860-«Da’volar bo‘yicha olinadigan schyot (to‘lovlar)» 
hisobvarag‘ida yuritiladi. Bu hisobvaraq mol yetkazib beruvchilarga, pudratchilarga, transport va 
boshqa tashkilotlarga bildirilgan e’tirozlar, shuningdek, ularga taqdim etilgan va tan olingan 
jarimalar, o‘simlar va beqarorliklar bo‘yicha hisoblashishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. 
Bundan tashqari, turli debitorlar tarkibida moliyaviy va operativ lizinglar bo‘yicha olinadigan 
to‘lovlar, olinadigan foizlar va dividendlar, royalti (royalti – bu sotuvchiga litsenziya shartnomasida 
belgilangan ma’lum narsani ishlatish huquqi uchun davriy to‘lovlar) va gonorar (gonorar – bajarilgan 
ish, ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha mukofot va rag‘batlantirishlar) bo‘yicha olinadigan schyotlar va 
boshqa shaxslarning qarzlari (joriy qismi) hisobga olinadi. Bu muomalalarning hisobi 4800-«Turli 
debitorlarning qarzlari hisobi» bo‘yicha ochilgan (4810, 4820, 4840 va 4890) hisobvaraqlarda aks 
ettiriladi. 
Korxonaning turli kreditorlardan bo‘lgan qarzlari tarkibiga moliyaviy va operativ lizinglar 
bo‘yicha to‘lanadigan to‘lovlar, to‘lanadigan foizlar va dividendlar, royalti va gonorar bo‘yicha 
to‘lanadigan schyotlar, hisobdor shaxslardan bo‘lgan qarzlar va boshqa majburiyatlar kiradi. Bunday 
muomalalarning hisobi 6900-«Turli kreditorlardan olingan qarzlar va boshqa majburiyatlar hisobi» 
hisobvarag‘i bo‘yicha ochilgan (6910, 6920, 6930, 6940, 6950, 6960, 6970 va 6990) hisobvaraqlarda 
aks ettiriladi. 
43, 40, 63, 65, 47, 67, 48, 69, 41, 61-hisobvaraqlar bo‘yicha analitik hisob 7-qaydnomada yuritiladi. 
O‘uyida bu qaydnomaning shakli ko‘rsatilgan: 

Download 4.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling