Jami:
Debitor qarz har doim boshqa kompaniyaning aktivlariga qilingan dahvo bo‘lib hisoblanadi.
Debitor kdrzi bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy buxgalteriya operatsiyalari bo‘lib tan olish va baholash
hisoblanadi. Debitor qarzlarini undirib olish imkoniyati - bu debitor qarzlarini o‘lchash
va ularni
hisobotiga tahsir qiluvchi asosiy masaladir. Undirib olish imkoniyati qarz aks ettirilganligiga (tan
olish printsipi) v a uning summasiga (baholash printsipi) tahsir qiladi.
Buxgalteriya hisobi Milliy
andazasining 2-soniga binoan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga daromadlarning kelib tushish ehtimoli
bo‘lsa, ular alohida aks ettiriladi.
Milliy andazaning «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va topshirish uchun kontseptual asoslari»
da kreditor qarzlar, yahni majburiyatlar «buxgalteriya balansida qachonki o‘zida iqtisodiy foydani
mujassamlagan resurslarni oqib ketish ehtimoli bo‘lsa, shuningdek majburiyatlarni
qabul qilish
natijasi bo‘lsagina, buxgalteriya balansida tan olinadi» (66-paragraf) deyilgan.
Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar quyidagi hollarda vujudga keladi:
korxonaning o‘zidan yoki uning mehnat jamoasi ahzolaridan ijro
varaqalariga asosan pul
undiriladigan bo‘lsa; kommunal xizmati, turar joy haqi, turar joy bo‘lmagan xonalarni ijara haqlari
bo‘yicha; mehnat jamoasi ahzolarining buyrug‘i bilan Xalq banki va boshqa joylarga pul o‘tkazish
bo‘yicha. Dahvolar va korxonaga yetkazilgan moddiy zararlarni undirish bo‘yicha
hisob-kitoblar
4860, 4730 - schetlarda hisobga olinadi.
Bundan
tashqari, turli debitorlar tarkibida moliyalanadigan va operativ lizinglar bo‘yicha
olinadigan to‘lovlar, olinadigan foizlar va dividendlar, royalti va gonorar bo‘yicha olinadigan schetlar
va boshqa shaxslarning qarzlari (joriy qismi) hisobga blinadi.
Bu muomalalarning hisobi 4800 «Turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schetlar» scheti
bo‘yicha ochilgan (4810, 4820, 4830, 4840,4850,4860 va 4890) schetlarda aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: