Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Mehnatga haq to‘lash xarajatlariga quyidagilar kiradi
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
Mehnatga haq to‘lash xarajatlariga quyidagilar kiradi:
1) haqiqatda bajarilgan ish uchun, soliq to‘lovchida qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda hisoblangan ish haqi; 2) kasb mahorati, murabbiylik, ilmiy daraja, faxriy unvon uchun tarif stavkalari va maoshlarga ustamalar; 3) ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq ustamalar hamda qo‘shimcha to‘lovlar, shu jumladan: a) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalari hamda maoshlarga ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar; b) ko‘p smenali rejimda ishlaganlik, bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik va muayyan lavozimda vaqtincha ishlab turganlik, xizmat ko‘rsatish doirasini kengaytirganlik uchun ustamalar; v) og‘ir, zararli, o‘ta og‘ir va o‘ta zararli mehnat sharoitlarida hamda tabiiy iqlim sharoitlari noqulay bo‘lgan joylarda ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga qo‘shiladigan ustamalar; g) aloqa, temir yo‘l, daryo, avtomobil transporti xodimlarining va doimiy ishi yo‘lda kechadigan yoki ko‘chib yurish xususiyatiga ega bo‘lgan xodimlarning ish haqiga, soliq to‘lovchining joylashgan yeridan jo‘nab ketish paytidan u yerga qaytib kelish paytigacha yo‘ldagi har bir sutka uchun to‘lanadigan ustamalar; d) qurilish, rekonstruktsiya qilish va kapital ta’mirlashda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usulida ishlarni bajarishda bevosita band bo‘lgan xodimlarga harakatlanish va joydan joyga ko‘chib yurish xususiyatiga ega bo‘lgan ishlar uchun ustama; 235 e) yer osti ishlarida doimiy band bo‘lgan xodimlarga ularning to‘kindi uyumdan (otvaldan) ishlash joyiga borish va u yerdan qaytish uchun shaxtada (konda) harakatlanishining me’yoriy vaqti uchun to‘lanadigan qo‘shimcha haqlar; j) mehnatga haq to‘lashni hududiy jihatdan tartibga solish, shu jumladan hududiy koeffitsientlar hamda cho‘l, suvsiz va baland tog‘li hududlarda qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan ishlar uchun koeffitsientlar bilan bog‘liq to‘lovlar; z) soliq to‘lovchi joylashgan yerdan (yig‘ilish punktidan) ishlash joyigacha va orqaga qaytish uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan (ishlar vaxta usulida bajarilganda) yo‘lga ketadigan kunlar, shuningdek xodimlar meteorologik sharoitlar sababli va transport tashkilotlarining aybi bilan yo‘lda ushlanib qolgan kunlar uchun tarif stavkasi, maosh miqdorida to‘lanadigan summalar; i) ishlar vaxta usulida tashkil qilinganda, ish vaqti umumlashtirilgan holda hisobga olinayotganda va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ish vaqtining belgilangan davomiyligidan ortiq ishlaganliklari munosabati bilan ularga beriladigan dam olish kunlari (otgullar) uchun to‘lovlar; 4) ishlanmagan vaqt uchun to‘lanadigan haq: a) qonun hujjatlariga muvofiq yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) ta’tillarga haq to‘lash, shuningdek ulardan foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda kompensatsiyalar to‘lash, o‘smirlarning imtiyozli soatlariga, shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tish bilan bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash; b) noqulay va o‘ziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek og‘ir va noqulay tabiiy iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ayrim tarmoqlarning xodimlariga qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan qo‘shimcha ta’tillarga haq to‘lash; v) onalar bolani ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga haq to‘lash; g) asosiy ish haqi qisman saqlanib qolgan holda majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlarga to‘lovlar; d) donor xodimlarga ko‘rikdan o‘tish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to‘lash; e) O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganlik uchun mehnatga haq to‘lash; j) boshqa yuridik shaxslardan avvalgi ish joyi bo‘yicha mansab maoshi miqdorlari ma’lum bir muddat davomida saqlab qolingan holda ishga olingan, shuningdek vaqtinchalik vazifani bajarib turganda xodimlarga maoshlardagi farqni to‘lash; z) xodimning aybi bilan yuz bermagan bekor turib qolishlar, yaroqsiz mahsulot uchun haq to‘lash; i) xodimlarga malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimida ishdan ajralgan holda o‘qigan vaqtlarida asosiy ish joyi bo‘yicha ish haqi to‘lash xarajatlari; k) mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yoki soliq to‘lovchining qaroriga binoan majburiy progul vaqti yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajarganlik uchun haq to‘lash; l) o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi bo‘lgan ayollarga berilgan qo‘shimcha ta’tilga mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq haq to‘lash; m) vaqtincha mehnat layoqatini yo‘qotgan taqdirda, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan ish haqi miqdorigacha qo‘shimcha haq to‘lash; n) kasb kasalliklari bilan bog‘liq nafaqalar to‘lash; 5) rag‘batlantirish tusidagi quyidagi to‘lovlar: soliq to‘lovchining mukofotlash to‘g‘risidagi nizomlarida nazarda tutilgan to‘lovlar; yillik ish yakunlari bo‘yicha taqdirlash, ko‘p yil ishlaganlik uchun taqdirlash va to‘lovlar; 6) soliq to‘lovchining shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar, shu jumladan agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob soliq 236 to‘lovchi tomonidan amalga oshirilsa, pudrat shartnomasi bo‘yicha ishlar bajarganligi uchun haq to‘lash; 7) nogironlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qo‘shimcha to‘lovlar; 8) qonun hujjatlariga muvofiq bepul beriladigan, shaxsiy foydalanishda qoladigan buyumlarning (shu jumladan formali kiyim-bosh, maxsus ovqatlanish) qiymati yoki ular pasaytirilgan narxlarda sotilishi munosabati bilan imtiyozlar summasi; 9) xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko‘ra bekor qilinganda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq moddiy yordam sifatida beriladigan ishdan bo‘shatish nafaqasi va boshqa to‘lovlar. Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchi tomonidan hisobga olinadigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar ushbu moddaning qo‘llanilishi maqsadida amortizatsiya qilinadigan mol-mulk deb e’tirof etiladi. Quyidagilar amortizatsiya qilinmaydi: 1) yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa ob’ektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar); 2) mahsuldor chorva mollari; 3) kutubxona fondi; 4) muzey qimmatliklari; 5) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o‘tkazilgan asosiy vositalar; 6) arxitektura yodgorliklari; 7) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, yo‘laklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufidagi bo‘lgan obodonlashtirish inshootlari; 8) qiymati ilgari to‘liq chegirilgan mol-mulk; 9) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga o‘tkazilmagan kapital qo‘yilmalar. Soliq solish maqsadida amortizatsiya qilinishi kerak bo‘lgan mol-mulk amortizatsiyaning quyidagi eng yuqori normalari bilan guruhlarga taqsimlanadi: Gur uhlar tarti b raqa mi Kichik guruh- lar tartib raqami Asosiy vositalarning nomi Amortiza- tsiyaning yillik eng yuqori normasi, foizlarda Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling