Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \
Yuridik shaxslarning moliya yilidagi xarajatlari va ularni tarkibi
Download 4.92 Mb. Pdf ko'rish
|
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA
23.2. Yuridik shaxslarning moliya yilidagi xarajatlari va ularni tarkibi. Soliq to‘lovchining xarajatlari soliq solinadigan foydani aniqlash paytida chegirib tashlanadi. Asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar, qonun hujjatlariga va (yoki) soliq to‘lovchining hisobga olish siyosatiga muvofiq rasmiylashtirilgan zararlar ham soliq to‘lovchining xarajatlari bo‘ladi. Soliq to‘lovchining xarajatlari haqiqatda qaysi soliq davrida amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha davrda chegirib tashlanadi. Agar ayni bir xil xarajatlar xarajatlarning bir nechta moddasida nazarda tutilgan bo‘lsa, soliq solinadigan foydani hisoblashda mazkur xarajatlar faqat bir marta chegirib tashlanadi. 233 Soliq to‘lovchi sarflagan va qiymati chet el valyutasida ifodalangan xarajatlar qiymati milliy valyutada ifodalangan xarajatlar bilan jamlab hisobga olinadi. Mazkur xarajatlarni qayta hisoblash soliq to‘lovchi tomonidan buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Soliq to‘lovchining xarajatlari chegirib tashlanadigan va chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga bo‘linadi. Chegirib tashlanadigan xarajatlar quyidagilardir: 1) moddiy xarajatlar; 2) mehnatga haq to‘lash xarajatlari; 3) amortizatsiya xarajatlari; 4) boshqa xarajatlar; 5) kelgusida soliq solinadigan foydadan chegirib tashlanadigan hisobot davridagi xarajatlar. Quyidagilarga soliq to‘lovchining xarajati sifatida qaralmaydi: 1) vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlari ko‘rsatish uchun boshqa shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilishi munosabati bilan, shuningdek komitent yoki boshqa ishonch qog‘ozi bergan shaxs uchun vositachi va (yoki) boshqa ishonchli shaxs tomonidan qilingan xarajatlarga haq to‘lash hisobiga vositachi va (yoki) boshqa ishonchli shaxs tomonidan topshirilgan mol-mulk tarzidagi to‘lovlar, agar bunday xarajatlar tuzilgan shartnomalarning shartlariga muvofiq vositachi yoki boshqa ishonchli shaxsning yoxud boshqa ishonch bildiruvchining xarajatlari tarkibiga kiritilishi lozim bo‘lmasa; 2) soliq to‘lovchi emitent tomonidan topshirilgan, aktsiyadorlar o‘rtasida aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan o‘zlariga tegishli aktsiyalar miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadigan aktsiyalarning qiymati yoxud emitentning ustav fondi (ustav kapitali) ko‘paytirilgan taqdirda aktsiyalarni aktsiyadorlar o‘rtasida taqsimlashda dastlabki aktsiyalar o‘rniga berilgan yangi aktsiyalarning nominal qiymati bilan aktsiyadorning dastlabki aktsiyalarining nominal qiymati o‘rtasidagi farq; 3) boshqa yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yoki oddiy shirkatga hissa sifatida berilgan mol-mulk, mulkiy huquqlar qiymati. Download 4.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling